Urganch davlat universiteti transport tizimlari
Apparatning ishlash jarayoni
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
uslibiy qo'llanma 2019
Apparatning ishlash jarayoni: Bankaga solingan chigitlar to‗siq
2 ning yumaloq teshiklaridan pastga o‗tib, katakchali disk 4 ning ustidagi 50 mm balandlikdagi bo‗shliqni to‗ldiradi. Bu to‗siq chigitlarning diskga bosimini pasaytirib, katakchalarning chigitga to‗lishini yaxshilaydi, bunkerdagi urug‗lar miqdorining ekish protsessiga bo‗lgan ta‘sirini kamaytiradi, urug‗larning maydalanishi va kardanli vertikal valik aylantirishga sarflanadigan kuchni kamaytiradi. Ekish diski 4 aylanganda chigitlar katakchalarni to‗ldiradi va ular bilan birga aylanib qaytargich 11 ga duch keladi. 4.4 -rasm. SChX-4A-III seyalkasininng tuksizlantirilgan chigitlarni aniq ekuvchi diskli apparati. 1–qalpoq; 2–engillashtiruvchi to‗siq; 3–valik; 4–katakchali ekish diski; 5-flanets; 6–oraliq korpus; 7-shesternyalar bloki; 8–kurakchali parrak; 9–apparat tubi; 10–markaziy yetaklanuvchi shesternya; 11–qaytargich korpusi; 12-qaytargich. Bir donalab ekuvchi diskning katakchalariga bir donadan, gruppalab ekuvchi
diskning katakchalariga esa, katakchaning o‗lchamlariga qarab, 3 yoki 4 donadan chigit kiradi. Qaytargich katakchalarga kirmagan chigitlarni chetga sidirib
tashlaydi. Katakchalarda qolgan chigitlar qo‗zg‗almas plastin-kasimon tushirgichga urilib, apparatning oraliq korpus 6 dagi ekish darchasi orqali apparatning tubiga tushadi. Chigitlarning maydalanmasligi va shikastlanmasligi uchun qaytargich 12 ning tumshug‗i bilan diskning orasida kamida 0,5 mm li, korpusning tagiga ―ikkinchi‖ chigitlarning o‗tib ketmasligi uchun esa ko‗pi bilan 1,2 mm li tirqish bo‗lishi kerak. Bu tirqish qaytargichni apparatga o‗rnatish oldidan kontrgaykali vintni burish yo‗li bilan rostlanadi. Bu holda tirqish qaytargich tumshug‗ining pastki chetidan korpus 6 ning pastki qirrasigacha o‗lchanadi. Qaytargich korpusi 11 ning ichida yulduzcha bor. U qaytargich bilan umumiy o‗qda tebranuvchi ikki yelkali richagga erkin aylanadigan qilib o‗rnatilgan. Yulduzcha tishlarining qadami ekish diski katakchalarining qadamiga
teng bo‗lib, katakchalarga kirib turadi va ekish diski aylanganda yulduzcha ham o‗z o‗qi atrofida erkin aylanadi. Qaytargichni apparatga o‗rnatish oldidan yulduzchaning pastki tishi bilan korpus 6 devorining pastki chetigacha 6 mm o‗lcham hosil qilish kerak. Bu o‗lcham vint kontrgaykasi bilan qotiriladi. Tushirgich orqali pastga tushgan chigit oraliq korpusning tubidagi ekish darchasidan o‗tib, uya hosil qiluvchi apparatning tubi 9 ga tushadi. Uya hosil qiluvchi parrak 8 ning kurakchalari chigitlarni to‗plab, ostki korpusning darchasi orqali soshnik hosil qilgan egatchaga tashlaydi. SChX-4A-III seyalkasining diskli apparatlarini seruyalab ekishga moslashda uya hosil qiluvchi parrak kurakchalarining biri va ekish diski
keltirib qo‗yiladi. Apparatni rostlashdan oldin parraklar tanlanadi. Uyaga uchtadan chigit ekish uchun to‗rt kurakchali parrak, to‗rttadan chigit ekish uchun esa sakkiz kurakchali parrak ishlatiladi. Har uyaga ikkitadan chigit tashlab, ularning orasini 10 sm qilib ekish uchun sakkiz kurakchali parrak ishlatiladi. Seyalkada apparatlarni harakatga keltiruvchi chap (4.4-rasm.) va o‗ng yuritmalar bor. Bu yuritmalarning yetakchi zvenosi tegishlicha o‗ng va chap g‗ildirakdan iborat. Ikkala yuritma bir xil tuzilgan. Seyalka harakatlanganda uning chap g‗ildiragi yetakchi yulduzcha Z Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling