Yer taraqqiyotining umumiy xususiyatlari


Download 87.91 Kb.
bet8/23
Sana03.02.2023
Hajmi87.91 Kb.
#1156602
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
geomorfologiya javoblari

Yerning yoshini aniqlash
Yerning nisbiy yoshini aniqlash. Yer paydo bolgandan shu vaqtgacha otgan davrdagi ozgarishlarni, yer qatlamlarining qachon hosil bolganligini aniqlash masalasi olimlarning qadimdan qiziqtirib kelgan. Geologiyada yer qatlamlarining qaysisi oldin yoki qaysisi keyin paydo bolganini qiyosiy aniqlash usuliga nisbiy yosh aniqlash usuli deyiladi. Bu usulda yer qatlamlaridagi osimlik va hayvon qoldiqlarini topib, birini ikkinchisiga taqqoslab koriladi, eng oddiy hayvon va osimlik qoldig‘i bor pastki qatlam undan yuqori yotuvchi qatlamga nisbatan keksa hisoblanadi. qavatlarning oldin va keiyn hosil bolganligi va tarkibini organish bilan geologiya fanining litologiya va stratigrafiya sohalari shug‘ullanadi. Qatlamlar orasidagi osimliklar qoldig‘ini paleobotanika hayvonlar qoldiqlarini paleontologiya organadi.Bu usullar orasida har bir qatlamning hosil bolish sharoiti va vaqtini taqqoslab aniqlash mumkin boladi. Organik qoldiqlarning tekshirish natijasida yer qatlamlarining eng oldin paydo bolgani va undan keyin hosil bolganlari aniqlanadi. Va shu asosida geoxronologik shkalani o`rganish tartibi tuziladi.
Nisbiy geoxronologiya yer po‘stining tarkibidagi tog‘ jinslari qatlamlarini tik qismida bir- biriga nisbatan joylashishi tartibini solishtirib ularning nisbiy yoshini aniqlaydi. Tog‘ jinslari yoshi strategrafik usulda aniqlanadi.
Yerning mutloq (absolyut) yoshini aniqlash. Yuqori bayon qilinganlardan ko‘rinadiki, tog‘ jinslarining nisbiy geologik yoshidan osongina foydalanish mumkin. Biroq nisbiy geologik yosh turli era va davrlarning qancha vaqt davom etganligini aniqlab bermaydi. Vaxolanki, buni aniqlash amaliy va nazariy ahamiyatga egadir. Tog‘ jinslarining absolyut vaqt birliklari ming.million.milliarard. yillar bilan ifodalanishi ularning absolyut yoshi deyiladi
Yer tarixida ma‘lum bir vaqtdan boshlab o‘tgan yillar sonini qanday xisolab bo‘ladi? quyidagi usulni tasavvur qilib ko‘raylik. Atmosfera yog‘inlari yer qatlamlarini yemiradi va yemirilgan jinslar qum tosh, shag‘al va tuproqlarni o‘zi bilan daryolarga, daryolar esa ularni dengiz, ko‘llarga keltirib qo‘yadi va yotqiziqlar to‘plana boshlaydi. Ular to‘planishi uchun qancha vaqt kyotganligini aniqlash mumkin. Masalan, D.Murrey, daryolar dengizga har yili 16 km3 yotqiziqlar olib keladi va bu moddalar dengiz ostiga har yili o‘rta hisobda 0,11 mm metrli Cho‘kindi qoplamini hosil qiladi, deydi. Agar barcha davrda hosil bo‘lgan Cho‘kindi jinslarning xajmi taxminan 150 km bo‘lsa, dengizlarda Cho‘kindi to‘planish jarayoni boshlangan vaqtdan byeri o‘tgan vaqt 1,5*109 yil bo‘lib chiqadi. Demak, Kembriy davridan shu vaqtgacha bir necha 100 mln yil bo‘lgan ekan.
Yer qatlamlarining (planetamizning) yoshini aniqlashga kishilar uzoq vaqtlardan byeri o‘rinib kelmoqdalar.Bugungi vaqtdagi ayrim tekshiruvchilarning Yer yoshi to‘g‘risidagi xisoblari bir-biridan juda katta farq qilgan. Masalan, Uzoq Sharq xalqlari - Xitoy va Yapon xalqlari xisobicha dunyoning yoshi bir necha un ming yilga, ba‘zan esa 100 ming yildan ortiq yilga teng. O‘rta dengiz atrofidagi xalqlar, jumladan, yaxudiylar fikricha yer Eramizdan bir necha yil (5 ming) yil muqaddam paydo bo‘lgan. Bu yil xisobi xiristian dinida qabul qilingan va butun o‘rta asrlar mobaynida asosiy yil xisobi bo‘lgan.


Download 87.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling