Universiteti g. N. Axunova, N. N. Shamshiyeva


Korxonalar rahbarlarining mahsulotni baholashi


Download 0.72 Mb.
bet26/37
Sana03.08.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1664865
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37
Bog'liq
RAQOBAT STRATEGIYASI

Korxonalar rahbarlarining mahsulotni baholashi





Baho

%

Jahon standartlaridan yuqori

0,8

Jahon standartlariga muvofiq keladi

48,3

Jahon standartlaridan orqada

42,4

Juda eskirgan (ishlab chiqarishdan olib tashlash)

3,4

Javob berishga qiynalaman

5,1

Shunday qilib, korxona rahbarlarining ishonchi komilki, ular jahon standartlariga muvofiq keladigan mahsulot ishlab chiqarishadi (48,3%). Bundan tashqari, korxonalar rahbarlari biznesning joriy va istiqboldagi rentabelliligi ko‘rsatkichlari haqida yaxshi xabardor emas (bunday ko‘rsatkichlarni baholash haqidagi axborotning yo‘qligi). Lekin korxonalar rahbarlarining yarmi rentabelsiz mahsulotni ishlab chiqarish


bilan ishlab chiqarishlarni saqlab qolish va ishchi kuchini tutib turishga harakat qiladi, 15% - bozor talablarini sabab qilib ko‘rsatadi, 11% - davlat manfaatlari va ijtimoiy ahamiyatni sabab qilib ko‘rsatadi. Boshqaruv tizimi. Rahbarlarning 70% ga yaqini mavjud boshqaruv tizimi boshqaruvchilik qarorlarini tez qabul qilishga imkon beradi, deb faraz qiladi. Menejmentning funksional jihatlaridan eng ustuvor sohalar ajratilgan: rejalashtirish, tashkil qilish, nazorat va muvofiqlashtirish. So‘ralganlarning 50%ga yaqini boshqaruv va nazorat obyektlaridan ITTKIni ajratib ko‘rsatishadi. Maqsadli ko‘rsatmalar bo‘yicha korxonalar direktorlarining 28% - foyda olishni, 25% - bozor ehtiyojlarini qondirish- ni, 14% - xodimlar farovonligini oshirishni, 11% - kadrlar salohiyatini saqlab qolishni, 7% - barqarorlikni, 6% - mahsulot sifatini, 5% - tarmoqni rivojlantirishni, 3% - monopolist bo‘lishni, 0,7% - mintaqaga hissa qo‘shishni ajratib ko‘rsatgan. Rahbarlar asosiy salohiyat (maqsadlar anig‘u, lekin imkoniyatlar kam); menejmentning shakllantirilgan tizimi (biznes-jarayonlarning optimallashtirilishi va takomillashtirilishi); har xil yo‘nalishlar bo‘yicha menejment sifatini takomillashtirish; menejment- ning etalonli tizimi (boshqaruvchilik faoliyatining hamma yo‘nalishlari bo‘yicha maksimal natijalar).


Yirik korxonada menejment tizimi samaradorligini belgilashda menejment adekvatligi koeffitsiyenti asosida rahbarlar (oliy, o‘rta va quyi bo‘g‘in menejmenti) faoliyatini baholash kerak bo‘ladi. Ushbu ko‘rsatkich rahbarlarning o‘rtacha bahosi bilan xodimlarning o‘rtacha bahosi farqini baholash darajasiga qarab maksimal ehtimol tutilgan bahoga bo‘lishdan olinadigan xususiy ko‘rsatkich sifatida hisoblab chiqiladi. Shuningdek menejment tizimi samaradorligi baholashda korxona ichidagi pozitsiyalarning farqini ko‘rsatadigan tashkilotdagi kelishimlilik koeffitsiyentining hisob-kitobi (har bir ko‘rsatkich uchun xodimlar baholari dispersiyasi hisob-kitob qilinadi) ham tahlilning muhim elementi hisoblanadi va baholovchi tarkibiy qismga muvofiq xodimlar bahosi dispersiyasining so‘ralgan xodimlar soniga bo‘linishidan olingan xususiy son sifatida belgilanadi. Shunday qilib, biznes-jarayon- larni yaxshilash imkoniyatlarini hisobga olib jamoa va menejmentning, shuningdek umuman yirik korxonaning birligi darajasi aniqlanadi. Bir

xildagi baho beriladigan pozitsiyalar zarur o‘zgarishlarni o‘tkazish uchun katta imkoniyatlarga ega bo‘lib, ularning qabul etilishi va idrok qilinishi butun jamoada bir xilda bo‘ladi.Korxonani biznes-jarayonlar asosida boshqarishning funksional modelini qurish sharoitida korxona darajalari o‘rtasida boshqaruv funksiyalarini berish muammosi yuzaga chiqishi mumkin. Ushbu muammolar yechimi kompaniya maqsadlarini va biznes- birliklarning funksional vakolatlarini integratsiyalash jarayonida yoki funksional bo‘linmalarning o‘zaro harakati yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin (7-jadval). Funksionallararo muammolar mavjudligi butun tashkilot faoliyati samaradorligi pasayishi bilan bog‘liqdir. Bu holda funksional bo‘linmalarni “bo‘lib tashlash” orqali biznes-birliklar yaratilishi bilan bog‘liq qarorlar qabul qilinishi mumkinligi baholanadi. Bunday qarorlar biznes-jarayonlarning bevosita o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.



  1. jadval

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling