V tushunchas
Download 28.95 Kb.
|
1 2
Bog'liqmustaqil ish 12
Matematik modellarni qurish bosqichlari
Matematik modelni kurishni 4 boskichda amalga oshiriladi. 1. Sistema(ob’ekt) faoliyatini ifodalovchi modelь yordamida javobi izlanayotgan asosiy masalalar tuziladi. 2. Sistema(ob’ekt) faoliyatini boshqaradigan qonunlar to‘plamidan muhimlari hisobga olinadi. 3. Bu qonunlarga qo‘shimcha holda, zarurat bo‘lsa, sistema va uning sistema ostilarining ishlashi haqida gipotezalar bayon qilinadi. 4. Qonunlar va gipotezalar matematik munosabatlar shaklida ifodalanadi va bu matematik munosabatlar birlashtiriladi. Modelь yordamida o‘rganilayotgan sistemaning mohiyatiga monand dinamik, statik, determinirlangan, stoxastik, ochiq, yopiq modellar haqida gapirish mumkin. SHu munosabat bilan modellarni dinamik va statik modellarga, determinirlangan va stoxastik modellarga, ochiq va yopiq modellarga ajratish mumkin. SHuningdek matematik modellarning deskriptiv, optimallash, ko‘p kriteriyli, ehtimoliy, o‘yinli, imitatsion deb nomlanuvchi sinflarini uchratish mumkin. Modellashtirish maqsadlariga bog‘liq holda algoritmik jarayonlarning modellari yuqorida sanab o‘tilgan xossalarning ixtiyoriysiga ega bo‘lishi mumkin. Algoritmlarni ishlab chiqishda ularning va algoritmik jarayonlarning struktura bo‘yicha, aniqlik bo‘yicha , resurstalablik va vaqt bo‘yicha ko‘rsatkichlarini baholovchi modellardan foydalaniladi. Ayniqsa, algoritmik jarayonlarning strukturali modellar sinfini alohida ajratib ko‘rsatish lozim. Odatda ular D → D munosabatning formallashtirilgan ifodasidan iborat bo‘ladi. Maxsus ilmiy adabiyotlarda ular algoritmlarning mantiqiy sxemalari (Lyapunov sxemalari), YAnov dasturlari sxemalari, Bloxe-Neverov algoritmlarining kanonik sxemalari, Markov algoritmlari sxemalari va tipik algoritmik jarayonlar sxemalari nomlari bilan ma’lum. SHuningdek bularga ko‘p sonli chekli avtomatlar modellarini ham kiritish mumkin. Download 28.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling