Urganch davlat universiteti “tarix” kafedrasi


Etatizm (fr.) - siyosiy Partiyaning davlat ishlariga keng ko’lamda aralashuvi. Etnografiya


Download 0.59 Mb.
bet72/78
Sana13.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1456955
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   78
Bog'liq
3.Манбашунослик

Etatizm (fr.) - siyosiy Partiyaning davlat ishlariga keng ko’lamda aralashuvi.

  • Etnografiya (yun.) - xalqlarning turmushi, madaniyati, ularning kelib chiqishi, urf-odatlarini o’rganadigan fan.

  • Etnogenez (yun.) - xalqlarning kelib chiqishi, shuningdek, biror xalq kelib chiqishining dastlabki bosqichlari bilan birga til va antronologik xususiyatlarining keyingi shakllanishi jarayonini ham o’z ichiga oladi.

  • Etnos - kishilarning qabila, elat, millatdan iborat, tarixan tarkib topgan barqaror ijtimoiy guruhi. "Xalq" tushunchasiga yaqin turadi.

    - Emblema (yun.) - biror tushuncha, g’oyaning shartli yoki ramziy tasviri. M: oq kaptar – tinchlik emblemasi.
    - Estetika (yun.) - inson bilan dunyo o’rtasidagi qadriyat munosabatining o’ziga xos tomonlarini va kishining badiiy faoliyatini o’rgatuvchi falsafiy fan.
    - Etika (yun.) - odob axloqni o’rgatuvchi fan.
    - Etiket (fr.) - biron joy (diplomatik doiralar) da qabul qilingan o’zaro muomala tartibi.

    • Etimologiya (yun.) - so’zning (atama) kelib chiqishi. Tilshunoslikda so’z hosil qiluvchi strukturani o’rganadi, ularning qadimiy ma’no elementlarini aniqlaydi.

    • Ekspress (ing.) - odatdagi tezlikka nisbatan yuqori tezlikda yuradigan transport vositasi.

    - Esperanto - keng tarqalgan xalqaro sun’iy til. Yozuvi lotin alifbosiga asoslangan.


    Yu

    • Yubiley (lot.) - u yoki bu shaxsning, korxona, tashkilotning tug’ilgan yoki tashkil etilgan kunini bayram qilish.

    • Yuzboshi (turk.) – qadimgi davrlarda va o’rta asrlarda O’rta Osiyo hududida yuz nafar askar boshlig’i yuzboshi deb atalgan.

    • YuNЕSKO - BMTning maorif, fan va madaniyat masalalari bilan shug’ullanadigan tashkiloti. U hukumatlararo tashkilot bo’lib, 1946 yilda tuzilgan. Bosh qarorgohi Parijda joylashgan.

    - Yuriskonsult (lot.) - huquqshunoslik ishlari bo’yicha maslahatchi.
    - Yurisprudentsiya (lot.) - huquqshunoslik, qonunga oid amaliyotlar.

    Download 0.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   78




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling