Xvi XIX asrning birinchi yarmi


Qozikalon lavozimida ishlagan amaldor sud ishlariga yetakchilik qilgan. Yana bir muhim davlat lavozimi muhtasib


Download 460 Kb.
bet16/93
Sana23.02.2023
Hajmi460 Kb.
#1223658
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   93
Bog'liq
8 O\'zbek

Qozikalon lavozimida ishlagan amaldor sud ishlariga yetakchilik qilgan.
Yana bir muhim davlat lavozimi muhtasib (rais) deb atalgan. Bu lavozimni egallagan amaldor mamlakat fuqarolarining axloq qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilish bilan shug'ullangan.
Davlatda, shuningdek, miroxur (xonga tegishli yilqi, ot-ulov va ularning ta'minoti bilan shug'ullanuvchi), shig'ovul (chet davlatlar elchilarini qabul qilish xizmatining boshlig'i), qushchi (xonning ovini tashkil etuvchi), bakovulboshi, dasturxonchi, qo'rchiboshi (qurol-aslaha xizmati boshlig'i), jarchi, tavochi, tug'begi, kitobdor, mirzaboshi, munshiy, muhrdor, xazinachi, mehtar kabi mansablar ham mavjud bo'lgan.
Ichki ziddiyatlar. Shayboniylar davlatidagi ichki ziddiyatlar markaziy hokimiyat bilan mahalliy hokimiyat o'rtasidagi ziddiyatlarda to'la namoyon bo'lgan.
Shayboniylar davrida yer egaligining iqto, suyurg'ol, tanho vajogir turlari bo'lgan.Sayboniyxon davrida davlatni kichik-kichik mulklarga (suyurg'olga) bo'lib idora qilinardi. Bu hol hokimiyatdan ajralib chiqishga sharoit yaratar edi. Shayboniyxon bu xatoni tuzatishga urinib, bo'ysunishni istamagan mahalliy hukmdorlar mustaqilligini tugatishga, ayrim hukmdorlarni almashtirishga harakat qildi. Bu esa mahalliy hukmdor va zamindorlarning keskin noroziliklariga sabab bo'ldi.
Shayboniylar davrida mehnatkashlarning iqtisodiy ahvoli nochor edi. Ko'pchilik omma yersiz bo'lib, ijaraga yer olib ishlashga majbur edi. Aholidan 20 turdan ortiq soliq va to’lovlar olinardi. Asosiy soliq sug'oriladigan yerdan olinadigan xiroj bo'lib, daromadning 30 — 40 foizini tashkil qilardi. Davlat muassasalari, qo'shin va xon xonadoni xarajatlarini qoplash uchun to'lanadigan soliq ixrojot deb atalardi. Davlat pulga muhtoj bo'lganida favqulodda soliqlar ham joriy etilgan.
Aholi soliq va jarimalar to'lashdan tashqari, mehnat majburiyatini ham o'tashi kerak edi. Bu majburiyat aholini kanallar, zovurlar qazishga, yoi va ko'priklar qurishga, yem-xashak yig'ishga jalb etishni nazarda tutardi.
Zarafshon daryosida qurilgan ko'prik — suv ayirg'ich.
Savollar
1. Shayboniyxon qanday islohotlar o'tkazgan va ulardan qanday maqsadlarni ko'zlagan?
2. Shayboniylar mamlakat iqtisodiy hayotini rivojlantirish yoiida qanday tadbirlarni amalga oshirganlar?
3. Shayboniylar davlatidagi yuqori davlat mansablari xususida so'zlab bering.
4. Shayboniylar davlatida qanday asosiy soliq va majburiyatlar joriy etilgan edi?
5. Shayboniylar davlatidagi ichki ziddiyatlar haqida nimalarni bilib oldingiz?


Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling