Umumiy tilshunoslik


Download 184.92 Kb.
bet7/19
Sana17.06.2023
Hajmi184.92 Kb.
#1551480
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
YAKUNIY

Abu Nasr Forobiyning lingvistik qarashlari. O‘rta asrning dunyoga dong taratgan allomalaridan biri Forobiydir. Uning nomi Yaqin va O‘rta Sharqda o‘sha davrdayoq o‘ta mashhur bo‘lgan al-Kindiy, ar-Roziy, Ibn Sino, Beruniy, Ibn Ro‘shd singari bir qator buyuk mutafakkirlar ichida alohida ajralib turadi. Forobiy aql va ilm tantanasi uchun, ma’naviy ozodlik uchun, inson takomili, adolatli jamiyat uchun kurashgan mashhur olimdir. U riyoziyot va falakiyot, tabobat va musiqa, mantiq va falsafa, tilshunoslik va adabiyotshunoslik kabi bir qator sohalarda qalam tebratgan va ularning barchasida ajoyib asarlar yozgan qomusiy bilim egasi sanaladi.
Abu Nasr Forobiy tilshunoslik yuzasidan ham ajoyib fikrlar yuritadi. Avvalo, hozirgi tilshunoslikning falsafiy masalalari ichida markaziy o‘rinni egallagan bilishning ikki bosqichi (hissiy va idrokiy), umumiylik-xususiylik, mohiyat-hodisa dialektikasi haqida o‘zining «Falsafatu Aristutalis» asarida qiziqarli ma’lumot beradi. Forobiyning fikricha, faqat insongina bilimga intiladi.Forobiyning tilshunoslik haqidagi fikrlari, ayniqsa, «Fanlar tasnifi haqidagi so‘z» asarida o‘zining yorqin ifodasini topgan. Asarning birinchi bo‘limining til haqidagi fanga bag‘ishlanishi ham uning tilshunoslikka naqadar katta e’tibor bilan qaraganligining nishonasidir.
Hozirgi kunda leksika, grammatika singari atamalarning ikki ma’noda qo‘llanilishi deyarli barcha adabiyotlarda qayd etiladi: birinchisi ma’lum bir tilda mavjud bulgan leksik va fammatik birliklar tizimi, ikkinchisi esa shu tizimni o‘rganadigan fan sohasi. Bunday fikrning ildizlari ham Forobiyga borib taqaladi. U til haqidagi fanning ikki qismdan iboratligini ta’kidlaydi.
Forobiy so‘z ma’nolarini ham tasnif etadi. Uning fikricha, so‘z ma’nosi ikki turli bo‘ladi: sodda va murakkab. Odam, hayvon singari olamdagi bir turdagi narsa va hodisalarni atash vazifasini bajaruvchi alohida so‘zlar sodda; narsa va uning belgisini bildiruvchi Bu odam hayvon kabi ifodalar esa murakkab sanaladi.
Forobiy atoqli va turdosh otlarni ham farqlaydi. U sodda ma’noli so‘zlarni ikkiga bo‘ladi: 1) atoqli otlar.

12.Moskva lingvistik maktabi. F.Fortunatov ta’limoti.


Javob: XIX asr oxirlarida Rossiyada alohida lingvistik maktablar maydonga keldi. Bulardan biri Moskva lingvistik maktabi deb nomlanadi. Unga akademik Filipp Fedorovich Fortunatov (1848-1914) rahbarlik qildi.
F. Fortunatov yosh grammatikachilar maydonga chiqqan davrda yashab ijod etganligidan, uning tilga yosh grammatiklarga xos pozitsiyadan turib yondoshishi ko‘rinsa ham, umuman olganda, o‘zining original maktabini yaratdi va ko‘p jihatdan G‘arbdagi kasbdoshlaridan oldinda bordi. Masalan, tilning mohiyatini psixologik yo‘sinda tushunish, fonetik qonunlar singari qat’iy deb bilish uni yosh grammatikachilarga yaqinlashtiradi.
F.Fortunatov tilni, bir tomondan, ijtimoiy hodisa deb qaraydi va uning taraqqiyotini, undagi o‘zgarishlarni jamiyatning taraqqiyoti va undagi o‘zgarishlardan ko‘radi.
Ikkinchi tomondan esa, tilning ichki taraqqiyotini har bir shaxsning individual faoliyatiga bog‘laydi. Shuning uchun u tafakkur bilan nutq orasidagi munosabat problemasini ilgari surib, uni assotsiativ psixologiyadagi subyektiv-idealistik nuqtai nazardan hal qilmoqchi bo‘ladi. Yosh grammatikachilar ta’siri ostida subyektiv-idealistik pozitsiyada turib, tildagi o‘zgarishlarning yuz berishida analogiyaning (assotsiatsiyaning) roliga ahamiyat beradi.
F.Fortunatovning e’lon qilgan asrlari ko‘p emas. Uning ilmiy fikrlari universitetda o‘qigan leksiya kurslarida ifodalangan edi. O‘zi hayotligida e’lon qilingan asarlari orasida “Hind-Yevropa tillarining qiyosiy grammatikasidan bir necha sahifa” (dissertatsiyasining ilova qismi), Boltiq tillaridagi urg‘uga bag‘ishlangan asarlari, hind-Yevropa tillarining fonetik strukturasiga bag‘ishlangan bir qancha kichik-kichik hajmli ishlari (shogirdi prof. V.K. Porjezinskiyning ko‘rsatishicha, hammasi bo‘lib 35ta asari) bor. Shuni aytish kerakki, F.Fortunatovning ilmiy merosi hali yetarlicha o‘rganilgan emas.

13.Tilshunoslikda strukturalizm yoʻnalishi.Amerika maktabi.

Download 184.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling