«yurisprudensiya»


-mavzu SUV HUQUQINING MANBALARI


Download 1.39 Mb.
bet13/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

3-mavzu SUV HUQUQINING MANBALARI
Reja:
1. Suv huquqi manbalarining tushunchasi, xususiyatlari va tizimi
2. Suv huquqining konstitusiyaviy asoslari
3. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari - suv huquqining maxsus manbasi sifatida
4. qonun osti me'yoriy hujjatlarida suv huquqining tutgan o‘rni va ahamiyati


1. Suv huquqining manbalari tushunchasi, xususiyatlari va tizimi
Suv resurslarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish bilan bog‘lik jarayonlarda paydo bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish suv huquqining mazmun moxiyatini tashqil etadi.
Tabiat va jamiyat tizimida paydo bo‘ladigan bio-ekologik ijtimoiy-huquqiy jarayonlarda suv huquqining ahamiyati bekiyos bo‘lib, irinchidan, tabiatning muxim resursi sifatida, ikkinchidan, jamiyat a’zolarining turli extiyojlarini bilan bog‘liq ijtimoiy huquqiy munosabatlar obekti sifatida ishtirok etadi.
Suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bilan bog‘liq. murkkab jarayonlarda ijtimiy-siyosiy, iqtisodiy-ekologik, tashkiliy-huquqiy ahamiyatdagi turli xujjatlar ishtirok etadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, har qanday hujjat ijtimoiy munosabatlar tizimida tutgan o‘rnidan kat’iy nazar huquqning shu jumladan, suv huquqining manbasi sifatida e’tirof etilmaydi.
Davlat va huquq nazariyasiga asosan, suv huquqining manbasi sifatida e’tirof etilayotgan huquqiy xujjat quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:
1. Vakolatli davlat organi tomonidan kabul qilingan, tasdiklangan, sanksiyalangan bo‘lishi.
2. Belgilangan muddat va doirada majburiy ahamiyat kasb etishi.
3. Suvlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qoida-talablarni belgilashi.
4. Rasmiy shakl, tuzilish, amal qilish muddatlari va boshqa atributlarga ega bo‘lishi lozim.
Demak, suv huquqining manbalari deganda suvlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bilan bog‘liq jarayonlarda paydo bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qoida-talablardan iborat bo‘lgan qonun xujjatlari tizimi tushuniladi.
Suvga oid munosabatlarni tartibga soluvchi konstitutsiyaviy qoida-talablar, O‘zbekistan Respublikasi qonunlari, O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti farmonlari hamda Vazirlar Maxkamasi qarorlari, maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari,mahalliy davlat hokimiyati organlari me’yoriy xujjatlari yig‘indisi suv qonun xujjatlarini tashqil etib, suv huquqining manbasi bo‘lib xisoblanadi.
Suv qonunchiligi xujjatlarini ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish jarayonida tutgan o‘rni, ahamiyati va uziga xos xususiyatlariga kura quyidagicha tasniflash mumkin:
1. Yuridik kuchi buyicha manbalar qonun va qonun osti me’yoriy xuj-jatlarga bo‘linadi.
2. Suv bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish yunalishlari buyicha
- suvlarni muhofaza qilish qonun xujjatlari;
- suvlardan oqilona foydalanish qonun xujjatlariga bo‘linadi.
3. Huquqiy tartibga solish holati buyicha moddiy va protsessual ahamiyatdagi qonun xujjatlari.
4. qonun xujjatlarining tizimi bo‘yicha oddiy va kodifikatsiyalangan manbalar.
5 qonun xujjatlarining qo‘llanilish doirasi bo‘yicha.:
-xududiy-mintakaviy;
-respublika miqyosida;
-xalqaro miqyosidagi manbalar va xakozo.
Suv bilan bog‘liq ijtimoiy huquqiy munosabalarni tartibga solishda konstitutsiyaviy qoidalar, qonun, farmon, qaror, nizom kabi me’yoriy xujjatlar qatorida ushbu qonun xujjatlarini qo‘llashda yordam beradigan, ularni xayotiyligini ta’minlaydigan me’yoriy-texnik ahamiyatdagi ekologik normativ, standart va yo‘riqnomalar ham keng qo‘llaniladi.
Albatta, suv huquqining manbalari keng kamrovli ijtimoiy munosa-batlar tizimini tartibga soladi.Shuning uchun ham suvlarni muhofaza qilish,ulardan oqilona foydalanish jarayonini tartibga solishda boshqa huquq sohalari, ya’ni fuqarolik, xo‘jalik, ma’muriy, jinoyat, mehnat huquqi hamda ekologiya, yer, o‘rmon huquqining ham qoida-talablari qo‘llaniladi.
Shuning uchun ham suv huquqining manbalari tizimida boshqa huquq soxalari qonun xujjatlari alohida ahamiyatga egadir.
Bundan tashkari, suvga oid qonun xujjatlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, boshqa huquq soxalari manbalaridan farq qiladi.
Xususan, suv huquqi manbalari birinchidan, tabiatning ustuvor qonuniyatlarini ijtimoiy qonun xujjatlari bilan mujassamlantiradi, ikkinchidan, suvlarni muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanishda davlat va huquqning barcha vosita va tadbirlaridan foydalanadi.
Shunday qilib, suvga oid qonun xujjatlari o‘ziga xos tizimga ega bo‘lib, quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
1. Suvlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishga oid konstitutsiyaviy qoidalar.
2. Suvga oid O‘zbekiston Respublikasining qonunlari.
3. Suvga oid qonun osti me’yoriy xujjatlar tizimi.



Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling