Universiteti ro’yxatga olindi №


Download 442.58 Kb.
bet6/15
Sana29.10.2023
Hajmi442.58 Kb.
#1732630
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Jo\'raqulova Bibisora kurs ishi

Sintaktik xususiyati
I. Ravishlar asosan fe’lga bog’lanib, hol gap boʻlagi vazifasida keladi.
Eslatma. Ravishlarning ma’no-munosabatiga koʻra turlari holning ichki turlarini hosil qiladi (Ma’no turlariga qaralsin). M.: Akam bugun juda kech keldi. Kenja Botir koʻp yuribdi.
II. Ot kesim vazifasida keladi. M.: Hali orzularim juda koʻp.
III. Otga bog’lanib, sifatlovchi-aniqlovchi vazifasida keladi. M.: Odamda salgina andesha boʻlishi kerak.
• Ravishlar otlashganda, ega, toʻldiruvchi, qaratqichlianiqlovchi vazifalarida keladi, lekin undalma vazifasida kelmaydi.
Koʻplar mustaqillik yoʻlida oʻzlarining shirin jonlaridan kechishgan. Ertani bugundan oʻyla. Bugunning ertasi ham bor.
Soʻz birikmasidagi oʻrni. Ravishlar asosan bitishuvli soʻz birikmasida fe’lga bog’lanib, tobe soʻz sifatida keladi. M.: majburan yozmoq, oʻzicha oʻylamoq, eson-omon yurmoq.
Shuningdek, keyingi yillarda to‘xtovsiz, sababsiz, vaqtli, noiloj, bevaqt, barvaqt kabi so‘zlar tarkibida kelishi asos qilib olinib, -siz, be-, -li, bar-, no- qo‘shimchalarining ham ravish yasashi va ularning shakldosh qo‘shimcha ekaniga ishora qiluvchi savollar paydo bo‘lmoqda. Bunda yasalish asli sifatda yuz bergan va bu so‘zlar shu holida konversiyaga uchrab, ravishga ko‘chgan. Bu jarayonni esa o‘quvchiga tushuntirish qiyin.
Ravishlarning uzoq davrlar mobaynida so‘z turkumlari sirasida o‘z o‘rnini topa olmagani va hanuz bu borada fikrlar qat’iy emasligining asosiy sababi “ravishlashish” yo‘llarining ko‘pligidir. Ayni paytda mavjud darslik va qo‘llanmalarda so‘z turkumi sifatida umumiy grammatik ma’nosi “Asosan harakatning, qisman predmetning belgi, miqdor yoki holatini bildiruvchi o‘zgarmas so‘z” deb berilayotgan ravishning ta’rifiga tushadigan sof ravishlar o‘zbek tilida sanoqli. Ravish faqat affiksatsiya yoki kompozitsiya yo‘li bilan emas, balki katta miqdorda ko‘chish — reduplikatsiya, konversiya, morfologizatsiya hisobidan kengayib bormoqda.
Shuningdek, ravishlardagi diaxronik (tarixiy) yasalishlarning (qishin-yozin, birin-ketin, oldin, ochin-to‘qin, ostin-ustin kabi) ham savollarga tortilishi boshqa mavzuga doir savollarga javob berishda muammolarni keltirib chiqaradi. 
Mavjud grammatikalarda ravish yasovchi qo‘shimchalarning ajratilishi, miqdori borasida ham bir xillik kuzatilmaydi: -cha, -larcha, -chasiga, -iga/-siga, -lab, -deb, -day, -ona, -an, -n(-in), -lay /-layin, -n(-in,-un), -simon, -gacha, -namo va boshqa. Shuni aytib o‘tish kerakki, bu qo‘shimchalardan aksariyatining ravish yasovchi ekanligi ham munozarali.
Umuman, o‘zbek tilshunosligida ra­vishlarda so‘z yasalishi o‘tgan asr oxirla­ridayoq inkor etilgan edi. “. mustaqil so‘z tukumlari sifatida qaralayotgan turkumlar­ning ayrimlari, jumladan, ravish turkumi so‘z yasalish tizimiga ega emas va bu­ning obyektiv sabablari bor”.
So‘z yasalishi, xususan, ravish yasalishi bo‘yicha salmoqli ishlarni amalga oshirgan akademik A.Hojiyev hatto eng faol ravish yasovchilar sifatida maktab grammatikalarida sanaladigan -cha, -larcha, -chasiga, -iga /-siga, -lab, -an, -ona kabi qo‘shimchalarning ham ravish yasovchi emasligini birma-bir misollar asosida asoslaydi va “Ma’lum bo‘lаdiki, hozirgi o‘zbek adabiy tilida sistema tarzida ravish yasaydigan bironta ham affiksal morfema yo‘q. Darslik va qo‘llanmalarda, shuningdek, ilmiy ishlarda ravish yasovchi deb berilganlarning birortasi ham ravish yasovchi qo‘shimcha, hatto, umuman, so‘z yasovchi qo‘shimcha emas” degan qat’iy xulosaga keladi8.
Joriy darsliklarda: “Ravish yasovchi -larcha qo‘shimchasidagi -cha qismi kabi, singari ko‘makchilari bilan sinonimik munosabatda bo‘ladi. Shuning uchun ular ko‘pincha almashtirib qo‘llaniladi.
-cha o‘rniga -dek, kabi, singari ko‘makchilarini qo‘shish mumkin bo‘lsa, u ravish yasovchi qo‘shimcha hisoblanadi.
So‘zlarni takrorlash va juftlash yo‘li bilan ham ravish yasash mumkin. Tilshunoslikda hali to‘la yechimini topmagan xulosalarning berilishi ushbu qoidalar asosida kirish imtihonlarida munozarali, javobsiz savollarning paydo bo‘lishiga olib kelmoqda9.


Download 442.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling