Amir Xusrav va uning shogirdlari
Xusayn Boyqaroning “Majlis al-Ushshoq” asariga ishlangan miniatyura
Hindiston va Pokiston tarixchi va musiqashunos olimlari “qavvali” – mumtoz vokal janrining asoschisi sifatida Amir Husravni tilga olganlar. Qavvali janri XIII asrdan rivojlana boshlagan. Amir Husravning ustozi bo‘lmish Nizomiddin avliyoning fikriga ko‘ra, “qavvali” janri musiqa ilmidan bohabar bo‘lgan Dehlaviyning nazariy va amaliy izlanishlar natijasida yangicha shaklga ega bo‘lgan. U mavjud kuylarga turli bezaklar berib, yanada takomillashtirdi, xonandalikda esa yangicha uslub ishlab chiqdi, mazkur janrda ijro etiluvchi ko‘plab she’rlar va g‘azallar ijod qildi.
“Qavvali” mumtoz shoirlarning g‘azallarini kuylash yoki guruhli ijro degan ma’noni anglatadi. Qavvali ansamblining solisti “qavval” deyiladi12.
Qavvali ansambli taxminan 15 ta ijrochidan tashkil topadi. Qavvali janrida asosan g‘azal yoki ruboiylar she’riy asos sifatida hizmat qiladi (fors, urdu va panjobi tillarida).
Qavvali ijrochilari
Qavvali shunday san’at turlaridan biriki, u otadan o‘g‘ilga, ustozdan shogirdga o‘tib rivojlanib boradi. Har kim ham qavvali ijrochisi bo‘la olmagan, chunki buning uchun albatta iste’dod talab qilingan. Ijrochi 500 atrofida she’rlarni yod bilishi, jumladan kuy yo‘llarini mukammal bilishi kerak bo‘lgan.
Dehlaviyning musiqashunoslik yo’nalishida ham asari yaratilgan bo’lib, “Ehjozi Xusraviy” (“Xusrav mo’jizasi”) entsiklopedik risolasi hisoblaniladi. Ushbu asarda mualif turli masalalar qatorida musiqa nazariyasi va ijrochilik masalalariga qaratgan. Risolaning ikkinchi va uchinchi bo’limlarida musiqaga oid masalalar yoritilgan. 2-bo’limda Xusrav Dehlaviy musiqa ilmiga oid qarashlari jumladan, kuy, ohang, ijroning asl va mushtoq yo’llari haqidagi ta’limoti bayon etiladi. 3-bo’limida ea qadimda faoliyat olib borayotgan, ya’ni bevosita sanhatkor tasarrufi xaqida so’z yuritadi.13 Amir Husrav Dehlaviy o‘z davrining adabiyot va musiqa sohalari rivojiga katta hissa qo‘shgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |