Urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti "biologiya" kafedrasi


Bale – Neyman (yoki Balljet) reaksiyasi


Download 0.49 Mb.
bet12/22
Sana15.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1487039
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
O’SIMLIKLARNING FIZIOLOGIK FAOL MODDALARI Amaliy opisaniya

4. Bale – Neyman (yoki Balljet) reaksiyasi. Glikozidlarning spirtdagi eritmasiga natriy pikratning spirtdagi 1% li va ishqorning 10% li eritmasidan qo’shilsa, to’q sariq rang hosil bo’ladi. Bu reaksiya yordamida tarkibida to’yinmagan lakton halqasi bo’lgan barcha yurak glikozidlarini aniqlash mumkin.
Yurak glikozidlari molekulasidagi lzoksisaxaridlarga xos bo’lgan Keller – Kishone reaksiyasi. Tarkibida temir(II)-xloridning 5% li eritmasidan 2 tomchi bo’lgan 5 ml konsentrlangan sirka kislotada eritilgan 5 – 10 mg glikozid eritmasini probirkaga solib, ustiga oz miqdorda temir(II)- xloridning 5% li eritmasi bo’lgan konsentrlangan sulfat kislotaning 1 – 2 tomchisini asta-sekin probirka devori bilan oqizib turilsa, har ikkala suyuqlik qo’shilgan chegarada yuqori qismi zangori yoki ko’k rangdagi qo’ng’ir halqa hosil bo’ladi.
Achchiq bodom urug’ida amigdalin borligini aniqlash va achchiq bodom suvini tayyorlash
Kerakli asbob va reaktivlar: chinni hovoncha, suv bug’i bilan haydash asbobi, konsentrlangan sulfat kislota, achchiq bodom yoki shaftoli urug’i.
Ishning borishi
Achchiq bodom yoki shaftoli urug’i tarkibida amigdalin borligini quyidagi reaksiyalari yordamida aniqlash mumkin:
1. Achchiq bodom yoki shaftoli urug’i mag’zini 2 – 3 tomchi suv bilan chinni hovonchada ezilsa amigdalinning emulsin fermenti ta’sirida parchalanishidan hosil bo’lgan sianid kislotasi va benzol aldegidning o’ziga xos hidini sezish mumkin. Gidroliz jarayoni quyidagi reaksiya yordamida ifodalanadi.

2. Achchiq bodom yoki shaftoli urug’i 1 – 2 tomchi konsentrlangan sulfat kislota bilan chinni hovonchada ezilsa, pushti rang hosil bo’ladi.
Tibbiyotda ishlatish uchun bodom urug’idan achchiq bodom suvi quyidagicha tayyorlanadi:
Bodom urug’i tarkibidagi amigdalinni emulsin fermenti ta’sirida parchalash maqsadida 10 g maydalangan urug’ga 10 ml iliq suv solib, 2 – 3 soat issiq joyga (40 – 50 0C li termostatda) qo’yiladi. So’ngra glikozidning parchalangan 48 mahsulotlari suv bug’i yordamida haydab olinadi. Distillyatga o’tgan sianid kislota va benzoy aldegid o’zaro birlashib, benzaldegidsiangidrin hosil qiladi (achchiq bodom suvi tarkibidagi sianid kislotaning 80% ga yaqini benzoy aldegid bilan birlashgan, qolgan qismi esa sof holda bo’ladi).

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling