KIRISH
Ma’lumki, poytaxt
shaharlar, odatda, o’zigaxos vazifalarni bajaradi. Toshkent shahri
poytaxtlik funktsiyasini 1930-yildan boshlabbajarib kelmokda.
Toshkentning hozirgi
holati - sanoati, transport va boshqainfratuzilma
shaxobchalari, ijtimoiy sohalar,
diplomatik funktsiyasi, boshqaruv organlarining ko’pligi borgan sari uning zamonaviy
poytaxtlik xususiyatidan dalolat bermokda.Toshkent katta shahar - megapolis. U
respublikaning
asosiy iqtisodiy, madaniy, siyosiy markazi. Shahar, eng avvalo, ko’p
sonli aholining yashash, ya’ni sotsial muxiti, shu bilan birga, u yagona iqtisodiy makon,
investitsiya, innovatsiya, o’zigaxos geoekologik (urboekologik), nozogeografik muxit
hamdir. Bunday kata salohiyat va mas’uliyat Toshkent shahri
ijtimoiy-iqtisodiy va
siyosiy rivojlanishining ustuvor yunalishlarini belgilab beradi. Xalqaro miqyosida,
jahon hamjamiyati va geosiyosiy tizimida mustaqil O’zbekiston
Respublikasi
ko’pincha Toshkent” nomi bilan taniladi va e’tirof etiladi.Toshkent shahri
mamlakatimiz iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida ko’zga ko’rinarli mavkega ega.
2021yilda u respublikaning 16,6 foiz
yalpi hududiy mahsuloti, 19 foizi sanoat ishlab
chiqarishini ta’minlagan. Chakana savdoda uning ulushi 23,0 %ini ta’minlagan.
Mamlakat bo’yicha jami investitsiya hajmining 1/4 qismiga yaqini, qurilish ishlarining
16,0
-17,0
foizi
ayni
Toshkent
shahriga
to’g’ri
keladi.
Toshkent shahri iqtisodiyotining ichki tarkibi ham uning poytaxtlik xususiyatini
ifodalab beradi. Sanoat shahar yalpi hududiy mahsulotining 22,2 foizini ta’minlaydi,
qurilishning ulushi - 7,9 %, transport va aloqaniki - 13,2 %,
savdo va umumiy
ovqatlanish YaXMning 12,9, soliqlar uning 10,7 foizini beradi.
2