Kirish iqtisodiy rayonning geografik o’rni
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent shahri iqtisodiy geografik tavsifi
Ijtimoiy sohalari. Aholi turmush sharoitini yaxshilash va darajasini oshirish,
tarbiyalash, barkamol va sog’lom avlodni tarbiyalash ko’p jihatdan ijtimoiy sohalar, ijtimoiy infratuz ilma tizimining rivojlanishiga bog’liq. Bu esa, o’z navbatida, mustaxkam iqtisodiy zaminga asoslanadi.Toshkent viloyatida ijtimoiy sohalarning barcha tarmoqlari rivojlangan. Bunga uning geografik joylashgan o’rni, poytaxtmintaqasi ekanligi, malakali ishchi kadrlar va fan-texnika salohiyatining mavjudligi ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Viloyatda nomoddiy sohalarda jami iqtisodiyotda band aholining 30 foizga yaqini xizmat qiladi. Aholi jon boshiga hisoblaganda, chakana savdo aylanmasining eng katga darajasi Zangiota tumaniga to’g’ri keladi. Hududiy tarkibda Qibray tumanining ulushi 16,9 %, Zangiotada - 12,2 %, Yangiyo’lda - 8,4%. Shaharlar miqyosida esa Angren va Olmaliq oldinda turadi. Ayni vaqtda, quyiChirchiq,Oqqo’rg’on, Bo’ka tumanlarida bu ko’rsatkich juda past. Viloyatda tibbiyot muassasalari soni 602 ta, har 10 ming kishiga 36,7 ta bemor o’rinlari, 21,5 nafar vrachlar va 116 kishi o’rta tibbiyot xodimlari to’g’ri keladi. Qishloq vrachlik punktlari jami 263 ta, har bir qishloq tumaniga - 17,4, har 3,4 ta qishloq aholi punktiga 1 tadan QVP xizmat ko’rsatadi. Har 100 ming aholiga nisbatan kasallanganlar soni - viloyat bo’yicha 38,0 - 40,0 ming kishi. Bu ko’rsatkich Bekobod shahri, Chinoz va Yangiyo’l tumanlarida yuqoriroq, YuqoriChirchiq, O’rta Chirchiq, Parkent va Oqqo’rg’onda esa – pastroq. Kasalxonadagi o’rinlar bilan ta’minlanishida ham hududiy tafovutlar mavjud. Chunonchi, har 10 ming kishiga viloyatda 37,8 ta bemor o’rinlari to’g’ri kelgan holda, u Yangiyo’l, Bekobod, Angren shaharlarida 50- 70 tani tashkil qiladi. Ammo, qishloq joylarda bu borada xozircha to’liq hal kilinmagan muammolar bor (masalan, Ohangaron va Oqqo’rg’on tumanlarida).Aholi sogligini saqlash va uning kundalik hayotida tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik muhim o’rin to’tadi. Viloyatda tabiiy gaz bilan aholining o’rtacha 88,5 foizi ta’minlangan. Qizig’i shundaki, ko’pgina o’rta va katta shaharlarda mazkur daraja 100 foizga teng bo’lgan sharoitda, u Angrendek shaharda qoniqarli emas. Zangiota, YuqoriChirchiq, Yangiyo’l, Parkent, quyi Chirchiq, Qibray aholisi tabiiy gazdan to’liq foydalanadi, faqat Bo’ka, Chinoz, Bekobod, Oqqo’rg’on va Piskent tumanlarida biroz muammolar mavjud 14 .Ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik - o’rtacha 81,4 %; shaharlarning ko’pchiligida u - 100 foiz. Qishloq tumanlari miqyosida esa O’rtaChirchiq, YuqoriChirchiq, Bo’stonliq, Bo’ka tumanlari ancha orkada. Yuqori ko’rsatkichlar Yangiyo’l, Parkent tumanlarida qayd etilgan.Poytaxt viloyatida ta’lim tizimi ham boshqa mintaqalarga qaraganda ancha rivojlangan. Bu yerda jami 883 ta umumta’lim maktablari bor. Ularda 371 ming nafar yoki har bir maktabda 420 tadan o’quvchi ta’lim oladi. Akademik litseylar 6ta, talabalar soni 3716 kishi. Kasb-hunar kollejlari 121 ta bo’lib, ularning har birida1010 tadan talaba bor. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling