Urganch davlat universiteti transport tizimlari
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
uslibiy qo'llanma 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diskli ekish apparati (
2
va Z 4 yulduzchalarni tegishlicha tanlash yo‗li bilan yoki to‗smaqopqoq yordamida o‗zgartiriladi. Ekish normasini ko‗paytirish uchun uzatish soni katta bo‗lgan yulduzchalar tanlanadi. Seyalka bilan ekiladigan chigit uyalarining orasi uya xosil qilish diski 8 ning (4.3-rasm.) aylanish tezligini o‗zgartirib rostlanadi. Qatorlab ekishda parrak 7 ga harakat uzatilmaydi va chigitlar urug‗ o‗tkazgichdan bevosita soshnik 1 ga tushadi. Diskli ekish apparati (4.4-rasm.) tuksizlantirilgan, 4.3-rasm. Uya hosil qilish apparati : 1-soshnik; 2-valik; 3-korpusning qopqog‗i; 4-darcha; 5-vint; 6-korpus; 7-parrak; 8-uya hosil qilish diski. Diskli ekish apparati (4.4-rasm.) tuksizlantirilgan, og‗irligi va o‗lchamlari bo‗yicha saralangan quruq chigitlarni uyalarga aniq belgilangan miqdorda tashlab ekadi. Chigit seyalkalarining diskli ekish apparatlari ayni vaqtda ikki vazifani bajaradi: bankadan zarur miqdordagi chigitlarni ajratib (mexanikaviy usulda sanab) oladi va seyalka avvaldan belgilangan masofani o‗tgandan keyin apparat ajratib olgan chigitlarni soshnik ochgan egatchaga tashlab uya hosil qiladi. Birinchi vazifani apparatning katakchali diski, ikkinchi vazifani esa parragi bajaradi. Disk va parrak apparat ichida joylashgan bo‗lib, o‗zaro bog‗langan holda ishlaydi. Aniq ekuvchi apparatlar chigit ekishga mo‗ljallangan 40 ta katakchali diskidan tashqari, qo‗shimcha ravishda makkajo‗xori ekuvchi va oq jo‗xori ekuvchi disklar bilan jihozlanadi. Disklar urug‗lik materialga, urug‗ning mayda-yirikligiga, bir uyaga ekiladagan urug‗lar soniga, chigit ekuvchi disklar esa, bulardan tashqari, agregatning harakat tezligiga qarab ham tanlanadi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling