Vi-bob: tijorat banklarining likvidlilik risklari va ularni boshqarish


Download 105.12 Kb.
bet5/10
Sana04.11.2023
Hajmi105.12 Kb.
#1747370
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6-MAVZU.TIJORAT BANKLARINING LIKVIDLILIK RISKLARI VA ULARNI BOSHQARISH.

Banklararo kreditlar bank likvidligiga deyarli xuruj qilmaydi, aksincha, ular bankning qisqa muddatli likvidli mablag‘larga bo‘lgan yetishmovchiligini to‘ldiradi.
Summalar va muddatlar bo‘yicha aktiv va passivlarning o‘zaro muvofiqligiga rioya qilmaslik asosan jalb qilingan mablag‘lar hisobiga faoliyat ko‘rsatuvchi banklarni nihoyatda tang ahvolga tushirishi mumkin. Natijada bank kreditorlar oldidagi o‘z majburiyatlarini bajara olmaslik holatiga tushishi muqarrar. Shuning uchun ham, bank investitsiya qilinayotgan pul mablag‘larining muddati va summasini omonatlar bilan kelishgan holda o‘rnatishi lozim.
Bankda menejmentning holati ham uning likvidligini aniqlab beruvchi muhim omillardan hisoblanadi. Boshqaruv samaradorligi quyidagilarda o‘z aksini topadi:

  • bank siyosatining mavjudligi va pishiqligi;

  • bankning yuksak darajadagi joriy va strategik vazifalarini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lgan tashkiliy maqbo‘l tarkibi;

  • aktiv va passiv operatsiyalarni boshqarishning ishlab chiqilgan mavjud mexanizmi;

  • mas’ul qarorlarni qabul qilish imkoniyatlari va h.k.

Imij, ya’ni nufuzning yuqori bo‘lishi mazkur bankka boshqa banklarga nisbatan o‘z faoliyatidagi mavjud kamchiliklarni oson va zudlik bilan bartaraf etishga, bo‘sh mablag‘larni jalb qilishga, depozitlar barqarorligini ta’minlashga imkon yaratadi.


§ 6.3. Likvidlilik risklarni aniqlash, ularni baholash metodlari va ularni oldini olish chora-tadbirlari


Respublika tijorat banklari likvidlilik darajasini aniqlashda bank tizimining taqqoslama ko‘rsatkichlarini, ya`ni ularning aktivlari va majburiyatlarini tahlil maqsadga muvofiq hisoblanadi.


Tijorat banklarining likvidliligi likvidlilik ko‘rsatkichlarining ma’lum me’yorlar asosida aniqlanadi. Barcha tijorat banklari joriy likvidlik me’yorlarini bajarishlari lozim, ular joriy aktivlarning (to‘lov muddati 30 kungacha bo‘lgan barcha likvidlik aktivlari, bank quyilmalarining bir marta bo‘lsa ham muddati uzaytirilgan va yoki avval berilgan ssudalarni to‘lash uchun, shuningdek, qaytarish muddati o‘tib ketgan kreditlar istisno qilinadi) talab qilib olinguncha majburiyatlar summasi nisbatiga va ijro etish muddati 30 kungacha bo‘lgan holda aniqlanadi. Ushbu ko‘rsatkich 30 foizdan kam bo‘lmasligi kerak, ya’ni bankning joriy likvidligi:

M4 =JA/OB


JA- qaytarish muddati 30 kungacha bo‘lgan joriy aktivlar va kreditlar


OB- qaytarish muddati 30 kungacha bo‘lgan talab qilib olingunga qadar bo‘lgan majburiyatlar.

Download 105.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling