Urganch davlat universiteti transport tizimlari
Seyalkaning ish jarayoni
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
uslibiy qo'llanma 2019
Seyalkaning ish jarayoni. Pog‗ona bo‗lib (shaxmat tartibida)
joylashgan (356 mm)li ikki diskli yer keskich-yumshatkich (5.2-rasm.) tor egatni ochadi. Yetaklovchi disk begona o‗tlarni ustidan egat oson kesadi. Diskli yer keskich-yumshatkichlar nam tuproqni yuzaga tortganligi bois, o‗lchov g‗ildiraklar ushbu tuproqni yig‗adi va uni egatning har bir tomoni chetiga tashlaydi. Pog‗onali joylashgan disklar urug‗lar uchun ma‘lum chuqurlikda V simon egat ochib beradi, bunday turdagi egatlar urug‗ni yaxshi saqlaydi hamda namlik bilan ta‘minlaydi.
5.2-rasm. CASE-1200 pnevmatik seyalkaning texnologik ish jarayoni sxemasi: 1-erni kesish va tor egat ochish; 2-egat ochish; 3-egat tubini zichlash; 4-urug‗ o‗tkazish; 5- urug‗larni ko‗mish; 6-tuproqni zichlash .
Egat chuqurligi o‗lchash gildiragining o‗rnatish richagi bilan o‗zgartiriladi (5.3-rasm.). Urug‗ qadaladigan chuqurlikni o‗zgartirishda qator bloki uchun faqat bitta to‗g‗rilash talab etiladi. Urug‗lar egat tubiga urug‗ kolodkasi orqali ekiladi. Ekilgan urug‗lar shaxmat tartibida joylashgan diskli sosh-niklar yordamida tuproq bilan ko‗miladi. Mavjud konst-ruksiyali soshnik ishlov berilmagan va minimal ishlov beril-gan tuproqlarda ochadigan egatning devorlarini ag‗darmaslik uchun va tuproqning namligini yo‗qotmaslik uchun ham foydala-niladi. Disklar prujinalar bilan bostirilgan. Namlikni yo‗qolishiga yul kuymaslik uchun markaziy tig‗ga ega bo‗lgan molacha o‗rnatilgan. Urug‗lar egat tubiga maxsus urug‗ kolodka yordamida ekiladi. Disklar tuproqqa kam ishlov berilgan sharoitlarda, toshli va ishlov berilmagan yerlarda tiqilib qolishga yul qo‗ymasligi uchun pog‗ona (shaxmat) tartibida joylashgan. Qishloq xo‗jaligi ekinining turiga qarab urug‗ saralash diski tanlanadi. Ekish diskini tanlash uchun urug‗lar doza-torini o‗rnatish sxemasi, urug‗lar orasidagi masofa va urug‗-larning parametrlarini e‘tiborga olish kerak. Ekish diski-ning belgisi teshiklar sonini va teshik diametrini ko‗rsatadi. Masalan, 4855 diskda 48 ta teshik mavjud va har bir teshikning diametri 5,5 mm ga teng. Ortiqcha urug‗ning o‗tib ketishiga va ezilishiga yo‗l qo‗ymaslikni nazorat qilish uchun maxsus moslama (singulyator) xizmat qiladi (5.4- rasm.)
5.3-rasm. CASE-1200 pnevmatik seyalkaning Ekish seksiyasining sxemasi: 1-rostlash g‗ildiragi; 2-mustaxkamlik nuqtasi; 3-disk; 4–g‗ildirak; 5–chuqurlikni rostlash richagi; 6–urug‗ kolodkasi; 7–kimyoviy moddalarni sepish jixozi; 8–kimyoviy moddalarini nazorat kilish asbobi.
Uzatmalar qutisi xarakatni asosiy yetakchi valdan ekish apparatining yetaklanuvchi valiga o‗tkazadi. Uzatmalar qutisi-dagi yulduzchalarni talab etilgan ekish normasi bo‗yicha rostlash uchun o‗zgartirish mumkin. Barcha ekish normalariga ko‗ra yulduzchalarning turli kombinatsiyalari talab etiladi. 1-raqamli yulduzchalar to‗plami va zanjirli yuritma harakatni asosiy yetakchi valdan yetaklanuvchi disk valiga uzatadi. Yulduzchalar (shesternyalar) transmissiyaning chap tomonida joylashgan. 2-raqamli yulduzchalar yetaklanuvchi validan dozator
yuritmasining valiga
harakat uzatadi. Yulduzchalar transmissiyaning o‗ng tomonida joylashgan.
8.4-rasm. Ekish apparatining urug‗ kamerasi sxemasi: 1-to‗zitkich; 2-singulyator; 3-urug‗lar; 4- apparat vali; 5-o‗rnatma kronshteyn; 6-g‗altak; 7-ajratuvchi to‗siq richagi; 8-shkala; 9-bukilgan cho‗tka; 10-to‗g‗ri cho‗tka; 11-korpus; 12-yo‗naltirgich; 13-ajratuvchi to‗siq.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling