Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


- rasm. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlari iqtisodiyotini diversifikatsiya qilishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari15


Download 0.49 Mb.
bet13/36
Sana19.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1680925
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
Bog'liq
Автореферат 15.07.2023

4- rasm. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlari iqtisodiyotini diversifikatsiya qilishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari15.

Diversifikatsiya iqtisodiy jarayon sifatida makro, mezo va mikro darajalarda o‘ziga xos jihatlarga ega hisoblanadi. Diversifikatsiya makrodarajada butun iqtisodiyotning barqarorligini o‘stirishga qaratilgan tuzilmadagi o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Yalpi hududiy mahsulotni o‘sishin ta’minlash uchun uning tarkibiy qismi bo‘lgan iqtisodiyot tarmoqlaridagi o‘sishga erishish lozim bo‘ladi, bunda tarmoqlarning o‘zaro maqbul nisbatiga erishish va nisbatan yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan tarmoqlarga e'tibor qaratish talab qilinadi. Shu sababli dastlab iqtisodiyot tarmoqlarida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmini aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi hududiy mahsulot miqdoriga ta’sirini qarab chiqamiz.


Amalga oshirilgan regression tahlil natijlaariga ko‘ra quyidagi modelga ega bo‘lindi.

yoki

Bu yerda: PCGRP – aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi hududiy mahsulot 2010 yil narxlarida, ming so‘m; PCINDP - aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsuloti 2010 yil narxlarida, ming so‘m; PCSER – aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi 2010 yil narxlarida, ming so‘m; PCINV - aholi jon boshiga asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 2010 yil narxlarida, ming so‘m.
Keltirilgan mezonlar bo‘yicha aniqlangan barcha koeffitsiyentlar adekvat bundan tashqari modelning umumiy adekvatligini asoslovchi Fisher mezoni nitajalari ham belgilangan talab darajasida ekanligini kuzatish mumkin. Shuningdek, determinatsiya koeffitsiyenti aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi hududiy mahsulotning o‘zgarishlari tanlab olingan omillarga deyarli 100 foiz bog‘liq ekanligini ko‘rsatmoqda. Yuqorida keltirilganlarni hisobga olgan holda, ushbu modeldan foydalanib tarmoqlarda aholi jon boshiga yaratilgan mahsulot miqdorini aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi hududiy mahsulotga ta’sirini qarab chiqamiz.
Olingan natijalardan ma’lum bo‘lishicha aholi jon boshiga xizmatlar hajmini oshishi eng yuqori ta’sirga ega bo‘lib, elastiklik koeffitsiyenti 0,31 ni tashkil qilmoqda. Bundan tashqari aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotining ta’siri esa 0,21 tashkil qilgani holda ahamiyati nisbatan yuqori ekanligini kuzatish mumkin. Biroq ikkala sohaning ham taraqqiyotini ta’minlovchi muhim omil hisoblangan aholi jon boshiga asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmini ta’siri nisbatan kichik ekanligini kuzatish mumkin. Bundan shuni anglash mumkinki, mintaqada investitsiyalardan samarali foydalanilmayotganligini asoslaydi. Fikrimizcha, mintaqada investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirgan holda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsuloti hamda xizmatlar hajmini oshirish istiqbolli yo‘nalishlardan hisoblanadi.
Keltirib o‘tilgan tadqiqot natijalari hamda omillarning mavjud dinamikasi asosida keyingi yillardagi prognoz qiymatlarini ishlab chiqqan holda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi hududiy mahsulotning keyingi yillar uchun istiqboldagi qiymatlarini ishlab chiqildi. Dastlab aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotining keyingi yillar uchun prognoz qiymatlari ishlab chiqildi. Ushbu prognozni ishlab chiqish uchun amalga oshirilgan regression tahlili natijalariga ko‘ra quyidagi modelga ega bo‘lindi.

Ushbu modelning adekvatligini asoslovchi barcha mezonlar belgilangan talab darajasida ekanligini kuzatish mumkin, faqat tasodifiy xatolikning ta’sirini ifodalovchi koeffitsiyentning z-statistikasi 1,8 ni tashkil qilgani holda uning ehtimollik darajasi 0,07 ga teng bo‘lmoqda va ishonchlilik darajasini 0,93 ga teng ekanligini ko‘rsatmoqda. Determinatsiya koeffitsiyenti ham 0,93 ni tashkil qilgani holda ushbu modeldan keyingi yillar uchun prognoz qiymatlarini ishlab chiqishda foydalanish mumkinligini asoslandi. Keltirib o‘tilgan tahlili natijalariga tayangan holda 2023-2027 yillar uchun progno qiymatlari ishlab chiqildi. Faqat ushbu model yordamida ishlab chiqilgan prognoz qiymatlari logarifmlangan shaklda bo‘lib, biz ularni antilogarifmlash asosida qiymat ko‘rinishiga keltirdik (2-jadval).
Jadvalning yillardan keyingi keltirilgan birinchi ustunida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotning real qiymati bo‘lib, u undan keyingi ustundagi, ya’ni model asosida hisoblangan natural logarifm shaklini antilogarifmlash asosida hisoblangan.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling