Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi


Oʻzbekiston iqtisodiyotiga xorijiy kreditlar jalb qilish samaradorligi tahlili


Download 91.53 Kb.
bet4/12
Sana13.05.2023
Hajmi91.53 Kb.
#1456313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kursh ishi Sohiba

2. Oʻzbekiston iqtisodiyotiga xorijiy kreditlar jalb qilish samaradorligi tahlili
Soʻnggi yillarda chet eldan kapital jalb qilish tobora koʻpayib bormoqda. Bularning hammasi sog‘liqni saqlash, qurilish, ta’lim, agrosanoat kabi yoʻnalishlarga ajratilmoqda. Keling, endi quyida tijorat banklarining xorijiy kredit liniyalari orqali jalb qilgan chet el valyutasidagi kreditlarini tahlil qilamiz. Jumladan Germaniya,Xitoy,Gollandiya,Shvetsariya kabi davlatlardan olingan kreditlar bilan tanishib chiqamiz.
1-jadval
Turonbank” ATB ning Xorijiy kredit liniyasi yoki grant hisobidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga kredit ajratish toʻg‘risidagi ma’lumoti5

Kredit liniyasi mablag‘larining yoʻnaltirish maqsadi

Meva-sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirish boʻyicha yoʻnalishlar, ya’ni:
- Issiqxonalar qurish va qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarishni tashkil etish, quvvatlarini oshirishni moliyalashtirish;
- Meva-sabzavotlarni qayta ishlash uchun uskunalar va qishloq xoʻjalik texnikalarini sotib olish;
- meva-sabzavotlarni saqlash uchun omborlar, muzlatkich kameralarini qurish, ularni qadoqlash, xizmat koʻrsatish;
- Meva-sabzavotlarni etishtirish va boshqa faoliyatlar.

Har bir loyiha boʻyicha ajratiladigan kreditning minimal va maksimal summasi

- Investitsion loyihalar uchun 2 mln AQSh dollari miqdorigacha;
- Aylanma mablag‘larni toʻldirish uchun 0.2 mln AQSh dollari miqdorigacha.

Mazkur kredit liniya hisobidan ajratiladigan kreditning maksimal muddati

- investitsion loyihalar uchun 10 yilgacha;
- aylanma mablag‘larni toʻldirish uchun
1.5 yilgacha.

Ajratiladigan kredit uchun mijoz tomonidan toʻlanadigan yillik foiz toʻlovlari

AQSh dollarida – 3%+bank marjasi (yillik)
Milliy valyuta (soʻm) da – 4,5%+bank marjasi (yillik)

Loyiha boʻyicha beriladigan imtiyozli davr

- investitsion loyihalar uchun 3 yilgacha;
- aylanma mablag‘larni toʻldirish uchun 1.5 yilgacha.

Boshqa shartlar (ushbu jadvalda koʻzda tutilmagan boshqa muhim shartlar koʻrsatiladi)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Toshkent, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridagi loyihalarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi


Jadvaldan koʻrinib turibdiki, ushbu kredit turi meva va sabzavotchilikni rivojlantirish uchun jumladan: meva-sabzavotlarni qayta ishlash uchun uskunalar va qishloq xoʻjalik texnikalarini sotib olish;meva-sabzavotlarni saqlash uchun omborlar, muzlatkich kameralarini qurish, ularni qadoqlash, xizmat koʻrsatish;meva-sabzavotlarni etishtirish va boshqa faoliyatlar.
10 yil muddatga yillik 3%+bank marjasi bilan chetdan jalb qilingan.Ushbu kredit turi asosan respublikamizning bog‘dorchilikka yoʻnaltirilgan hududlari Andijon, Namangan, Farg‘ona, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlariga ajratilgan.Kreditning imtiyozlilik davri: investitsion loyihalar uchun 3 yilgacha; aylanma mablag‘larni toʻldirish uchun 1.5 yilgacha.

Download 91.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling