Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Dissertatsiyaning «Qoraqalpog‘iston Respublikasi diversifikatsiya salohiyatini tahliliy baholash» deb nomlangan ikkinchi bobida


Download 0.49 Mb.
bet10/36
Sana19.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1680925
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36
Bog'liq
Автореферат 15.07.2023

Dissertatsiyaning «Qoraqalpog‘iston Respublikasi diversifikatsiya salohiyatini tahliliy baholash» deb nomlangan ikkinchi bobida hududiy diversifikatsiyani rivojlanish xususiyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sanoatini diversifikatsiya salohiyatini baholash usullari hamda hududni diversifikatsiya jarayonlarini takomillashtirish masalalari tadqiq qilingan.
Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatdiki, aholi bandligi va ishlab chiqarishning tarmoq tuzilmalari yetarlicha uzoq muddatda barqarorligi saqlanib, miqyos samarasi tarkibiy o‘zgarishlarning muhim omili bo‘lib, iqtisodiy salohiyati past bo‘lgan hududlarda tarmoq tuzilmalari eng moslashuvchan bo‘lib qolmoqda. Iqtisodiyot tarmoqlarida bandlik tuzilmalarini diversifikatsiya qilish, yalpi qo‘shilgan qiymat va sanoat ishlab chiqarishining miqdoriy baholari bu jarayonlarning turli yo‘nalishlarini ko‘rsatadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi rivojlanishida tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, hududlarni integratsiyalashgan va muvozanatli rivojlantirish, ularning salohiyatidan samarali foydalanish kabi omillar, raqobatbardoshligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Hududlarning diversifikatsiya jarayonlarini ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash bo‘yicha MDH olimlaridan G.Azoyev va A.Chelenkov8 hamda mahalliy olimlardan A.Sodikov9 va Sh.Nazarovlar tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilgan. Ularda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida diversifikatsiya jarayonlarini jadallashtirish, rivojlanish dinamikasi, raqobatbardoshlikni oshirish masalalari hamda hududlararo umumiy baho berilgan.
Tadqiqotlar jarayonida, Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, tarmoqlarning ixtisoslashuv koefitsentining hisob kitobi, sanoatni hududiy diversifikatsiya darajasini baholash, o‘sish tayanch nuqtalarini aniqlash, mintaqa va sanoat rivojlanishini qiyosiy baholash va boshqa shu kabi tahliliy yondoshuvlar qo‘llanilgan.
Qoraqalopog‘iston Respublikasining asosiy sanoat tarmoqlarini elektr-energitikasi, kimyo va neftь-kimyo, qurilish materimallari, yengil, oziq-ovqat, tog‘-kon sanoati tashkil qiladi. Oxirgi ikki yilda Qorauzak tumanida “Qoraqalpoq sementi” va “Titansement” zavodlari ishga tushirilgan. Ushbu zavodlarning to‘liq quvvat bilan ishga tushirilishi yiliga 1 million 400 ming tonna sement ishlab chiqarish imkonini berib, metalga ishlov berish sanoati asosan qishloq xo‘jaligi, sanoat va transport ehtiyojlarini ta’minlaydi. Taxiatoshdagi mexanika zavodida suzuvchi nasos stantsiyalarini ta’mirlash yo‘lga qo‘yilgan. Bir guruh gaz konlari, neft konlari, kaliy va magniy tuzlari, ohaktosh va fosfaritlarga asoslangan kimyo sanoati Qandim-Xauzak-Shodi-Qo‘ng‘irotda joylashgan. Mustaqallik yillarida Qo‘ng‘irotda yiliga 160 ming tonna soda, 150 ming tonna kaustik soda, shuningdek, 20 ming tonna pishirish sodasi va 450 ming tonna osh tuzi ishlab chiqaradigan soda zavodi qurilgan.
Tadqiqotlarimiz davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanoat mahsulotlarni ishlab chiqarishining ixtisoslashuvi bo‘yicha sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘lganligiga guvoh bo‘ldik. Xususan, mintaqada oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha ixtisoslashuv koefitsenti, 0,848dan 1,576gacha, to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish 0,916 dan 1,704 gacha, kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish 1,941 dan 3,517 gacha, energiya ta’minoti 1,480 dan 2, 520 gacha oshganligini ko‘rish mumkin. Buning eng muhim sabablaridan biri sifatida sanoat mahsulotlariga bo‘lgan bozor talabining oshganligi bilan izohlash mumkin. Ushbu shakllangan sanoat ixtisoslashuvi Qoraqalpog‘iston Respublikasiing “o‘sish nuqta”lari hisoblanadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Qoraqalpog‘iston Respublikasida qurilish sanoatini yirik markazini yaratish uchun katta imkoniyatlari mavjud. Biroq tegishli ishlab chiqarish infatuzilmasining mavjud emasligi har yili katta transport xarajatlari bilan marmar, sement, g‘isht, gips olib kelinmoqda. Ammo, bu mahsulotlarni Respublikada ishlab chiqarish imkoniyatlari mavjud bo‘lib, hatto eksport qilish mumkin edi10.
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mavjud faoliyat turlari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar shahar va tumanlar sanoatida quyidagi chuqur ixtisoslashuv, ya’ni klasterlar tuzishning yuqori salohiyati mavjudligi-ni ko‘rsatdi:

  • qurilish materiallari sanoati bog‘liq faoliyatga ( Nukus shahri, Beruniy tumani, Qorao‘zak tumani);

  • oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatga ( Nukus shahri, Taxiatosh tumani);

  • to‘qimachilik sanoati mahsulotini ishlab chiqarishga (Amudaryo, Shumanay tumanlari);

  • neft-kimyo sanoatini bilan bog‘liq faoliyatga (Qo‘ng‘irot tumani);

  • shisha va oyna ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatga (To‘rtko‘l tumani).

Qoraqalpog‘iston Respublikasining neft-gaz xom ashyosini qazib olish, oziq-ovqat, to‘qimachilik, kimyo mahsulotlarini, qurilish materiallari, mebelь ishlab chiqarishga ixtisolashuvi, asosan, boy xom-ashyo bazasi, foydali qazilmalar konlari hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari mavjudligi bilan izohlanadi. 2021 yilning o‘zida respublikada ishlab chiqarish sanoatining tarkibida kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish ulushi - 61,6%, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish ulushi - 14,2%, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish ulushi - 14,9% va boshqa ishlab chiqarish mahsulotlar ulushi - 9,3%ni tashkil etgan11. Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasi sanoati diversifikatsiyalashuvi bo‘yicha 2017-2021 yillarda o‘sish tendentsiyasi kuzatilib, 2020 yilda Respublika o‘rta darajaga (0,725) ega bo‘lgan hududlarga kirgan. Mintaqalarda ushbu ko‘rsatkichning 0,833 dan pastligi shaharlar va tumanlar kesimida sanoat diversifikatsiyasi yetarli darajada emasligini bildiradi.
Shu bilan birga muayyan bir faoliyat turi hudud sanoatida 70%dan ortiq tashkil etgan Qo‘ng‘irot (kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarishning sanoatdagi ulushi 76,1%), Amudaryo (to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish 72,5%), Beruniy (qurilish materiallari sanoati 73,4%) va Qorao‘zak (qurilish materiallari ishlab chiqarish 72,7%) tumanlarida sanoat diversifikatsiyasi past darajada qolib kelmoqda (diversifikatsiya koeffitsenti 0,125-0,305) (2-rasm).




Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling