Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Yamxad davlati va Giksoslar birlashmasi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
2. Yamxad davlati va Giksoslar birlashmasi. Mil.avv. XVIII
asr da Shimoliy Suriyaga bostirib kirgan amoriy qabilalaridan biri bir necha shahar va davlatlarni birlashtirgan yirik davlat- ni barpo qi lishga urinadi. Bu siyosiy birlashma Yamxad nomi- ni oladi. Dastlab bu birlashma qabilalar ittifoqi shaklida edi. Uning asoschisi doimiy qarorgohga ega bo‘lmagan. Yamxad davlati shimolda Karxemishdan janubda Oront daryosigacha bo‘lgan bepoyon hududga hukmronlik qilgan (tax. mil.avv. XVII asrning II yarmida). Xalpa (hozirgi Aleppo) shahri poytaxt vazi- fasini o‘tagan. Mesopotamiya shimolidagi Mari shahri bilan ser- qatnov savdo aloqasi o‘rnatiladi. Mil.avv. XVII asrda Yamxad zaiflashib, tushkunlikka yuz tutadi. Mil.avv. 1600-yillar atrofi- da Yamxad davlatini xettlar bosib oldilar. Mil.avv. XVII–XIII asrda Yamxaddan janubroqda bir qancha shaharlarni birlashtirgan qudratli giksoslar ittifoqi vujudga ke- ladi. Qo‘shinning zarbdor qismi jang aravalariga ega bo‘lgan giksoslar o‘z hokimiyatlarini Misrda o‘rnatdilar. Ular Falastin va Suriyada ham egalik qildilar. Giksoslar ittifoqiga Kadesh va Megiddo shaharlari ham kirdi. Giksoslar davlati qurama bo‘lib, unda semit qabilalari yetakchi o‘rinni egalladi. Bu davlat bir- lashmasiga xurrit va xett qabilalari qo‘shildilar. Giksoslar Misrdan haydalgach, Falastin va Suriyaga che- kinib, bu yerda yana qariyb yuz yil hukmronlik qildilar. Shi- moliy Suriyada xettlar hokimiyatni qo‘lga oldilar, lekin tez orada Mitanni davlati bu hududni egallab oladi. Mil.avv. XVI asr oxiriga kelib, Sharqiy O‘rtayer dengizi Misr va Mitanni to- monidan bo‘lib olinadi. Bu ikki davlat hududda to‘la hukm- ronlikni qo‘lga kiritish uchun to‘xtovsiz urushlar olib boradi- lar. Mil.avv. XV asr oxiriga kelib, bu raqobat Shimoliy Su- riyaning Mitanniga, Janubiy Suriya va Falastinning Misrga o‘tishi bilan yakunlanadi. Mil.avv. XV–XIV asrlarda Sharqiy 161 O‘rtayer dengizi siyosiy tarqoqlik, o‘zaro urushlar girdobida qoladi. Bu hududda halokatga uchragan Mitanni davlatining o‘rniga xettlar keladi. Mil.avv. XIII–XII asr boshlarida Suriya va Falastin O‘rtayer dengizi qirg‘og‘ida egey-anatoliya xalqlari («dengiz xalqlari») bosqiniga uchraydi. Ular Kipr, Karxemish va Ugarit flotini tor-mor qiladilar. Mil.avv. XII asrda ular (Suriya chegarasidagi savdo-hunar- mandchilik markazi) Ugaritni batamom vayron qiladilar. Livan- dagi Amurri davlatini tugatadilar. Sidon va Tir shaharlarini talon-taroj qiladilar. Shundan so‘ng ular mil.avv. 1180-yillar atrofida Misrga hujum qiladilar, lekin misrliklar hujumni qay- taradilar. Misrdan uloqtirib tashlangan kelgindilar Falastin qirg‘og‘iga o‘rnashib, Filistim («Peleset») nomi bilan davlat tu- zadilar. Tez orada ular bu yerdagi mahalliy aholining tili va madaniyatini o‘zlashtiradilar. Ularning nomidan «Falastin» nomi kelib chiqadi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling