Xomashyo va maxsulotlarning fizik


Filtr tо‘siq yuzasida chо‘kma hosil qilib filtrlash


Download 0.56 Mb.
bet15/18
Sana25.03.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1295535
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Kaliy kurs loyixa

Filtr tо‘siq yuzasida chо‘kma hosil qilib filtrlash jarayoni qattiq jism zarrachalarining diametri de, kovak diametri d dan katta bо‘lganda rо‘y beradi .
Bu usul suspenziya tarkibidagi qattiq faza konsentratsiyasi 1% (mass)dan ortiq bо‘lganda qо‘llaniladi, chunki bunda filtr tо‘siq kovagiga kirish joyida gumbazchalar hosil bо‘lishi uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Gumbazchalar hosil bо‘lishi, chо‘kish tezligi va suspenziya konsentratsiyasining ortishiga imkoniyat tug‘diradi.
Kovaklarni tо‘ldirish usulida filtrlash filtr tо‘siq kovaklariga qattiq zarrachalar kirib tо‘ldirganda rо‘y beradi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, filtrlashning boshlanich davridayoq, qattiq zarrachalar tо‘siq kovaklarini tо‘ldirib boshlaydi. Bu hodisa, albatta filtr qurilmalar ish unumdorligini pasaytiradi. Jarayonni kerakli darajada ushlab turish uchun filtr tо‘siqni birinchi holatini tiklash, ya’ni filtrlashga yaroqli qilish kerak. Buning uchun tо‘siqlar suyuqlik oqimi bilan yuviladi yoki tо‘siq metalldan yasalgan bо‘lsa, qizdirib kuydiriladi.
Oraliq filtrlash usuli bir vaqtning о‘zida ham filtr tо‘siq yuzasida chо‘kma hosil qilish, ham kovaklarni tо‘ldirib, filtrlash usullari rо‘y berganda amalga oshadi.
Ushbu usulda kichik konsentratsiyali suspenziyalarni filtrlash jarayoni tezligini oshirish uchun qо‘shimcha moddalar ishtirokida olib boriladi. Jarayondan avval filtr tо‘siq yuzasi qо‘shimcha modda bilan qoplanadi. Qо‘shimcha moddalardan qilingan qoplama tо‘siq kovaklarini tо‘lib qolishdan saqlaydi. Qо‘shimcha moddalar sifatida о‘ta mayin kо‘mir, perlit, asbest, kizelgur, fibroflo, askanit va boshqa materiallar qо‘llanilishi mumkin.
Ishlash prinsipiga qarab, filtrlar quyidagilarga bо‘linadi: о‘zgarmas bosimlar farqi yoki о‘zgarmas filtrlash tezligida ishlaydigan filtrlar; filtr tо‘siqda hosil qiladigan bosimlar farqiga qarab, vakuum yoki ortiqcha bosim ostida ishlaydigan qurilmalar; jarayonni tashkil etishga qarab, uzlukli yoki uzluksiz ishlaydigan qurilmalar.
Texnologik maqsadlarga qarab, qurilmalar ikki turga bо‘linadi:
a) suyuqliklarni tozalash filtrlari; b) gazlarni tozalash filtrlari.
Filtr tо‘siqlarning turiga qarab, donasimon materiallar, turli gazlamalar va qattiq materiallar (keramika, tо‘r) yordamida turli jinsli tizimlarni tozalaydigan filtrlarga bо‘linadi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling