Va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi


Mavzuga oid nazorat savollari


Download 6.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/60
Sana07.10.2023
Hajmi6.33 Mb.
#1694642
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   60
Mavzuga oid nazorat savollari 
1. Egov nima? 
2. Egovning dastalari nimalardan tayyorlanadi? 
3. Egovlash nima? 
 




8 Mavzu: Parmalash ,parmalab kengaytirish 
Reja: 
1.Parmalash jarayoniga oid umumiy ma‟lumotlar 
2.Parmalarni charhlash 
3.Parmalashda qirqish rejimlari 
4.Mexanizatsiya vositasida va qo‟lda parmalash 
5.Parmalash dastgohlari 
6.Parmani stanokka o‟rnatish va mahkamlash 
7.Parmalash usullari 
 
Tayanch so‟z va iboralar 
Parmalash, zenkerlash, parmalash aniqligi, spiral parmalar, parmalar 
nosozliklari, o‟tkirlik burchagi, kesishning asosiy elementlari, tartarak, qo‟l dreli, 
parmalash dastgohlari, teshiklarni parmalash, aniq teshiklar parmalash, 
plastmassalarni parmalash, zenkerlash, yo‟nib kengaytirish, zenkovkalash, 
razvertkalash, razvertkalashda sodir bo‟ladigan nuqsonlar. 
 
Parmalash jarayoniga oid umumiy ma‟lumotlar 
Kesuvchi asbob-parmaning o‟z o‟qi atrofida aylanma va ilgarilama harakat 
qilishi tufayli yaxlit materialni teshib, undan qirindi hosil qilish jarayoni 
parmalash deb ataladi. Mahkamlash detallari bolt, vint, parchin mix, shpilьka va 
boshqa detallar uchun teshiklar ochish, rezьba kesish, kengaytirish, zenkerlash 
uchun detallar hamda ularning qismlari parmalanadi. 
Yuqori darajadagi aniqlik talab 
qilinadigan 
teshiklar 
(parmalangandan 
keyin) 
zenkerlanadi
Parmalash 
aniqligi va sifati ko‟p jihatdan 
dastgohning 
sozligi 
va 
kesuvchi asbobning to‟g‟ri 
charxlanganligiga 
bog‟liq. 
Parmalar 
legirlangan 
va 
uglerodli 
po‟latdan 
tayyorlanadi. 
Teshiklarni 
ochish, 
kengaytirish 
uchun 
spiral 
parmalar 
ishlatiladi. 
Spiral 
parma 
ikki 
tishli 


kesuvchi asbob bo‟lib, u ishchi 
va quyruq qismlardan tuzilgan. 
Ishchi 
qismi 
konussimon 
(kesuvchi) va tsilindrsimon 
(yo‟naltiruvchi) 
qismlarga 
bo‟linadi. 
Kesuvchi qismida ikkita kesuvchi qirra (uchidagi burchak) va ular orasida
45-55 burchak hosil qilib tutashtirgich joylashgan. Tutashtirgich ariqchalar orasida 
diametri 0,15-0,2 mm li o‟zak borligi tufayli hosil bo‟ladi. Parmalashda 
tutashtirgich kesmaydi. Balki metallni qiradi. U parmani chetlatishga teshikni 
kengaytirishga yordam beradi. 
Tasmalar-parma vint ariqchalari bo‟ylab tsilindrsimon sirtda joylashgan 
ikkita ensiz polosadir. Ular parmaning teshik doirasida ishqalanishini kamaytirish 
uchun xizmat qiladi, parmani teshikka yo‟naltiradi va chetga chiqib ketmasligini 
ta‟minlaydi. Diametri 0.25-0,5 mm bo‟lgan parmalar tasmasiz tayyorlanadi. 
Tish-kesuvchi qirrasi bo‟lgan, parmaning pastki uchidan chiqib turadigan 
qismi. Tishning kesuvchi qismi torets yuzaga ega. Oldingi yuza ariqchaning 
qirindidan tushadigan bosimini qabul qiladigan yuzasi. 
Vint ariqchalar parmaning tsilindrsimon qismida bir-birining ro‟parasida 
joylashgan. Ular parmalanayotgan teshikdan qirindilarning chiqishini ta‟minlaydi. 
Ariqchalar parma kesayotgan qirralar to‟g‟ri chiqishini va qirindining chiqishi 
uchun zarur bo‟shliq bo‟lishini ta‟minlaydigan maxsus profilga ega. 


Spiral parmalar U10 va U12 rusumli uglerodli asbobsozlik po‟latidan, 
legirlangan 9X (xromli), xrom-kremniyli 9XS va tezkesar R9, R18, R6M5, VK8 va 
T15 K6 rusumli po‟latlardan yasaladi. Bo‟larning ichida eng ko‟p tarqalgani 
tezkesar po‟latdan tayyorlangan parmalardir. 

Download 6.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling