Muhammad
al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent Axborot Texnalogiyalari
Universiteti Iqtisodiyot
va Menejment fakulteti
Elektron Tijorat yo’nalishi
120-20 guruh talabasi Sobirov Dostonjon Nomozboy
o`g`lining
Ish yuritish huquqi
fanidan
yozgan
4-Topshiriq
Mavzu:
XUJJATLARNI RASMIYLASHTIRISHDA DAVLAT
XIZMATLARI
MARKAZIDAN
FOYDALANISHDAGI
KAMCHILIKLAR TAXLILI
Bajaruvchi: Sobirov Dostonjon Nomozboy o`g`li.
Toshkent: 2023.
XUJJATLARNI RASMIYLASHTIRISHDA DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDAN
FOYDALANISHDAGI KAMCHILIKLAR TAXLILI
Bundan bir necha yil ilgari garchi “yagona darcha” tamoyili yo'lga
qo'yilgan bo'lsa-da, davlat xizmatlarini ko'rsatishning milliy tizimi
maqtanarli darajada emasdi.
“Yagona darcha” imkoniyatidan faqat tadbirkorlik sub'ektlarining
foydalanishi mumkinligi, fuqarolarning turli davlat organlarida
hujjatlarni rasmiylashtirish bo'yicha murakkab tartib-taomillardan
o'zlari o'tishga majbur bo'lishi kabi muammolar bu tizimni sifat
jihatidan yangi bosqichga o'tishiga to'sqinlik qilar edi.
Qolaversa, qator davlat organlarida axborot tizimlari, resurslar va
ma'lumotlar bazalarining mavjud emasligi, ularda idoralararo integratsiya
qilinishining sustligi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan barcha davlat
xizmatlari majmuasidan qulay va o'z vaqtida foydalanishga imkon
bermasdi. Uning ustiga aksariyat davlat xizmatlari ko'rsatish tartibining
murakkab va foydalanish uchun noqulayligi oddiy aholiga qiyinchilik
tug'dirar edi.
Shularni hisobga olgan holda Prezidentimizning 2017 yil 12 dekabrdagi
“Aholiga davlat xizmatlari ko'rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish
chora-
tadbirlari to'g'risida”gi farmoni bilan Adliya vazirligi huzurida Davlat
xizmatlari agentligi tashkil etildi.
Sohada yagona davlat siyosatini amalga
oshirish, davlat xizmatlari ko'rsatish taomillarini soddalashtirish,
idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish hamda davlat xizmatlari
yagona reestrini shakllantirish kabilar Agentlikning asosiy vazifalari etib
belgilandi.
Hash-pash deguncha, Agentlik tashkil etilganiga ham uch yil bo'ldi.
Xo'sh, uch yil davomida aholiga davlat xizmatlarini tez va sifatli ko'rsatish
borasida qanday islohotlar amalga oshdi? Davlatimiz rahbarining “Xalq
davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”
degan g'oyasi amalda qaysi o'zgarishlarda ko'rinmoqda?