Xarajatlarni baholash usullari I kirish II asosiy qism


Xarajatlarning masadiga ko‘ra tasniflanishi


Download 195.5 Kb.
bet5/16
Sana31.01.2024
Hajmi195.5 Kb.
#1818727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Xarajatlarning masadiga ko‘ra tasniflanishi
Ushbu xarajatlar ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi bilan emas, balki vaqt bilan hamda xo‘jalik faoliyati bilan bevosita bog‘liqdir. Masalan, marketing xarajatlari mahsulot ishlab chiqarishdan olidin boshlanadi, reklama ham ishlab chiqarish davri bilan mos kelmaydi. Agar ishlab chiqarish to‘xtab qolgan taqdirda ham, ma’muriyat xarajatlari ya’ni boshqaruv xodimlarining mehnat haqi xarajatlari va konselariya mollari xarajatlari ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga bevosita kiritilmaydi. Ushbu xarajatlarning jami o‘zi paydo bo‘lgan hisobga olinadi va hisobdan chiqariladi.
Biz ishlab chiqarish xarajatlari hisobi metodini ko‘rib chiqdik, lekin noishlab chiqarish xarajatlari (davr xarajatalari)ni keltirmadik. Ushbu xarajatlar davriy vaqt bilan bo‘g‘liq bo‘lib, shu davrning foydasidan qoplanadi va ular moliyaviy natijalar hisobotiga olib boriladi.

Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlarini moliyaviy hisobotlarda aks ettirish
Relevant va norelevant xarajatlar.
Relevant yoki bartaraf etiladigan xarajatlar qaror qabul qilinishida o‘zgaradigan xarajat va tushumlardir. Qabul qilinayotgan qaror ta’sir qilmaydigan xarajat va tushumlar norelevant xarajat va tushumlardir.
Misol. Sizga qishloq xo‘jaligi uchun “Ammiak” mineral o‘g‘itlari zarur. Uni ikki “Farg‘onaazot” AJ hamda “Navoiyazot” AJ tonnasini 171500 sh.b.dan taklif etmoqda. Mahsulotni yetkazib berish va boshqa xarajatlar “Farg‘onaazot” AJ 23000 sh.b. va 7000 sh.b., “Navoiyazot” AJ esa 28000sh.b. va 5000 sh.b.ni tashkil etmoqda. Siz qaysi bir korxonadan Ammiak mahsulotini sotib olish uchun qaror qabul qilishingiz zarur.
Qaytmaydigan xarajatlar.
Korxona o‘z faoliyati davomida shunday xarajatlar qiladiki, kelgusida biron bir natijaga erishish uchun hozirgi davrda ushbu qiymatdagi xaarajatni bajarilishini talab qiladi. Bunday sarflar qaytmaydigan xarajatlar bo‘lib, ular sarflangan resruslar uchun o‘z qiymatini yo‘qotadi va hech qanday qaror bilan uni o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydi.
Misol. “Farg‘onaazot” AJ o‘z aktivlari hisobida eskirgan tugatish qiymati 80000 sh.b. bo‘lgan uskuna mavjud. Hisobdan chiqarish yoki likvidatsiya qilish xarajatlari 80000 sh.b.ni tashkil qiladi. Qaytmaydigan xarajatni nol holatida hisobga olish uchun qaror qabul qilish kerak.
Korxona kelgusi faoliyatida ushbu uskunadan foydalanmaydi va uni xaridor sotib olish uchun 50000 sh.b.ni taklif qilmoqda. Korxona ushbu kelishuvni qabul qilishi kerakmi? Bu holatda korxona 30000 sh.b. zarar ko‘rishi mumkin, lekin agar menejer 80000 sh.b.ni qaytmaydigan xarajat sifatida hisobga olsa, uskuna sotishda 50000 sh.b. foyda olishi mumkin. Demak, uskunaning tugatish qiymatini xarajatlarga olib borish korxona uchun ma’qul hisoblanadi.

Download 195.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling