Yong’in xavfsizligi choralari haqida yo’riqnoma p-1 Umumiy qoidalari


Download 53.4 Kb.
bet5/7
Sana19.06.2023
Hajmi53.4 Kb.
#1622425
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KL-Новая инструкция П-1 О мерах пожарной безопасности

3.3.Kimyoviy moddalar omborlari

3.3.1.Omborlarga xizmat ko’rsatuvchi xodimlar kimyoviy moddalarni va reaktivlarni saqlaganda yong’in xavfsizligi va xavfsizlik qoidalarini bilishi kerak.


3.3.2.Kimyoviy moddalar omborida kimyoviy moddalarni saqlash bilan bog’liq bo’lmagan ishlarni amalga oshirishga ruxsat etilmaydi.
3.3.3.Kimyoviy moddalar bilan bog’liq bo’lgan barcha ishlarning bejirim amalga oshirish va tiqiniga zarar etkazmaslik lozim. Kimyoviy moddalar solingan har bir idishga uning nomi ko’rsatilgan yozuv yoki yorliq bo’lishi kerak.
3.3.4.Azot va oltingugurt kislotalarini saqlaganda ularni yog’och, poxol va boshqa organik moddalarga tegib ketishini oldini oluvchi choralar ko’rilgan bo’lishi zarur.
3.3.5.Kislotalar saqlanadigan omborlar va ayvonlar tagida tasodifan to’kilgan kislotalarni tezda zararsizlantirish uchun tayyor bo’r, ohak yoki soda qorishmasi bo’lishi lozim. Kislotalar saqlanadigan joylar belgilangan bo’lishi kerak.


3.4.Materiallar omborxonalari

3.4.1.Omborxonalar ichidagi yog’och qurilmalar olovdan himoyalovchi tarkib bilan ishlov berilgan bo’lishi kerak.


3.4.2.Omborxonalarda, stellajlarda saqlanadigan mahsulotlar tekis taxlangan bo’lishi shart. Ombor eshiklari oraliqlari qarshisida eshiklar kengligiga teng kenglikda, lekin 1 m dan kam bo’lmagan o’tish yo’llari qoldirilishi zarur.
3.4.3.Materiallar omborlarida gaz plitalari, maishiy elektr qizitish asboblari va pechlar o’rnatishga ruxsat etilmaydi.
4.Ta’mirlash-montaj va olovli ishlarga yong’in
xavfsizligini maxsus talablari

4.1.Ishlab chiqarish jihozlarini montaj qilganda va ta’mirlaganda, elektr payvandlash ishlarini va boshqa olovli ishlarni amalga oshirgandan yong’in xavfsizligi choralarini ta’mirlash uchun javobgarlik korxonalar, ilmiy-tekshirish tashkilotlari, stexlar, laboratoriyalar va ustaxonalar, xonalar rahbari yoki ko’rsatilgan ishlar bajarilayogan hudud rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.


4.2.Yong’in sodir bo’lishi ehtimolini bartaraf etuvchi choralarni bajarmasdan ishlab chiqarish jihozlarini, uskunalarni montaj qilish va ta’mirlash ishlarini o’tkazish, hamda olovli ishlarini bajarish taqiqlanadi.
4.3.Sexda payvandlash va boshqa olovli ishlarini bajarganda “Halq xo’jaligi ob’ektlarida payvandlash va boshqa olovli ishlarni bajarganda yong’in xavfsizligi qoidalari” talablarini muhandis-texnik xodimlarni o’zlari bajarishlari va qo’l ostidagi ishchilarni qat’iy rioya qilishini nazorat qilishlari zarur.
4.4.Yong’in sodir bo’lishi ehtimolini bartaraf etuvchi choralarni bajarmasdan ishlab chiqarish jihozlarini, uskunalarni montaj qilish va ta’mirlash ishlarini o’tkazish, hamda olovli ishlarini bajarish taqiqlanadi.
4.5.Binolar, stexlar yoki xonalarni yong’in xavfsizligi uchun javobgar bo’linma rahbari (bosh muhandis) yoki boshqa mansabdor shaxs olovli yoki boshqa yong’inga xavfli ishlar amalga oshirilgan joyni ish tugagandan keyin 3-5 soat davomida muntazam tekshirib turishi kerak.
4.6.Xonalar pollarini qoplamasini yopishtirish va yonuvchi elimlarni, mastika (mumsimon modda)larni qo’llagan holda pardozlash bo’yicha ishlar amalga oshirayotgan vaqtda, bevosita ta’mirlash-qurilish ishlarida ishtirok etmaydigan shaxslarni bu joylarda bo’lishlari taqiqlanadi. Hamda bir xonada bir vaqtning o’zida elektr payvandlash va mastika (mumsimon modda) bo’yoqlar, elimlar va boshqa yonuvchi materillardan foydalangan holda pardozlash ishlarini bajarish taqiqlanadi.
4.7.Xonalarda ta’mirlash-montaj ishlar tugagandan keyin kislorodli va yonuvchi gazli ballonlarni qoldirish taqiqlanadi. Bu ballonlarni, ularni doimo saqlanadigan joyiga jo’natish kerak.

Download 53.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling