Va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi
Mavzuga oid nazorat savollari
Download 6.33 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yo‟nib kengaytirish usullari Zenkerlarni
Mavzuga oid nazorat savollari
1. Parmalash deb nimaga aytiladi? 2. Qanday teshiklar zenkerlanadi? 3. Parmalash aniqligi nimaga bog‟liq? 4. Spiral parmalar va ularning tuzilishi. 5. Parmalarni nosozlik ko‟rsatkichlarini sanab Bering. 6. Pramalarning o‟tkirlik burchagi. 7. Parmalashda kesishning asosiy elementlari. 8. Parmada kesish tezligi. 9. Parmada kesish chuqurligi. 10. Qo‟l yetmaydigan noqulay joylardagi teshiklar qanday parmalanadi? 9 Mavzu: Zenkerlash, Zenkovkalsh,Razvetkalash Reja: 1.Zenkerlash 2.Zenkovkalash 3.Qo‟lda zenkovkalash 4.Qo‟lda yo‟nib kengaytirish usullari Zenkerlash Quyish, shtampovkalash va boshqa usulda tayyorlangan detallardagi tsilindrsimon yoki konussimon teshiklarga ishlov berish operatsiyasini zenkerlash deb ataladi. Zenkerlash bilan teshiklar kengaytiriladi yoki teshik sirtining sifati yaxshilanadi, oval shakllar tsilindrsimon shaklga keltiriladi. Zenkerlash teshikka ishlov berishning yakuniy yoki oraliq operatsiyasi bo‟lishi mumkin, shuning uchun yoyishga katta bo‟lmagan qo‟yim qoldirish lozim. Bu usulda ishlov berilgan sirtning g‟adir-budirligi Ra 10-2,5 ga teng. Bir xil tezlikda mehnat unumdorligi parmalashga nisbatan 2,5-3 marta ortiq bo‟ladi. Yo‟nib kengaytirish usullari Zenkerlarni parma kabi dastgoh shpindelining konus teshigiga o‟rnatiladi. U o‟q atrofida aylanma, o‟q bo‟ylab esa elgarilama harakat qiladi. Tashqi ko‟rinishidan parmani eslatsada, ammo uning kesuvchi qirralari va spiral ariqchalari ko‟proq. Uch-to‟rtta kesuvchi qirra zenkerni asbob teshigiga aniq markazlaydi. Zenker ishchi qismdan (2), bo‟yin (4), qo‟yruq (5) va panja (6) dan tuzilgan. Uning ishchi qismi (2) o‟z navbatida kesuvchi (1) va kalibrlaydigan (3) qismdan iborat. Zenker metallni kesadi, yo‟naltiruvchi esa zenkerni teshikka yo‟naltiradi. Yo‟naltiruvchi qismdagi raxlar ishqalanishni kamaytirishga, kesishni osonlashtirishga xzmat qiladi. Zenkerning tishi oldingi sirt (1), qirralar (2), o‟zak (3), orqa sirt (4), tasmacha (5) dan iborat (rasm, a, b). Burchaklarning ( -orqa, - oldingi, -vint ariqchasining qiyaligi) kattaligi metallning qattiqligiga bog‟liq. Zenkerlarni tezkesar ikki turda-konus quyruqli yaxlit va almashuvchan qilib tayyorlanadi. Bo‟lardan birinchisi teshikka dastlabki, ikkinchisi esa uzil-kesil ishlov berish uchun ishlatiladi. Konus quyruqli yaxlit zenkerlarning 10-40 mm, ishchi qismining uzunligi 80-200 mm, tishlar soni 3 ta. Almashtiriladigan zenkerlarning 32-80 mm, ishchi qismining uzunligi 10-18 mm, tishlar soni 4 ta. CHo‟yan va po‟latdan yasalgan detallardagi teshiklarga uzil-kesil ishlov berishda konus quyruqli yaxlit va qattiq qotishmalardan tayyorlangan almashtiriladigan zenkerlardan foydalaniladi. Bundan tashqari, keskichlari almashtiriladigan zenkerlar mavjud bo‟lib, ular qattiq po‟latdan (VK6, VK8, VK6M, VK8V, TSL10, T14K8, T15K6) yasaladi. Download 6.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling