Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi


Download 91.53 Kb.
bet3/12
Sana13.05.2023
Hajmi91.53 Kb.
#1456313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kursh ishi Sohiba

Kredit diskriminatsiyasi–iqtisodiy va siyosiy bosim oʻtkazish maqsadida ma‘lum qarzdorlarga nisbatan boshqalar bilan solishtirganda xalqaro kreditlarni olish, foydalanish yoki soʻndirish boʻyicha og‘irlashtiradigan shartlarni oʻrnatilishi. Kredit diskriminatsiyasining qoʻllashning asosiy usullari–kredit cheklovlari, kredit qiymatini oshirish , muddatlarni qisqartirish, qoʻshimcha ta‘minot talabi, sug‘urta, kredit summasini kamaytirish kabi qarzdorga kreditorning qoʻshimcha iqtisodiy va siyosiy talablari. Kredit blokadasi yanada qattiq iqtisodiy sanktsiya boʻlib, u yoki bu mamlakatga kredit berishdan voz kechish hisoblanadi.3
Xalqaro kreditning toʻlov shartlari.
Xalqaro kredit shartlariga kredit valyutasi, toʻlov valyutasi, summasi (limit), muddatlar, foydalanish va soʻndirish shartlari, qiymat, ta‘minot turi va risklarni sug‘urtalash usullari kiradi. Xalqaro krediting qanday valyutada berilishi muhim hisoblanib, valyutaning nobarqarorligi kreditor uchun yoʻqotishlarga olib keladi. Kredit beriladigan valyutani tanlashga bir qator, barqarorlik, foiz stavkasi darajasi, xalqaro hisob-kitoblar amaliyoti, inflyatsiya darajasi, valyuta kurslari va boshqa omillar ta‘sir etadi.
Kredit samaradorligini aniqlashda toʻliq va oʻrtacha muddatlar farqlanadi. Kreditning toʻliq muddati - kreditni foydalanish vaqtidan boshlab uning toʻla qaytarilishigacha boʻlgan muddatni oʻz ichiga olib, bunga taqdim etilgan kreditning foydalanish, imtiyozli va soʻndirish davrlari kiradi. U quyidagicha aniqlanadi:4
Sp=Pi+Lp+Pp
Bu yerda, Sp – kreditning toʻliq muddati; Pi – foydalanish davri; Lp – imtiyozli davri; Pp– kreditni soʻndirish muddati.
Kreditning oʻrtacha muddati quyidagicha hisoblanadi:4
Ssr=1/2Pi+Lp+1/2Pp
Bu yerda, Ssr – kreditning oʻrtacha muddati;Pi – foydalanish davri; Lp – imtiyozli davr;Pp– soʻndirish davri.
Umuman olganda,xalqaro kredit bozoridan kapital jalb qilish bu davlatning iqtisodiyotiga sezilarli darajada ijobiy tasir oʻtkazadi.Jumladan,jalb qilingan kredit orqali takror ishlab chiqarishni koʻpaytirish mumkin bu esa oʻz-oʻzidan davlatning inflyatsiya darajasini meyorda ushlab turadi.

Download 91.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling