Вопросы социально-экономического и инновационного развития территорий


Download 68.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana13.11.2023
Hajmi68.97 Kb.
#1769948
1   2   3   4
Bog'liq
Maqola 2

 
 


 
 
 
 
© Қорақалпоқ давлат университети, 2021 


Abdimo‟minov T.A., Suyunova Sh.I.  
  
O‟ZBEKISTONDA MINERAL BULOQLARNI O‟RGANISHNING GEOGRAFIK 
ASOSLARI  
Annotatsiya. Mazkur maqolada mineral buloqlarning paydo bo‘lishi va tadqiq etilishi
mamlakatimizda mavjud mineral buloqlar va ularni o‘rgganishda o‘z hissalarini qo‘shgan buyuk 
allomalarimiz hamda olimlarimizning mehnati yoritib berilgan.  
Kalit so‟zlar: mineral buloq, yer osti suvlari, quduqlar, artesian suvlar, minerallashuv holati,  
buloqlar.  
  
  
Географические основы изучения минеральных источников в Узбекистане  
Аннотация. В данной статье освещена история исследования минеральных источников 
Узбекистана в трудах отечественных ученых Средневековья и современности.  
Ключевые слова: минеральный источник, подземные воды, колодцы, артезианские 
воды, состояние минерализации, родники.  
Geographical basis of mineral exploration in Uzbekistan  
Abstract. The article highlights the emergence and study of mineral springs, the mineral springs 
that exist in our country, and the work of our great scientists and scientists who contributed to their 
study. Key words: mineral springs, groundwater, wells, artesian waters, mineral state, springs.  
Yer yuziga suvlarning paydo bo‘lishi, shakllanishi, tarkibi, xususiyatlari, foydalanish 
imkoniyatlari, ichimlik uchun yaroqli va yaroqsiligi, joylashgan o‘rni, minerallik darajasi kabi bir qancha 
jihatlar odamlar uchun qadimdan qiziqarli va sir sinoatlarga boyligi bilan insonlarni o‘ziga jalb qilib 
kelgan. Insonlarning suvga bo‘lgan ehtiyoji yer osti va yer usti suvlarini qidirib topishga majbur qilgan. 
Cho‘l va tog‘ oldi hududlarida qazilgan quduqlar ota bobolarimizning qadimdan suv obyektlaridan 
qanchalik darajada foydalanganligidan dalolat beradi. Bu esa o‘z navbatida yangi fanning rivojiga zamin 
yaratgan. Yer osti suvlarining paydo bo‘lish jarayoni, shakllanishi va yer yuzasiga chiqishi, suvning 
harakati, suvning tarkibi kabi jihatlarini o‘rganish va tadqiq qilish bilan gidrogeologiya fani shug‘ullanib 
kelmoqda.   
Qadimgi davrlarda suvlarning yer yuziga oqib chiqishini ilohiy kuchlarning hosilasi, xudoning 
marhamati deb qabul qilingan. Shuning uchun ham yer yuzasiga oqib chiqqan buloqlar ilohiy va 
muqaddas hisoblanib, uni avaylab asrashgan. Suvni iflos qilmaslik masalasi eng asosiy masala bo‘lib 
hisoblangan. Ilm fan rivojlanib borgan sari buloqlarning ham sirini ochishga bo‘lgan qiziqishlar ortib 
bordi. Adabiyotlarda birinchi bo‘lib bundan 2000 yil ilgari yer osti suvlari va buloqlarning paydo bo‘lish 
sabablarini Rim arxitektori va injeneri Mark Vitruviy aniqlab berganligi haqida ma‘lumotlar mavjud. 
Uning fikricha erigan qor suvlari tog‘ qatlamlariga sizib kiradi va keyinchalik yer yuziga buloq bo‘lib 
otilib chiqadi, deb hisoblagan.
M.SH.Shermatovning ―Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari‖ o‘quv qo‘‘lanmasida
G.V.Bogomolovning ma‘lumotlari asosida dunyodagi eng yirik buloqlar AQSH, Janubiy Afrika 
Respublikasi, Liviya, Birlashgan Arab Amirliklari, Isroil, Gretsiya, Italiya, Chexiya, Slovakiya, 
Vengriya, Turkiya, Hindiston, Avstraliya davlatlari hududida mavjudligi keltirib o‘tilgan.  
O‘rta Osiyo hududida yer osti suvlarini o‘rganish to‘g‘risidagi tajribalarning shakllanishi tabiiy 
sharoit bilan bevosita bog‘liq. Chunki bu hududning katta qismi cho‘l va chalacho‘l zonasidan tashkil 
topganligi uchun, suv resurslari taqchildir. Shu sababli yer osti suvlarini zarurati hudud uchun juda 
muhim va keraklidir.   
Yozma manbalarda keltirilishicha eramizning 78-123 yillarida yashab o‘tgan Kushon 
imperiyasining so‘ngi hukumdori Kanishka lashkarlari bilan cho‘l-u biyobonda suvsizlikdan qiynalib 
qolgan bir vaqtda, yaqin atrofda suv to‘planib, keyinchalik qurib qolgan joyga ko‘zi tushadi va shu 
yerning markaziga nayza sanchishi bilan yer ostidan suv otilib chiqib, Kanishka va uning lashkarlari 
suvsizlikdan qutilganliklari haqida rivoyatlar mavjud.


Bu rivoyat bo‘lishi mumkin, ammo Kanishka tarixiy shaxs ekanligini inobatga olsak, Kushon 
lashkarlari Kanishka ko‘rsatgan joydan quduq qazib suvsizlik muammosiga yechim topgan bo‘lishi 
mumkin. Demak, rivoyatdan shunday xulosa chiqarishimiz mumkinki, botiq relyefda chuchuk 
suvlarning tarqalishi ko‘p hollarda bosim tufayli yuzaga oqib chiqishi kishilarga ma‘lum bo‘lgan.
A.Nizomovning ―Hisor buloqlari‖ kitobida shu rivoyat bilan bog‘liq mazkur voqeylik mavjud: 
―Zirabuloq-Ziyovuddin tog‘larining janubiy yonbag‘rida Tim nomi bilan yuritiluvchi qadimiy, ayni 
vaqtda obod qishloq bor. Qishloqning ko‘hnaligidan dalolat beruvchi Arab Ota maqbarasi hozirgacha 
yaxshi saqlangan bo‘lib, 1000 yillik tarixga egadir. Bu tarixiy maqbaradan 300 metr g‘arb tomonda qad 
ko‘targan keksa archa bo‘lib, uning kovagida 10-15 kishi bemalol sig‘ishi mumkin. Archa yoniga 
o‘rnatilgan lavhaga bitilgan ma‘lumotga ko‘ra archa ham taxminan 1000 yil atrofida umr ko‘rgan. 
Ushbu inson va tabiat qo‘li bilan yaratilgan tarixiy obidalar Tim qishlog‘ining necha ming yillardan 
buyon otabobolarimiz uchun muqaddas manzilgoh bo‘lib kelayotganligidan dalolat beruvchi 
guvohlardir.
Kishilarning shunday dashti biyobon o‘rtasida manzil qurishlari uchun, sharoit yaratgan asosiy 
tabiiy qulayliklardan biri bu yerda karst suvlarining mavjudligidir. Tim qishlog‘ining shimoli-sharqiy 
tomonidan qaynab chiquvchi o‘nlab karst buloqlari vodiyga hayot baxsh etib turgan Tim soyini tashkil 
etadi. Shu yerli aholining guvohlik berishicha qishloq markazidan topilgan spool quvur parchalari 
qishloqning shimoli-g‘arb tomonidagi suvi qaynab chiquvchi quduqqa borib taqalgan. Bu quduq o‘sha 
Kanishkaning nayzasi botgan joydan chiqqan suv manbayining ―yaqin qarindoshi‖. Quduq suvi spool 
quvurlar orqali qishloqqacha yetib brogan (keyinchalik quduq ko‘milib ketgan, bahor oylaridagina 
sekundiga 0,5 litr suv sizib chiqib turadi). Sopol quvurlar bilan jihozlangan bu qadimiy gidrotexnik 
inshoat hozirgi zamonaviy gidrotexnik inshoat yordamida burg‘ilab olingan quduqlarning ming yillar 
oldin qurilgan dastlabki namunalari bo‘lsa ajab emas‖.
O‘rta asr sharq mutaffakkirlaridan biri Abu Rayxon Beruniy bundan 1000 yil oldin shunday deb 
yozgan: ―Ba‘zi vaqtlarda suv quduq tubida qaynab yer ustiga qalqib chiqishga intiladi va yer yuzasi 
bo‘ylab oqishi mumkin. Bunday holat tog‘ etaklariga yaqin yerlarda ko‘proq hosil bo‘ladi‖ 2; 5-b . Bu 
tushuncha va faraz hozirgi kunda ham o‘z kuchini yo‘qotgani yo‘q.
Beruniy artezian suvlarning ta‘rifini to‘g‘ri tushuntirib bergan edi. Agar yer osti suvlarining 
ta‘minlanish maydoni yer yuzasidan yuqorida, ya‘ni tog‘da joylashgan bo‘lsa, ular quduqning tagidan 
qaynab chiqadi va yer yuzasiga chiqib oqib ketadi. Agarda ta‘minlanish maydoni pastda joylashgan 
bo‘lsa, ular yer yuzasigacha yetib bormaydi, deb yozgan olim.
Al-Beruniy chashmalarning hosil bo‘lishi, yer osti suvlarining yer yuzasiga ko‘tarilishi va 
quyilish sabablarini birinchilardan bo‘lib asoslab bergan. Yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi
shakllanishi masalalarini tahlil qilgan va bu borada o‘z zamondoshlariga nisbatan qarashlari o‘tkirligini 
adabiyotlardan bilib olishimiz mumkin. Bunga bir misol, tog‘li joylarda daryo o‘zanida yirik tosh 
yotqiziqlari hosil bo‘ladi va oqim tezligi yuqori. O‘rta oqimda maydaroq toshlar, quyi oqimda esa qum 
yotqiziqlari vujudga keladi deb ta‘riflagan. Bu bilan olim birinchilardan bo‘lib daryo yotqiziqlaridagi 
tog‘ jinslarining katta kichikligi suvning tezligiga to‘g‘ri proporsional ekanligini aniqlagan. Bu 
qonuniyatni O.I.Islomov va D.I.Gordev kabi olimlar ―Beruniy qonuni‖ deb ataydilar.
Beruniyning quduqlar, hovuzlar qaziganda yer qatlam jinslari tarkibining o‘zgarishiga 
quyidagicha ta‘rif bergan: ―Dengiz o‘rni quruqlik, quruqlik o‘rni dengiz bilan almashadi, dengiz izi 
yotqiziqlarni quduq va hovuzlar qazilgan vaqtdagina qum ostidan topish mumkin, shunga binoan holat, 
ya‘ni dengiz yotqiziqlariga tegishli baliq suzgichlarini saqlagan toshlar Jurjon va Xorazm o‘rtasidagi 
qumlar orasida ham uchrab turadi. Chunki bu yerda ham o‘z vaqtida ko‘l bo‘lgan‖ [1; 191-b].
Al-Xorazmiyning ―Kitob surat ul-Arz‖ (Yerning surati) asarida iqlimlar, shaharlar, tog‘lar, 
dengizlar, orollar, daryolar va buloqlarning jadvallarini tuzib chiqganligi bobokalonlarimizning fanga 
qo‘shgan ulkan hissasidir.
Xorazmiy tog‘, shahar, buloq yoki daryo o‘rnini ko‘rsatar ekan shu joyning koordinatalarini aniq 
o‘lchab bergan 3; 7-b . Ibn Sino yer osti suvlarining qanday tog‘ jinslaridan oqib chiqqanligiga qarab, 
ularning kimyoviy tarkibi shakllanadi, deb ta‘kidlagan. Mineral suvlar shifobaxsh suvlar deb, 
tushuntirilgan va bu bilan gidrogeokimyo faniga asos solgan.


Mineral suvli buloqlarni buzganlik uchun qonuniy choralar ko‘rish birinchi marta Frantsiyada 
paydo bo'ldi, u erda Genri IV ularga maxsus nazorat o'rnatdi, keyin qattiq nazorat qilish uchun qurolli 
askarlardan foydalandi.
Dastlab 1550-1845 yillarda mamlakatimiz hududida ketma-ket ekspeditsiyalar uyushtirilib, 
mamlakatimiz hududining tabiiy sharoiti, geologik tuzilishi, yer osti va yer usti suvlari va ulardan 
foydalanish kabi jihatlari o‘rganildi. 1820 yilda Rossiyadan Buxoroga kelgan Negri rahbarligidagi 
E.A.Eversmanning, 1824-1825 yillarda F.F.Berg rahbarligidagi E.I.Eyxvold, 1842 yil Xivaga kelgan
Baziner va Danilovskiylar tomonidan Qizilqum, Mang‘ishloq, yarim oroli va Ustyurt platosining 
geologiyasiga, yer osti suvlariga oid ma‘lumotlari qimmatli manba hisoblanadi.
XVIII asrning boshlarida Rossiyada karbonat angidrid, vodorod-sulfat, kaltsiy-natriyli yuqori 
termal suvlarga tegishli bo'lgan tushunchalar paydo bo'ldi.
Mineral suvlarni o‘rganish va tadqiq qilish ishlari mamlakatimizda gidrogeologiya fani 
rivojlanishi bilan bog‘liq. 1930-40 yillar oralig‘ida O‘zbekistonda gidrogeologiya va injenerlik 
geologiyasining rivojlanish darvi bo‘ldi desak to‘gri bo‘ladi. Yer osti suvlarini o‘rganish bo‘yicha 
maxsus ishlab chiqarish tashkiloti ―O‘zyerostisuv‖ tuzildi. Ikkinchi jahon urushi arafasida tadqiqot 
ishlari deyarli amlga oshirilmadi, faqatgina ayrim hududlarda qisqa muddatli tadqiqotlar olib borilgan.
Urushdan keyingi yillarda respublikamizda lyoss jinslarning tarkibi, xossa va xususiyatlarini o‘rganish 
(G‘.O.Mavlonov), yer osti suvlari rejimini o‘rganish (N.A.Kenasarin, M.M.Krilov), chuqur qatlamlarda 
mineral suvlarni davolash maqsadlarida ishlatish (B.A.Beder) masalalari bo‘yicha ishlar qilindi. 1950 
yillarga kelib gidrogeologik stansiyalar, gidrogeologik partiyalar birlashtirilib, ―Gidro-geologiya‖ 
trestiga aylantirilgandan so‘ng, tadqiqotlarning ko‘lami kengayib bordi.
G‘.O.Mavlonov O‘zbekiston yer osti suvlarini, ayniqsa, yer osti shifobaxsh suvlarini o‘rganish 
hamda seysmologiyaga oid tadqiqotlar olib bordi. 1963 yilda S.M.Mirzayev va A.I.Islomovlarning 
―Toshkentoldi rayoni yer osti suvlari va tog‘ jinslarining fizik-mexanik xossalari‖ nomli monografiyasi 
chop etildi.
O‘zbekistonda gidrogeologiya sohasida juda ko‘p ilmiy izlanishlar olib borilgan. Garchand 
sohalar bir biridan farq qilsada, o‘rganish obyektining bir biriga yaqinligi bilan bog‘liq hisoblanadi.
N.N.Xojiboyev, A.N.Sultonxo‘jayev, A.S.Hasanov, I.Otajonov, A.Nizomov singari olimlarning ishlari 
shular jumlasidandir.
So‘ngi yillarda mineral buloqlarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlar ortib bormoqda. Bunga asosiy 
sabab, insonlarning ma‘lum kasalliklariga mineral suvlar orqali shifo topayotganligi, mineral suvlar 
tarkibidagi inson organizmi uchun kerakli minerallarning mavjudligi shu sohani o‘rganishga turtki 
bo‘lmoqda.

Download 68.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling