Xujjatlarni rasmiylashtirishda davlat
Turnaqator navbatlar kamaydi
Download 171.21 Kb. Pdf ko'rish
|
4-topshiriq
Turnaqator navbatlar kamaydi
Davlat xizmatlari ko'rsatishda ko'zga tashlanadigan asosiy muammo insonlarning soatlab navbat kutishi, bu jarayonda ko'plab ko'ngilsizliklar, kelishmovchiliklarning yuzaga kelishi edi. Bu ayniqsa, har yili bo'ladigan oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari oldidan hujjat topshirish jarayonlarida ko'zga tashlanardi. SHuni hisobga olib talabgorlarning hujjatlarini hududiy davlat xizmatlari markazlari orqali olish tizimi yo'lga qo'yildi. Birgina 2019 yilda qariyb 120 ming nafar abiturientning hujjati qabul qilindi, qabul jarayonida navbat bilan bog'liq muammolarning oldini olish maqsadida dam olish kunlari, shuningdek 24 soat mobaynida xizmatlar ko'rsatildi. Davlat xizmatlarini onlayn olishda yanada qulayliklar yaratish maqsadida elektron raqamli imzo sertifikatini onlayn olish imkoniyati yaratildi. Bunda fuqarolar markazlarga bormagan holda masofadan turib davlat xizmatini olishi mumkin. Bilamiz, oilada farzand dunyoga kelgach, u bilan bog'liq hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni ham boshlanadi. Ilgari tug'ilish bilan bog'liq bo'lgan besh turdagi davlat xizmatlarini olish uchun ota yoki ona beshta joyga sarson bo'lib yugurardi. endilikda bu jarayon bir vaqtning va bir joyning o'zida hal etiladigan bo'ldi. YA'ni FHDYO organi orqali turkum (kompozit) tarzda ko'rsatish tartibi joriy etilib, bir vaqtning o'zida tug'ilishni qayd etish, bolani poliklinikada ro'yxatga qo'yish, turar joyi bo'yicha hisobga olish, suyunchi pulini tayinlash hamda davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga navbatga qo'yish xizmatlari qamrab olindi. Tug'ilganlik bilan bog'liq kompleks davlat xizmatlari ko'rsatilishining yo'lga qo'yilishi bilan 15 dan ortiq hujjat qisqarib, 4 ta idoraga borishga chek qo'yildi. Bugungi kunga qadar 60 mingga yaqin fuqaro ushbu qulaylikdan foydalandi. Tadbirkorlik sub'ektlarini ro'yxatdan o'tkazish bilan bir vaqtda 30 ta tijorat bankda onlayn hisobraqamlar ochish imkoniyati yaratildi. endi tadbirkorlar o'z firmalarini ro'yxatdan o'tkazib bo'lgach, hisobraqam ochish uchun bankma-bank yurmaydi, navbatlarda sarg'ayib turmaydi. Davlat xizmati uchun to'lov qilishdagi muammolarni bartaraf etish maqsadida 84 ta markazda pay.davxizmat.uz elektron to'lov tizimi orqali naqd pul qabul qilish mexanizmi joriy etilgani ham tizimdagi muhim yangiliklardan biridir. Download 171.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling