o‗rnatishga mo‗ljallangan bunker
(7), unga o‗rnatilgan 6 ta ekish
apparati (5), ekish apparati valiga xarakat uzatish mexanizmlari (8),
urug‗larni ekuvchi soshniklarga uzatish shlanglari (3) va ekuvchi
soshniklardan (2) tashkil topgan (3.3-rasmga).
Ekish apparatini eng maqbul ekish me‘yorini aniqlash maqsadida
labaratoriya sharoitida tajribani o‗tkazildi. Ekiladigan donli ekinlarni har
bir qatorga aniq miqdorda ekishga, ya‘ni ekish apparatini ekish
me‘yoriga bir nechta faktor ta‘sir qilib, ular quyidagilar hisoblanadi:
ekish apparati valining aylana tezligi n (ayl/min) (bu faktor traktor bilan
uning yonbosh quvvat olish vali orqali sinxron bog‗langan), ekish
g‗altigining ish qismi uzunligi l (mm), don yashigining xajmi va to‗laligi
V (m
3
), kultivator-seyalkaning tebranishi
W, g‗altakli ekish apparati
tishlari soni Z (dona) va chuqurligi h (mm) hamda urug‗ning fizik-
mexanik xususiyatlari S. Hozirgacha qo‗llanilayotgan bug‗doy ekish
apparatlarining tahlili shuni ko‗rsatadiki tishlar soni va ularning
chuqurligi bug‗doy uchun aniqlangan .
Do'stlaringiz bilan baham: