Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

5. Tasviriy san’at va me’morchilik. Misrning aholisi, Nil-
ning moddiy resurslari va Misrning siyosiy qudrati me’morchilik 
va tasviriy san’atning gullab-yashnashiga sabab bo‘ldi. Me’-
morchilik va tasviriy san’at asta-sekin mavjud tuzum, uning dav-
latchiligi va jamiyatning ma’naviy qadriyatlarini mafkuraviy 
oqlashga xizmat qila boshladi. 


76
Misr shahar va qishloqlari Nil daryosi sohillarida barpo qilin-
gan. Faqat ibodatxonalar toshdan qurilgan. Boshqa barcha in-
shootlar fir’avn saroylaridan boshlab oddiy xalqning uyigacha 
xom g‘ishtdan qurilgan. Ko‘pchilik misrliklarning uylari tomla-
rini palma yog‘ochi ko‘tarib turgan, pol tuproq bilan pishitilgan. 
Ba’zida boy misrliklar ning uylari devorlari alebastr bilan su-
valib, rasm-tasvirlar chizilgan. Ularning turar joyi yotoqxona, 
mehmonxona, oshxona va xo‘jalik binolaridan iborat bo‘lgan. 
Tom va devorlar somonli loy bilan suvalgan. U yerda krovatlar
stul, skameykalar bo‘lgan, kechqurun salqin tushganda odam-
lar yassi tomlarda o‘tirishgan, yoki salqin bog‘larda sayr qilib 
yurganlar. Bog‘larda xurmo, anor, uzum, zangori va qizil gulli 
lotos o‘sgan. Boylarning uylari zax va toshqindan himoya qilish 
uchun baland ko‘tarilgan tuproq supalar ustiga qurilgan. 
Misr me’morchiligi, haykaltaroshligi va relyef san’atida ba-
diiy vosita va bosh maqsadlarning asosiy arsenalini shakllan-
tirdi. San’atning diniy e’tiqodga o‘ta qaramligi yaqqol seziladi. 
Mil.avv. III ming yillikdayoq Misr san’atining yetakchi g‘oyaviy 
yo‘nalishlari bo‘lgan xudo va fir’avnlarning cheksiz qudra-
ti g‘oyasini tashkil etish shakllandi. Bu g‘oyalar piramida va 
ibodatxonalar, ulkan haykallarni yaratishda o‘z aksini topdi. 
Me’morchilikda xudo – fir’avn piramida – qabrlari, ibodatxo-
nalar qurish ustivor ahamiyat kasb etdi. Sag‘analarning ikki 
xili: yer usti sag‘analari (VI sulola piramidalari) va qoyaga o‘yil-
gan sag‘analar (Yangi podsholik davrida) keng tarqaldi. 
Piramida va sag‘analar qurish uchun I-II sulola fir’avnlari 
dafn qilingan mastabalar namuna bo‘lib xizmat qildi. III sulola 
fir’avni Joser uchun balandligi 60 m bo‘lgan zinapoyasimon ilk 
piramida mastaba o‘rnida qurildi. Bu kichrayib borayotgan olti 
ustma-ust qo‘yilgan mastaba edi. IV sulola fir’avni Xufu pira-
midasi (146,6 m balandligi, uzunligi 233 m, maydon hajmi 54 
ming. kv. m, 2 tonna 2,3 mln. tosh), Xafra piramidasi (baland-
ligi 140 m, uzunligi asosi 220 m) bunyod qilindi. Xafra pirami-
dasidan so‘ng piramidalar kichik hajmda qurila boshlandi. 
Ibodatxonalar qurilishi o‘zgacha me’morchilik shaklida 
bo‘ldi. Karnak va Luksorda xudo Amon-Raga bag‘ishlab ibodat-
xonalar qurildi. Bu ibodatxonalar xarobalari bizgacha yetib kelgan.
Ular juda ulkan, atrof manzaraga uyg‘un qo‘shilib ketgan, 
hashamatli bezalgan edi. Ularda yuzlab keng xonalar, katta 
hovlilar, xudolarning ulug‘vor haykallari, sfinks, pilonlar va
xiyobon (alleya)lar mavjud. Karnak ibodatxonasida kolonna zali 


77
5,5 ming kv. metr bo‘lib, 134 kolonna bor. 12 markaziy kolon-
naning balandligi 21 m, eni 10 m, aylanasi 15 m. Ibodatxonada 
500 ta toshdan, 17 ming jezdan yasal gan haykal va haykal-
chalar mavjud bo‘lgan. Ular qadimda yashirib qo‘yilgan joydan 
topilgan. 
Misr ibodatxonasi ulkan ustunlar, devorlar va baland dar-
vozalar bilan o‘ralib turadi. Ustunlar yuqoridan pastgacha yo-
zuv va tasvirlar bilan qoplangan. Ular hayot ramzi bo‘lgan yashil 
rang bilan bo‘yalgan. Dayr-al Bahrdagi malika Xatshepsut ibo-
datxonasi va Ramzes III ning Madinat Abudagi (Fiva) ibodat-
xonalari hashmatli qurilgan. Yana shunday ibodatxonalar qo-
yalarga o‘yib bunyod qilingan (Ramzes III ning Nubiyadagi Abu 
Simbel ibodatxonasi).
Ramzes II ning Abu Simbeldagi ibodatxonasida teng kunlikda 
galereyaning 70 metr uzunligida quyosh nurlari fir’avn hayka-
li yuziga tushgan, boshqa barcha kunlarda u yarim qorong‘i-
likda turgan. Hindiston g‘or ibodatxonalari ham shunday re-
jalashtirilgan. Shumer, Misr yoki Amerika piramidalari uchla-
riga hali birinchi qu yosh nurlari tushganda, ularning poydevori 
qorong‘ilik qa’rida turgan. Misrliklar birinchi bo‘lib ibodatxo-
nalarning shiplariga chambaraklar qo‘ydilar, yorug‘lik yuqorida 
chambaraklarda ko‘p marta bo‘linib, turlicha aks etadi, pastda 
esa yengil yarim qorong‘ilik hukm suradi. Karnakda Tutmos I 
ga bag‘ishlangan obelisk-ustun qurilgan. Obelisk to‘rtburchak 
ustun shaklida bo‘lib, ko‘kka intiladi. Uning devorlari to‘la 
ierogliflar bilan qoplangan. Misrliklar ohaktosh va granitdan 
ulug‘vor ibodatxonalarning kolonnalarini bunyod qildilar. Misr-
dagi yana bir me’morchilik san’ati namunasi – podsho saroyi 
qarorgohi monumental shaklda qurilgan. Barcha ibodatxona 
va saroylar relyeflar, boy devoriy rangtasvirlar bilan bezatilgan. 
Podsholar vodiysi Fiva yonida Yangi podsholik fir’avni 
Tutanxa monning sag‘anasidan qimmatbaho buyumlar topilgan 
(1922-yil). Sag‘anada oltin tobut, qora eben daraxtidan, yarim 
tiniq alebastr, qimmatbaho tosh va metalldan tayyorlangan 
(ziy natlangan taxt, marosim harbiy qurollari, ko‘plab bezak-
lar) buyumlar dekorativ – amaliy san’atning yuqori darajada 
ri vojlanganidan dalolat beradi.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling