Urganch davlat universiteti transport tizimlari
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
uslibiy qo'llanma 2019
Umumiy ma’lumotlar
Bir yo‗la to‗rt qatorga seruyalab chigit ekuvchi SChX-4A seyalkasi tukli va tuksizlantirilgan chigitlarni qator oralarining kengligini 90 sm va uyalarning orasini 20...30 sm qilib ekishga mo‗ljallangan. SChX-4A seyalkasi asosiy texnikaviy tavsiflari: qamrash kengligi 3,6 m; ishchi tezligi 7 km/s gacha; qatorlar orasi 90 sm; ekish sxemasi 90x20, 90x30; bir uyada urug‗lar soni: tukli/tuksizlangan 3....10/3...4;
sirpang‗ichli soshniklarning soni 4; soshniklar ishlov berish chuqurligi 3...8 sm; uzatma mexanizmlar soni 2;
urug‗ bunkerining sig‗imi 80 dm 3 ;
gabarit o‗lchamlari 1500x3720x2050.
Seyalka 0,9 yoki 1,4 klass traktorlariga o‗rnatib ishlatiladi. Ekish agregatiga qo‗shimcha ravishda kultivator-o‗simlik oziqlantirgichdan yechib olingan o‗g‗itlash apparatlari va maxsus tayyorlanadigan PGS- 2,4B yoki PGX-4 gerbitsid sepish moslamalari o‗rnatiladi. SChX-4A mexanik chigit seyalkalarida g‗altakli va diskli ekish apparatlari ishlatiladi. Tukli chigitlar aylanadigan tishli-g‘altakli apparatlardan ekiladi. Apparatning asosiy qismlari (4.1-rasm.) tub 5, ekuvchi tishli g‗altaklar 6 va 24, val 22, yetakchi 23 va yetaklanuvchi 11 konusaviy shesternyalar, aylanadigan to‗zitgich-ta‘minlagich 12, to‗zituvchi sterjen 16 va chigit bankasi 19 dan iborat. Apparatning tubi cho‗yandan quyilgan. Apparat tubining markazida rezbali teshik, doiraviy chuqurcha va doiraviy chiqiq bor. Apparat tubining ish sirtida doiriviy chiqiqning diametral qarama- qarshi tomonlarida ekish darchasi deb atalidigan ikkita cho‗zinchoq teshik bor. Ekish g‗altaklarining yuqori qismi ana shu ekish darchalariga pasdan qisman kirib turadi. G‘altak tishlarining apparatdan chiqish (chigitni olib chiqish) tomonida ekish darchasi kengaytirilgan. Ekish darchasining keng qismi to‗smaqopqoq 7 bilan ochilib yopiladi. Ekish normasini oshirish uchun to‗smaqopqoq tashqariga tortilib, darcha ko‗proq ochiladi. Yetaklanuvchi shesternya 11, barmoqli gardish 12 va sterjen 16 yig‗iq holda to‗zitkich-ta‘minlagichni hosil qiladi. To‗zitkich- ta‘minlagich apparat tubining aylana chiqig‗iga qo‗yiladi va unga maxsus o‗q 15 bilan biriktiriladi. To‗zitkich-ta‘minlagichning barmoqlari bilan ekish apparati tubining ish sirti orasidagi aylana bo‗shlik ta‘minlash kamerasi deb ataladi. Apparatning ishlash jaryoni: To‗zitkich-ta‘minlagich 3 vertikal o‗q
to‗zatadi. Ustki qatlamdagi chigitlar o‗zaro ilashish va ishqalanish kuchi ta‘sirida uyurma harakatga keladi. Chigitlar yoysimon chiviq (to‗zitqich)dan uzoqlashgan sari sekin aylana boradi va ma‘lum oraliqda mutlaqo aylanmaydi. Chigitlar bunkerda aylanganda to‗zib, bir-biriga yopishib qolmaydi, ta‘minlagichning barmoqlari orasidan oson o‗tadi. Ta‘minlagichning barmoqlari chigitlarni qo‗shimcha ravishda to‗zitadi, zarur miqdordagi chigitni pastga, ta‘minlash kamerasiga o‗tqazib turadi va ekish g‗altaklarining chigitlarni belgilangan normada bir me‘yorda uzluksiz oqim bilan ekishini ta‘minlaydi. Chigit g‗altaklar yordamida ekilganda bunkerdagi chigitlar sathi pasaya boradi va to‗zitkichlar ta‘sirida uyurma harakatga kelib, to‗ziydi va barmoqlar orasidan o‗tib, ta‘minlash kamerasiga tushadi. Bunkerdagi chigitlar aylanganda chigitlarning pastki qatlami qo‗zg‗almas shtir 4 ga duch kelib, yuqoriga va pastga yo‗naladi. Yuqoriga yo‗nalgan chigitlar ustki qatlamdagi chigitlarning to‗zishiga yordam beradi, pastga yo‗nalgan chigitlar esa ta‘minlash kamerasiga, bevosita ekish g‗altaklarining ustiga tushadi.
Ekish g‗altagi aylanganda uning ta‘minlash kamerasiga kiruvchi tishlari chigitlarni qamrab olib, tashqariga chiqaradi. Tishlar orasidagi har qaysi katakka, yirikligiga qarab, 1...3 donadan chigit joylashadi. Ekish g‗altaklarining ish unumi, ya‘ni apparatning ichidan vaqt birligida olib chiqadigan chigitlarning massaviy miqdori to‗smaqopqoqni ochib- yopish, g‗altakka harakat uzatish nisbatini o‗zgartirish va g‗altakni qalinlashtirish yo‗li bilan rostlanadi. Ish unumi to‗smaqopqoq yordamida rostlash usuli juda oddiy, ammo u chigitlarning bir me‘yorda ekilishini ta‘minlamaydi. Bunga sabab shuki, ekish darchasi to‗smaqopqoq bilan kengaytirilganda chigitlar g‗altakning tishlaridan faqat qisman ekiladi, ularning asosiy qismi esa o‗z og‗irligi ta‘sirida darchadan pastga to‗kiladi. Apparatlar yuritmasi chap va o‗ng g‗ildiraklardan harakat uzatuvchi yuritmalardan iborat. Seyalka dalada harakatlanganda (4.2- rasm) chap g‗ildirak 9, yulduzcha Z
Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling