Reja:
Kirish……………………………………………………………...………...3
1. Хalqaro moliya bozorida xalqaro kreditlarning oʻrni, ahamiyati va oʻziga xos xususiyatlari……………………………………………………………………5
2. Oʻzbekiston iqtisodiyotiga xorijiy kreditlar jalb qilish samaradorligi tahlili………………………………………………………………………………10
3. Oʻzbekistonda xorijiy kredit liniyalari orqali iqtisodiyotni moliyalashtirish imkoniyatlari………………………………………………………………………16
4. Xalqaro kreditning afzalliklari va mamlakatlar iqtisodiyotiga ta’siri……23
Xulosa……………………...………………………………………………28
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati………...……………………………29
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Bugungi kunda mahalliy korxonalarda oʻrta yoki uzoq muddatli davrlar uchun ma’lum qiymat asosida moliyaviy resurslarni yetarli darajada jalb qilish muammoli holat hisoblanadi. Mazkur muammoni hal qilish usullaridan biri sifatida xorijiy kapitalni jalb qilishni keltirish mumkin. Xalqaro kapital oqimlari va moliya bitimlari hajmi ortishi, turli koʻrinishdagi moliyaviy insturmentlar va texnologiyalarining foydalanish, zamonaviy elektron texnologiyalar, kommunikatsiya va informatsiya vositalarini joriy qilish natijasida jahon mamlakatlarining moliyaviy oʻzaro bog‘liqligi, ya‘ni iqtisodiy globallashuvning muhim yoʻnalishi boʻlgan moliyaviy globallashuvga olib keldi. Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta’minlash boʻyicha ta’sirchan choralar koʻrildi1.
Moliya bozorida pul almashinuvi, kredit taqdim etilishi va kapital mobilizatsiyasi amalga oshiriladi. Bu bozorda asosiy rolni pul oqimlarini mulkdorlardan qarz oluvchilarga yoʻnaltiruvchi moliyaviy institutlar oʻynaydi. Xalqaro moliya bozori boshqa bozorlar kabi funktsiyalarni bajarib, moliyaviy resurslarni sotuvchilar va oluvchilar oʻrtasidagi munosabatlar uchun moʻljallangan.
XXI asr zamonaviy jahon xoʻjaligini shakllanishning muhim bosqichi hisoblanib, bunda xalqaro ishlab chiqarish kuchlarini shakllanishi, iqtisodiy oʻzaro aloqa va oʻzaro bog‘liqlik kuchayib bormoqda. Jahon xoʻjaligi rivojlanishida integratsiyalashuv jarayonning yangi yuqori bosqichi–jahon iqtisodiyotining globallashuvidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |