Urganch davlat universiteti transport tizimlari
O’qyoysimon (universal) panjalar
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
uslibiy qo'llanma 2019
O’qyoysimon (universal) panjalar (6.2-rasm, b) begona
o‗tlarning ildizlarini kesib yo‗qotish va tuproqni yetarli darajada yumshatish uchun ishlatiladi. Shu sababli, γ= 28...30° bo‗lib, v = 220...385 mm, ishlov berish chuqurligi a ≤ 12 sm gacha yetadi. Chuqur yumshatuvchi tish (6.2-rasm, ye) tuproqni 30....40 sm chuqurlikkacha yumshatadi. Bunday tish shakli o‗qyoysimon bo‗lib, boshmoq va unga o‗rnatilgan iskanasimon tumshuq, va ikkita lemexlardan tashkil topgan bo‗ladi. Qamrash kengligi 80 sm va undan ko‗p bo‗lishini ta‘minlash uchun γ = 38....60° qabul qilinadi. Iskana α = 17....25°, lemex esa α = 25° burchak ostida gorizontal yo‗nalishda egilgan bo‗ladi. Tuproq palaxsasi lemex ta‘sirida 10 sm gacha ko‗tarilib, oldingi joyiga tushiriladi, natijada, tuproq ag‗darilmasdan birmuncha yumshatilib, begona o‗t ildizlari kesiladi. Chopiq kultivator qismlari maxsus chopiq traktorining oldi (oldingi seksiyasi) va orqa (orqa seksiyasi) tomonlariga o‗rnatiladi (6.1- rasm). Kultivatorning oldingi seksiya ramasi 3, traktorning o‗ng va chap tomonidagi lonjeronlariga o‗rna-
6.2 - rasm. Kultivatorning ishchi qismlari: a-o‗t ildizlarini yotiq kesuvchi panja-pichok; b-o‗qyoysimon (universal) panja; v-iskanasimon tish; g-to‗ntarma tish; d-nayzasimon tish; e- chuqur yumshatuvchi tish.
tiladi. Rama 3 ga pasaytirgich 25 orqali seksiyaning to‗rt bo‗g‗inli (parallelogrammli ) osish mexanizmi 4 biriktirilgan. Ularga gryadil 20 lar o‗rnatiladi. Gryadillarga ishchi qismlar mahkamlanadi. Kultivatorga o‗g‗itlash apparatlari o‗rnatilgan. Gidrosilindr 14 ning ta‘sirida ko‗tarish vali 15 burilib, tortqi 12 va 16 lar orqali ikki yelkali richag ko‗targich 8 yordamida jilov 5 dagi sirpang‗ich 9 ni yuqoriga ko‗taradi Sirpang‗ich 9, jilov 5 ga mahkamlangan shayba 10 ga tiralib, uni jilov bilan birgalikda yuqoriga ko‗taradi. Jilov esa gryadil 20 ni va unga o‗rnatilgan ishchi qism 24 larni yuqoriga ko‗taradi. Gryadilni yer yuzasiga nisbatan muayyan balandlikda ko‗tarib yurib, ishlov berish chuqurligini me‘yorida saqlash uchun tayanch g‗ildirakcha 21 lar xizmat qiladi. Ishlov berish chuqurligini o‗zgartirish uchun ishchi organ ustunini gryadilga mahkamlaydigan qulflar yechilib, uning g‗ildirakchaga nisbatan balandligi o‗zgartiriladi. Tirak 6 ning joyini jilov 5 bo‗ylab o‗zgartirib, prujina 7 ning siqilish darajasini o‗zgartirib, ishchi qismlarning tuproqqa botishi, tayinlangan ishlov berish chuqurligi kamayishining oldi olinadi. Ishchi organlarni joylashtirish tartibi ular bajaradigan texnologik jarayonga qarab aniqlanadi. Katordagi ko‗chatlarga zarar keltirmaslik uchun ularga
nisbatan kultivator ishchi organlari birinchi kultivatsiyalashda v Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling