Xorazmshoh davlati haqida. Xorazmshohlar davrida ijtimoiy va iqtisodiy ahvoli


Tarix o’qitishning innovatsion texnologiyalarini turkumlashtirish


Download 187 Kb.
bet10/11
Sana30.04.2023
Hajmi187 Kb.
#1414404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Darsda tarixiy manbalardan, badiiy va boshqa adabiyotlardan foydalanish.

Tarix o’qitishning innovatsion texnologiyalarini turkumlashtirish
Maktab ishlari nazariyasi va amaliyotida bugungi kunda o`quv-tarbiyaviy jarayonning ko`plab turlari mavjud. Har bir muallif va ijrochi pedagogik jarayonga biror-bir o`zining, individual yangiligini olib kiradi, shu sababli har bir aniq texnologiya mualliflik hisoblanadi deb gapiradilar. Ana shu fikr bilan rozi bo`lish mumkin. Ammo ko`plab texnologiyalar o`zining maqsadi, mazmuni, qo`llaniladigan metodi va vositalari bilan ancha o`xashashlikka ega va ana shu umumiy belgilar bilan guruxlar turlariga ajratish mumkin.
Mohiyati va instrumental ahamiyatli sifatlari bo`yicha (misol uchun maqsadli mo`ljallanishi, o`qituvchi va o`quvchining o`zaro munosabatlari xususiyati bo`yicha, o`qitishni tashkil etilishi bo`yicha) quyidagi o’qitishning innovatsion texnologiyalari sinflari ajratiladi:
Qo`llanish darajasi bo`yicha: umumpedagogik, xususiy metodik (fanlar) va lokal (modulli) texnologiyalar ajratiladi.
Falsafiy asosi bo`yicha: materialistik va idealistik, dialektik va metafizik, ilmiy (stsientik) va diniy, insonparvarlik va noinsonparvarlik, antroposofiya va teosofik, pragmatik va ekzistentsialistik, erkin tarbiyalash va majburlash va boshqa turlari.
Psixik rivojlanishi yetakchi omili bo`yicha: biogen, sotsiogenli, psixogenli va idealistik texnologiyalar. Bugungi kunda shaxs biogen sotsiogenli va psixogen omillar ta'siri to`plami natijasi deb umumiy qabul qilingan, lekin aniq bir texnologiya ulardan birortasini hisobga olishi, amal qilishi, uni asosiy hisoblashi mumkin.
Umuman olganda faqatgina biror-bir yagona omil, metod, prinsipdan foydalanadigan monotexnologiyalar mavjud emas - pedagogik texnologiya har doim kompleks bo`ladi. Ammo o`qitish jarayonining u yoki bu tomoniga e'tiborni kuchaytirish bilan texnologiya o`ziga xos bo`lib qoladi va shunga munosib o`z nomiga ega bo`ladi.
Tajribani o`zlashtirish ilmiy konsepsiyasi bo`yicha quyidagilar ajratiladi: assotsiativ-reflektorli, rivojlantiruvchi, tashkilotchi bixevioristik, geshtalttexnologiya, suggestiv, neyrolingvistik.
Tarix fanida o’quvchiga yondoshish bo`yicha bir necha texnologiyalar ko`rsatiladi:
Avtoritar texnologiyalar-bunda pedagog o`quv-tarbiyaviy jarayonning yakka sub'ekti hisoblanadi, o`quvchi esa faqatgina “ob'ekt”, biror-bir qismdek bo`ladi. Ular maktab hayotini qat'iy tashkil etilishi, o`quvchilarning tashabbusi va mustaqilligiga yo`l qo`ymaslik, talab va majburlash qo`llanilishi bilan ajralib turadi.
Didaktotsentrik texnologiyalar- ham o’quvchi shaxsiga e'tiborsizlik yuqori darajasi bilan ajralib turadi, ularda ham o`qituvchi va o`quvchi o`rtasida sub'ekt-ob'ektli munosabatlarlar hukm suradi, o`qitish ta'limdan ustun qo`yiladi va shaxsni shakllantirish eng asosiy omillari didaktik vositalar hisoblanadi.
Shaxsga yo`naltirilgan texnologiyalar- butun maktab ta'lim tizimi markaziga o’quvchi shaxsini, uning rivojlanishi uchun qulay, kelishmovchiliklarsiz va xavfssiz sharoitlarni ta'minlash, uning tabiiy imkoniyatlarini amalga oshirishni qo`yadi. Bu texnologiyada bola shaxsi faqatgina ob'ekt emas, balki muhim sub'ekt hamdir: u biror-bir noaniq maqsadga erishish vositasi emas, balki ta'lim tizimi maqsadi hisoblanadi (avtoritar va didaktotsentrik texnologiyalarida bo`lganidek). Bunday texnologiyalarni yana antrotsentrik deb ham ataydilar.
Shunday qilib, shaxsga-yo`naltirilgan texnologiyalar antrotsentrikligi, insonparvarligi va psixoterapevtik yo`nalganligi bilan ifodalanadi va bolaning har tomonlama, erkin va ijodiy rivojllanishi maqsad qilib oladi.
Shaxsga-yo`naltirilgan texnologiyalar doirasida insonparvarlik shaxsiy texnologiyalar, hamkorlik texnologiyalari va erkin tarbiyalash texnologiyalari mustaqil yo`nalganligi bilan ajralib turadi. Insonparvarlik-shaxsiy texnologiyalar birinchi navbatda o`zining insonparvarlik mohiyati, shaxsni qo`llashga psixoterapevtik yo`nalganligi, unga yordam ko`rsatishi bilan ajralib turadi. Ular bolaga har tomonlama hurmat va muhabbatni, majburlashni rad etib uning ijodiy qudratiga ishonchni targ`ib qiladi.


Download 187 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling