Xorijiy mamalakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik


http ://www.iesingapore.gov.sg


Download 497.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana08.01.2022
Hajmi497.95 Kb.
#252936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
xitoy va singapurning tashqi iqtisodiy aloqalarining zamonaviy xususiyatlari

3

http ://www.iesingapore.gov.sg

 


12 

 

 



siyosiy yo„nalish Indoneziyaning Xitoy bilan diplomatik aloqalarining 1967 yildan to 

1990 yilning avgust oyigacha to„xtatib turilishiga asosiy sabablardan biri bo„ldi. 

Oltinchidan, Singapur va Xitoy iqtisodiyoti bir-biriga raqobatchi sifatida emas 

balki bir-birini to„ldiradigan ahamiyat kasb etadi. Singapurning ochiq, zamonaviy va 

shaharlashib borayotgan iqtisodiyoti Xitoyning bilimli va mehnatkash ishchi kuchisini 

hamda tabiiy resurslarini o„zlashtirishni to„ldirishi mumkin. 

Xitoyga  Singapur  taklif  eta  oladigan  yuqori  qiymatga  ega  bo„lgan  ilg„or 

texnologiya  asosida  yaratiladigan  tovar  va  xizmatlar  zarur.  O„z  navbatida,  Singapur 

uchun Xitoydan resurs boyliklar hisoblanadigan tovarlar, jumladan elektr energiyasi, 

sanoat va qishloq xo„jaligi kabi resurs xom ashyolari hamda oziq-ovqat mahsulotlari 

kerak. 

Xitoyning Singapurdan oladigan asosiy import mahsulotlari elektronika ehtiyot 

qismlari,  plastik  rezinalar,  kompyuter,  kompyuter  qurilmalari  va  boshqa  sanoat 

mahsulotlaridir.  Demak,  savdo  strukturasidan  ko„rinib  turibdiki,  bu  erda  har  ikki 

tomon  iqtisodiyoti  uchun  bir  birini  to„ldiruvchi  jihatlar  bor.  Har  ikki  davlatdagi 

qiyosiy  qulaylik  va  xalqaro  ixtisoslashuv  kuchli  iqtisodiy  hamkorlikni  qo„llab 

quvvatlaydi. 

Singapurning  istiqboli  nuqtai  nazaridan,  Xitoy  Singapur  iqtisodiyotining 

globallashuv  va  regionallashuviga  “ikkinchi  qanot”  sifatida  ko„mak  beradigan  1,3 

mlrd.ga yaqin aholidan iborat yirik bozor sifatida jozibador edi. Xitoy Singapur uchun 

Sharqiy Osiyoda erkin savdo hududiga ko„mak beradigan muhim hamkordir. 

Singapur 21 asrning “katta ajdaho”lari bilan bir safda ucha oladigan, o„zining 

kelajagini oldindan ko„ra oladigan davlat sifatida strategiyasini tashkil etdi. Singapur 

o„z  iqtisodiyotini  modernizatsiyalashda  zamonaviy  davlatchilik  va  boshqaruv 

tajribalarini  Xitoy  bilan  o„rtoqlasha  oladigan  “kichik  ajdaho”dan  “katta  ajdaho” 

aylandi.  Singapur  nafaqat  Xitoy  bilan,  shu  bilan  birga  Osiyo  va  Tinch  okeaniya 

hududida ham o„zaro manfaatli savdo aloqalarini rivojlantira oladigan etakchi sifatida 

o„z  mavqeiga  ega  bo„ldi.  Bunga  Singapur  va  Xitoy  o„rtasida  erkin  savdo 

kelishuvining imzolanishi barcha munosabatlarga yana bir karra yakun yasadi. 

Xitoynning 70 yillar oxiridan boshlab ochilishi Xitoylik Singapur ishbilarmon 




13 

 

vakillari  (Mandarin  tilida  so„zlasha  oladigan)  Xitoyda  biznes  qilish  imkoniyatlarini 



kengaytirdi.  1970  yillar  va  1980  yillarning  boshlarida  Deng  Xiapong  Xitoy 

iqtisodiyotini  modernizatsiyalashga  katta  e’tibor  qaratayotgan  davrda  Singapur 

Nanyang Universitetining xitoy tilida so„zlasha oladigan bitiruvchilari birinchi etnik 

Xitoyliklar singari Xitoyga biznes qilish imkoniyatlarini izlab ketdilar. 

Osiyo  mamlakatlari  guruhi  orasida  Singapur  Xitoyga  kiritgan  eng  yirik 

to„g„ridan to„g„ri investor sifatida e’tirof etiladi. Kiritilgan investitsiyalarning sakson 

foizidan  ortig„i  kuchmas  mulk,  turizm  va  sanoat  sohalaridadi  r.  Eng  yirik  loyihalar 

sifatida Vyuksi sanoat zonasi, Shanxay Sanlin Ko„chmas mulk inshoati, Pekin Xidjin 

bog„i, Dalin konteyner terminali kabi loyihalarni qayd etib o„tish mumkin. 

Investitsiyalarning  asosiy  qismi  Xitoyning  janubiy  viloyatlariga,  jumladan 

Fujian  va  Guangdong  viloyatlari  hissasiga  to„g„ri  keladi

4

.  Birgina  1996  yilda 



Singapurlik  Xitoy  ishbilarmonlari  tomonidan  418  mln.  AQSH  dollari  miqdorida 

Guangdong  viloyatiga  (bu  jami  Xitoyga  kiritilgan  to„g„ridan  to„g„ri 

investitsiyalarning 3%), 529  mln. AQSH dollari  miqdorida  esa  Fujian  viloyatiga (bu 

jami  Xitoyga  kiritilgan  to„g„ridan  to„g„ri  investitsiyalarning  3,8%)  investitsiyalar 

yo„naltirildi . 

AQSH dollari miqdoridagi jami 3834ta loyihani investitsiya qilishga muvaffaq 

bo„ldi.  1997  yilning  oxiriga  kelib  esa  jami  investitsiya  hajmi  8,78  mlrd.  AQSH 

dollarini tashkil qildi. 1999 yilning oxiriga kelib esa investitsiyalarning shartnomaviy 

qiymati  34,3  mlrd.  AQSH  dollarini,  xaqiqatdagi  qiymati  14,8  mlrd.  AQSH  dollarini 

tashkil etdi

5



Umuman olganda esa, Singapur Xiamenga shahriga (Fujian viloyati) kiritilgan 



uchinchi  yirik  investor  sifatida,  2000  yilda  esa  butun  Xitoy  bo„yicha  to„rtinchi 

o„rindagi  tashqi  investor  sifatida  nom  qozondi.  2000  yil  mart  oyi  oxiriga  kelib 

Singapur  Xitoyning  ettinchi  Xitoy  esa  Singapurning  oltinchi  yirik  savdo  hamkori 

sifatida e’tirof etildi. 

                     


Download 497.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling