Va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi


Parmani stanokka o‟rnatish va mahkamlash


Download 6.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/60
Sana07.10.2023
Hajmi6.33 Mb.
#1694642
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   60
Parmani stanokka o‟rnatish va mahkamlash 
Parma yoki zenkerlarni parmalash dastgohining shpindeliga to‟g‟ri o‟rnatish 
katta ahamiyatga ega, chunki parma shpindelga noto‟g‟ri o‟rnatilsa teshik sifatli 
chiqmaydi yoki parmalash jarayonida sinadi. Parmani shpindelning konus 
teshigiga, o‟tuvchi konus vtulkalariga yoki parmalash patroniga o‟rnatish mumkin. 
Parmani shpindelning konus teshigiga o’rnatish. Parma, yoygich, 
zenkerning konus quyruqlari hamda shpindelning konus teshigi Morze tizimida 
tayyorlanadi. 0, 1, 2, 3, 4, 5 va 6 raqamli morze konuslarining har biriga tegishli 
o‟lchamdagi parma to‟g‟ri kelishi kerak. SHpindelning konus teshigiga quyruq 
ishqalanish kuchi hisobiga mahkam o‟rnashadi. Quyruqning uchi shpindelь 
o‟yig‟iga kirib turgani uchun u aylanib ketmaydi. 
Parmani o’tuvchi konus vtulkaga o’rnatish. Parma quyrug‟ining konusi 
shpindelning teshigidan kichik bo‟lsa, o‟tuvchi konus vtulkalar qo‟llaniladi. Ular 
uzun va qisqa o‟lchamlarda tayyorlanadi. Vtulkaning raqamlari kesuvchi asbob 
konusining o‟lchami bilan aniqlanadi. Parmali vtulka dastgoh shpindelining 
teshigiga suqiladi. 
Ratsionalizatorlar Yu.M.Orlov va Yu.V.Kozlovskiy 

2,5 mm li simdan 
salgan sodda, foydalanish uchun qulay prujinali o‟tish vtulkalarini ishlab chiqdilar 
va amaliyotga tadbiq etdilar. 



2,5 mm li simni maxsus to‟g‟rilagichga o‟rab, keyin uning sirtiga 
silliqlash dastgohida ishlov beriladi. Vtulkaning yuqori tomonidan asbobni 
chiqarib olish uchun tiqin qo‟yiladi. Prujinadan yasalgan vtulkani tayyorlash 
arzonga tushadi. U tokarlik va parmalash dastgohlarida qo‟llaniladi. 
Parmalash usullari 
Teshiklarni parmalash. Parmalash dastgohida ish boshlashdan oldin 
dastgohning yerga ulanganligini tekshirish, stolni tozalash, dastgohni salt ishlatib, 
sozligini tekshirib ko‟rish kerak. Dastgohni ishga tayyorlash kesuvchi asbobni 
shpindelga mahkamlash, zagotovkani stolga joylashtirish, kesish va surish tartibini 
tanlashdan iboratdir. Parmani teshik diametri va ishlov beriladigan zagotovka 
materialining qattiqlik darajasiga ko‟ra tanlanadi. Parmalash jarayonida radial 
tepish natijasida teshik diametri parmaning diametridan kattaroq bo‟lib qolishini 
doimo esda tutish kerak. Bu farqning qiymatlari quyidagicha: 
Parma diametri, mm: 

10 25 50 
Parmalangan teshik diameri, m: 
5,03 10,12 25,2
50,28 
Dastgohni sozlash, parmani to‟g‟ri charxlash yoki kondo‟qtor vtulkalarni 
qo‟llash hisobiga parmalash aniqligiga erishish mumkin. Patron yoki o‟tish 
vtulkasini o‟rnatishdan oldin, uning quyrug‟ini va teshigini yaxshilab artish, 
tozalash kerak, sirtlariga qirindi zarrachalari yopishib qolmasligi zarur. 
Parma shpindelь teshigiga qo‟lning yengil zarbasi bilan kirishi va va o‟rnab 
qolishi kerak. Parmani o‟rnatishda uning uchi patron tubiga tegib turishi lozim, aks 
holda u ish jarayonida o‟z o‟zidan yuqoriga siljib ketishi mumkin. SHundan keyin 
dastgoh stoli va boshqa kerakli moslamalarni artib-tozalab o‟z o‟rniga o‟rnatiladi. 
Parron teshik parmalashda esa detalning tagiga yog‟och taglik (agar dastgoh 
stolida teshiklar bo‟lmasa) o‟rnatiladi. Kesuvchi asbobning ishlov beriladigan 
yuzaga qat‟iy perpendikulyarligiga alohida e‟tibor berish lozim. Dastgohni ma‟lum 
aylanish chastotasiga sozlash va surish tartibi uning konstruktsiyasiga bog‟liq. 
Ayrim dastgohlarda aylantiruvchi tasmalarni bir pog‟onadan ikkinchi pog‟onaga 
o‟tkazish, boshqalarida esa tezliklar qutisida tishli g‟ildiraklarni dastalar bilan bir 
rejimdan ikkinchisiga o‟tkazish mumkin. Kesuvchi asbobning turg‟unligini 
ta‟minlash maqsdida toza va sifatli parmalash uchun sovutish suyuqligi 
qo‟llaniladi, 
suyuqlik 
beriladigan 
materialning 
rusumiga 
ko‟ra 
ma‟lumotnomalardan tanlanadi. 
Yopiq teshiklar parmalashning ikki usuli bor


1-usul-parmani zagotovka yuzasiga tekkunga qadar yaqinlashtiriladi va 
kesuvchi qismining kattaligiga monand chuqurlikda parmalanadi. Vtulkali tirgak 
zagotovkaning yuzasiga yetganida, unda belgilangan chuqurlikda teshik 
parmalanadi. 
2-usul-zagotovkani dastgoh stoliga o‟rnatiladi va mahkamlanadi, zagotovka 
yuzasiga parmani ko‟ndalang kesuvchi qirrasi bilan tekuniga qadar 
yaqinlashtiriladi. Dastgohdagi chizg‟ichni nolga o‟rnatiladi. Parma kesuvchi 
qismining kattaligiga monand chuqurlikda parmaning va miliga qarab 
chizg‟ichning boshlang‟ich holati belgilanadi. Bu ko‟rsatkichga parmalash 
chuqurligi o‟lchamini qo‟shish orqali kerak bo‟lgan teshik chuqurligi hosil 
qilinadi. Parmalash jarayonida chizg‟ichga qarab, parmaning metallga qanday 
chuqurlikda kirib borganligini kuzatib borish kerak. 
Ko‟pgina dastgohlarda chizg‟ichdan tashqari limbli avtomatik surish 
mexanizmi bo‟ladi, bo‟lar parmaning talab etilgan chuqurlikka kirish yo‟lini 
aniqlaydi. 
Aniq teshiklar parmalashga parmaning ikki yo‟lida erishish mumkin. Avval 
detalning teshigidan 1-3 mm dan kamroq bo‟lgan, keyin teshikning o‟lchamiga 
mos bo‟lgan parma bilan parmalanadi. Aniqlikka erishishning sharti shuki, parma 
yaxshi charxlangan bo‟lishi kerak. Juda yuqori aniqlikda teshik ochish uchun 
avtomat usulida surish, qirindilarni uzluksiz olib tashlash va ish jarayonida 
suyuqlik bilan sovutish usulidan foydalaniladi. 
Kichik diametrli teshiklar ulьtratovush, elektr uchqunlar bilan yoki juda aniq 
sozlangan dastgohlarda parmalanadi. Ularni kichik parmalangan teshiklarni 
kengaytirish yo‟li bilan ham hosil qilinadi. Ammo quyish, shtamplash va shunga 
o‟xshash usullarda tayyorlangan detal teshiklarini parmalar bilan kengaytirib 
bo‟lmaydi. CHunki detal teshigining markazi bilan parma o‟qining markazi har 
doim ham bir xil bo‟lmaydi.
Spiral parma bilan parmalashda zagotovkani kalta parma bilan teshib, keyin 
normal parmada to‟liq chuqurlik hosil qilinadi. 
Bunday parmalashda ichki kanal orqali sovituvchi suyuqlik yuborish, 
yo‟naltiruvchi konduktor vtulkalarini qo‟llash, ikkita parma bilan parmalashni 
unutmaslik kerak. 
Qiyin ishlov beriladigan qotishmalar va plastmassalarni parmalash. 
Parmalash ishlarida parma sovituvchi suyuqliklar materialning xossalariga ko‟ra 
tanlanadi. O‟tga chidamli po‟latni parmalashda juda kuchli deformatsiyalangan 
tasmasimon qirindi hosil bo‟lib, u parmaning ariqchalariga tiqilib parmaga 


sovituvchi suyuqlikni o‟tkazishni qiyinlashtiradi. SHuning uchun bunday 
po‟latlarni parmalashda parmaning orqa sirtlariga qirindi ajratuvchi ariqchalar 
o‟yiladi. O‟tga chidamli po‟latlarni parmalash jarayoni xlorli bariyning 5% suvli 
eritmasini parmaga yuborish bilan olib boriladi. 
Engil qotishmalarni parmalash e‟tibor talab qiladi. Ayniqsa, magniy ML4, 
ML5, alyumin va boshqa qotishmalarni parmalash birmuncha qiyinchilik 
tug‟diradi. Magniy qotishmalarini parmalovchi parmaning oldingi sirtiga 50

burchak ostida raxlar qilingan. Parmaning oldingi burchagi katta, uchidagi burchak 
kichik (24

-90

), orqa burchaklari 15

bo‟ladi. Magniyli qotishmalarga ishlov 
berishda asbobga katta tezlik berish qotishmaning yonib ketishiga olib keladi. 
Alyumin qotishmasiga ishlov beradigan parma burchaklari katta qilib 
tayyorlanadi (65

-70

). Vintli ariqchalarning qiyalik burchagi 35

-45

, orqa 
burchak esa 8

-10

ga teng. 
Plastmassani parmalash. Plastmassa buyumlarga hamma turdagi kesuvchi 
asboblar bilan ishlov berish mumkin. 
Termoreaktiv materiallarga (tekstolit, aminoplastlar, getinaks, voloknit, 
penoplast K18-2 va b.) quruq usulda ishlov beriladi, kesuvchi asbobni sovutish 
maqsadida keskichga qisilgan havo yuboriladi. 

Download 6.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling