Umumiy ma’lumotlar
O‘simliklarning kasalliklari, zararkunandalari, xashoratlar va begona
o‗tlarga qarshi kurash quyidagi usullarda olib boriladi: agrotexnik,
mexanikaviy, biolognk, biofizik va kimyoviy.
Kimyoviy usul oddiy va bevosita ta‘sir etganidan keng ko‗lamda
qo‗llaniladi. Urug‗lar turli kasalliklarning oldini olish uchun kimyoviy
zaharlar bilan dorilanadi.
Purkagichlar - mevadaraxtlarga, tokzorlarga va dala ekinlariga
zaxarli dorilarni sepish uchun mo‗ljallangan. Ular o‗zining purkash
qurilmasi ish prinsipiga qarab, shtangali va ventilyatorli; ishchi
suyuqlikning sarflash miqdoriga qarab, oddiy, oz miqdorda va ultra oz
miqdorda sepadigan; traktor bilan agregatlanishi bo‗yicha – tirkalma,
o‗rnatma, o‗ziyurar; bajaradigan ishi bo‗yicha – universal, bog‗bop,
dalabop kabi turlarga bo‗linadi. Paxtachilikda ventilyatorli va shtangali
purkagichlar ishlatiladi. O‘lar zararkunanda va kasalliklarga qarshi
qurashish bilan bir vaqtda g‗o‗zani defolyatsiyalash va desikatsiyalash
uchun ham ishlatiladi.
Paxtachilikda ishlatiladigan ventilyatorli purkagich OVX-600 (7.1-
rasm) chopiq traktori lonjeronlariga o‗rnatilgan 2 ta rezervuar, ventilyatorli
purkash qurilmasi, xarakat yuritmasi, ventilyator, rotorli nasos va
reduktorlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |