Yerga ishlov beradigan kultivatorlarga shudgorga ekish oldidan
sidirg‗a ishlov beradigan kultivatorlar, hosil o‗rib olingan ang‗izni 16 sm
gacha yumshatadigan yassi keskich-kultivatorlar kiradi.
Maxsus kultivatorlar bog‗ va o‗rmonlarda daraxtlar oralig‗iga
hamda eroziyaga uchragan joylarga ishlov berishda ishlatiladi. Bu
guruhga chuqur yumshatkich-keskich kulti-vatorlari ham kiritiladi.
Chopiq kultivatori sug‗oriladigan dehqonchilikda ekinlar qator
oralig‗idagi tuproqqa ishlov berish, begona o‗tlarni yo‗qotish va
o‗g‗itlash uchun ishlatiladi (6.1-rasm).
Kul‘tivator bilan ishlov berishda qo‗yidagi agrotexnik talablarga,
tuproqning pastki nam qatlamni yer yuzasiga chiqarmaslik; eroziyani
kuchaytiradigan
changsimon
zarrachalarni
xosil
qilmaslik;
yumshatiladigan chuqurlik tayinlangandan yo 1,0 sm dan ortiq farq
qilmasligi va begona o‗tlarni 98-99 % yo‗qotilishiga rioya qilinadi.
Chopiq kultivatorlari 0.9 va 1,4 klass traktorlari bilan agregatlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |