Urganch davlat universiteti transport tizimlari
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
uslibiy qo'llanma 2019
Ishni bajarish tartibi: Seyalkani ekish normasiga rostlash uchun 1. Ekish apparati bunkeri yechiladi. 2. Asosiy vakuum shlangi yechiladi va vakuummetr provodkasi vakuum kamerasidan ajratiladi. 3. Sirtmoqlar bo‗laklanadi va vakuum kamera korpusining kojuxi yechiladi. Vakuum kamera korpusining kojuxi orqa sirti yuzasida joylashgan yeyilish indikatorlari yeyilishga va deformatsiyaga vizual ko‗rinishda tekshiriladi. Zarur holda kojux almashtiriladi. 4. Ekish diski ilgakli shtir yordamida apparat korpusidan ajratiladi va diskning yuzasida joylashgan yeyilish indikatorlari yeyilishga, diskdagi teshiklari adgezion g‗adir-budirliklarga tekshiriladi. Zarur holda disk almashtiriladi. 5. Ortiqcha urug‗ning o‗tib ketishiga va ezilishiga yo‗l qo‗ymaslikni nazorat qilish uchun maxsus moslama (singulyator) tekshiriladi. Singulyatorning 3 ta g‗altaklari o‗rnatish richag-larda erkin aylana xarakatlanishi kerak. Singulyatorning ri-chaglari pastga va tepaga siljishi va disk yuzasi bilan doimiy kontaktda bo‗lganligi tekshiriladi. 6. O‘rnatish sxema bo‗yicha singulyatorning shkalasi tavsiya etilgan holatga keltiriladi. 7. To‗zitkich yechiladi, yeyilishga va deformatsiyaga tekshiriladi. 8. Egilgan va to‗g‗ri shchetkalarning holati va tutashganligi tekshiriladi. 9. To‗zitkich valga o‗rnatiladi va soat strelkasi aylanish yo‗nalishiga qarab aylantiriladi. 10. Zarur bo‗lgan disk valga o‗rnatiladi va uning teshiklari singulyatorga nisbatan to‗g‗ri joylashganligi tekshiriladi. Ilgakli shtir yordamida disk apparat korpusiga qotiriladi. 11. Ajratuvchi to‗siq rыchagi ekish normasiga moslab o‗rnatiladi. 12. Vakuum kamera korpusining kojuxi o‗rnatiladi va ilmoqlari biriktiriladi. 13. Bosh vakuum shlangi va vakuummetr provodkasi vakuum kameraga biriktiriladi. 14. Ekish apparatining bunkeri o‗rnatiladi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling