Yakuniy nazoratni topshirish boʻyicha koʻrsatmalar


Litsenziyani berish toʻg‘risidagi ariza bilan murojaat qilgan taqdirda, talabgor “YUKSAK MAQSAD” MChJ tomonidan qaysi ma’lumotlar koʻrsatilishi lozim edi? (15 ball)


Download 190 Kb.
bet17/17
Sana21.01.2023
Hajmi190 Kb.
#1106385
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Biznes huquqiy YAKUNIY

Litsenziyani berish toʻg‘risidagi ariza bilan murojaat qilgan taqdirda, talabgor “YUKSAK MAQSAD” MChJ tomonidan qaysi ma’lumotlar koʻrsatilishi lozim edi? (15 ball)

  • Talabgor tomonidan maxsus elektron tizim yordamida yuborilgan arizani koʻrib chiqish muddatlari haqida tushuntirish bering. Agar koʻrib chiqish muddati ichida arizaga javob berilmagan boʻlsa, talabgor qanday yoʻl tutishi kerakligini huquqiy jihatdan tahlil qiling. Fikringizni qonunchilik bilan asoslantiring. (15 ball)

  • Yuqorida keltirilgan vaziyatda Qurilish vazirligi “YUKSAK MAQSAD” MChJning litsenziyasini bekor qilish toʻgʻrisida keltirilgan asoslar toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanligini huquqiy tahlil qiling. (15 ball)

  • YUKSAK MAQSAD” MChJga nisbatan litsenziyalash sohasidagi huquqbuzarlik uchun jarima solinishi masalasini tahlil qiling. Vakolatli organ tomonidan oʻz vaqtida javob berilganda vaziyat qanday tus olgan boʻlar edi? (15 ball)

    KAZUS № 20
    Fuqaro B.Eshonov dori vositalarini ulgurji realizatsiya qilish faoliyati bilan shugʻullanishga qaror qildi va ushbu tadbirkorlik faoliyati subyektini xususiy korxona shaklida Samarqand viloyatida davlat roʻyxatidan oʻtkazdi. Korxonaning ushbu faoliyat bilan shugʻullanishi uchun litsenziya talab etilishi sababli B.Eshonov litsenziya olish uchun tegishli vakolatli organga murojaat qildi va korxona litsenziya olgan holda faoliyatini boshladi. Oradan uch yil oʻtgach fuqaro B.Eshonov oʻz tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish maqsadida xususiy korxonaning filiallarini Toshkent va Namangan viloyatlarida ochishga qaror qildi. Shuningdek, fuqaro B.Eshonov ushbu filiallarga jiyanlari A.Burxonov va Q.Toirov larni direktor qilib tayinlashni niyat qildi. B.Eshonov yangi tashkil etilayotgan filiallarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun Toshkent shahridagi davlat xizmatlari agentligiga (DXA) murojaat qildi. Ammo DXA mas’ul xodimi B.Eshonov ga filiallarni ular qayerda tashkil etilayotgan boʻlsa, oʻsha yerda roʻyxatdan oʻtkazishni aytib, roʻyxatdan oʻtkazishni rad etdi. Shuningdek, xodim B.Eshonovga Xususiy korxona filiallarni ocha olmasligi, xususiy korxona faqatgina yakka shaxs ya’ni mulkdorning oʻzi tomonidan boshqarilishi mumkinligini va shu sababli B.Eshonov jiyanlarini direktor qilib tayinlay olmasligini ta’kidladi. Shunindek, DXA xodimi filial ochish uchun tadbirkorlik subyektini boshqa tashkiliy huquqiy shaklga oʻtkazish lozim ekanligini aytdi. Bundan tashqari, xodim filial ochib amaldagi faoliyat bilan shugʻullanishi uchun tadbirkorlik subyektlari alohida litsenziya olishi zarurligini ta’kidladi. Qanday yoʻl tutishni bilmay qolgan B.Eshonov yurist maslahatini olish uchun sizga murojaat qildi.

    1. B.Eshonov tomonidan tashkil etilgan XKning yuqorida keltirilgan faoliyat uchun litsenziya olishi talab etiladimi? Yangi tashkil etilayotgan filiallar uchun korxona tomonidan alohida litsenziya olinishi masalasiga izoh bering.(15 ball)

    2. XKning filiallar ochish vakolati mavjud yoki mavjud emasligini, DXA xodimining bu masala boʻyicha bergan ma’lumotlarini tahlil qiling. Fikringizni qonunchilik normalari bilan asoslantiring. (15 ball)

    3. DXA xodimining B.Eshonov oʻz jiyanlarini korxona filiallariga direktor qilib tayinlashi mumkin emasligi boʻyicha aytgan fikrlarini tahlil qiling. XK yakka shaxs tomonidan boshqariladigan boʻlsa, filiallar ochilgan taqdirda, ular qanday boshqariladi? (15 ball)

    4. B.Eshonov korxona filiallarini ochish uchun ularni alohida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun DXAga murojaat qilganligi toʻgʻrimi? Fikringizni asoslantiring. (15 ball)

    Download 190 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling