«yurisprudensiya»


Suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi organlarining vakolatlari


Download 1.39 Mb.
bet21/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

3. Suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi organlarining vakolatlari
Suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi organlarining vakolatlari deganda, ularning shu sohadagi boshqaruv yuzasidan amalga oshiradigan faoliyatlarining alohida turlari tushuniladi.
Suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruv organlari quyidagi vakolatlarni amalga oshiradilar.
Davlat organlari suvni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish atrof muhitning muhofazasini amalga oshirish bo‘yicha mavjud qonunlar, qoidalar ijrosini ta’minlash yuzasidan qarorlar va idoraviy normativ hujjatlar qabul qiladilar.
Suv resurslari to‘g‘risida ma’lumot yig‘ish maqsadida davlat organlari ularning davlat hisobini amalga oshiradi. Ushbu vakolat orqali suvlarning miqdor va sifat ko‘rsatkichlari, ya’ni ularning miqdori, tarqalganligi, joylashgan joyi va boshqa tavsiflari aniqlanadi. Suvlarning davlat hisobi tabiat obyektlarining monitoringi (ularni kuz atish), inventarizatsiya yoki foydalanishni ro‘yxatga olish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Davlat suv kadastrini yuritishdan maqsad suv haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumotlar olish, uning holatini aniqlashdan iborat. Suv fondining miqdori va sifati, ularning huquqiy, tabiiy, xo‘jalik holati, foydalanish darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tizimi suv kadastri deb nomlanadi. Suv kadastrini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunining 18-moddasi va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan.
qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (suvdan foydalanish bo‘yicha), Gidrometerologiya markazi (suv obyektlari, suvlarni hosil bo‘lishi yuzasidan), Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (suvlarni ifloslanganlik darajasini aniqlash va muhofaza qilish bo‘yicha), Geologiya va mineral resrurslar davlat qo‘mitasi (yer osti suvlari qismi bo‘yicha) Davlat suv kadastrini yuritadilar.
Davlat suv kadastri yagona tamoyillarga asoslangan holda yuritiladi: jumladan, qonuniylik, ya’ni ular qonunda belgilangan talablarga rioya qilingan holda davlat boshqaruvi organlarining vakolatlari doirasida yuritilishi, kadastrlarni yuritish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘tkazishning uzluksizligi; kadastrlarni yuritish tartibiga rioya etish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish; kadastrga kiritiladigan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun mas’ul shaxslarning javobgarligi.
Kadastr ma’lumotlarining ishonchliligini ta’minlash maqsadida kadastr materiallari vaqti-vaqti bilan yangilanib turiladi, masalan, suvning sifat va son ko‘rsatkichlari o‘zgarganda, yangi foydalanuvchilarga suv foydalanishga berilganda va boshqa hollarda aniqliklar kiritilib turiladi.
Suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ishlari xalq xo‘jaligi, viloyatlar, tumanlar istiqbollarini belgilash chog‘ida umumiy vakolat dorasida tegishli organlar tomonidan rejalashtiriladi. Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilishni rejalashtirish suv xo‘jaligi balanslari, suvdan kompleks foydalanish va uni muhofaza qilish jadvallari va suvdan foydalanish limitlari orqali amalga oshiriladi.
Suvning mavjud miqdorini va undan foydalanish darajasini baholash uchun daryolar havzalari va iqtisodiy xududlar bo‘yicha suv xo‘jaligi balanslari tuziladi. Suvdan kompleks foydalanish va uni muhofaza qilishning bosh va havza (hududiy) jadvallari aholining va xalq xo‘jaligining suvga bo‘lgan istiqboldagi ehtiyojlarini qondirish uchun, shuningdek suvni muhofaza qilish va suv yetkazadigan zararli ta’sirlarning oldini olish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy suv xo‘jaligi tadbirlarini belgilab beradi. Suvlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish maqsadida maxsus rejalar - suv xo‘jaligi balanslari va suvdan kompleks foydalanish hamda uni muhofaza qilish jadvallari tuziladi.
Suvdan foydalanish limitlari Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3 avgustdagi 385 –sonli qaroriga muvofiq har yili suv xo‘jaligi organlari tomonidan qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanuvchilarga ikki marta boshqa foydalanuvchilarga esa bir marta belgilanadi. Suvdan foydalanish limitlarida har bir foydalanuvchining suv havzalaridan olinadigan suv miqdori belgilanadi.
Suv limitlariga asosan davlatning vakolatli organlari suvlarni davlat nomidan tasarruf etib, ulardan foydalanishni tashkil etadilar. Ushbu vakolatni amalga oshirish yo‘li bilan davlat organlari suvni foydalanishga beradilar va foydalanuvchilardan qaytarib oladi.
Suvdan maxsus foydalanish, yer usti suv manbalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining, yer osti suv manbalari bo‘yicha esa Sanoatda va konchilikda ishlarni bexatar olib borish inspeksiyasi hamda Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasining takliflariga binoan Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining organlari beradigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.
Suvni foydalanishga berish huquqiga ega bo‘lgan organlar boshqa davlat va jamoat ehtiyojlari uchun, suvdan foydalanish va muhofaza qilish qoidalari buzilganda hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa asoslarga ko‘ra shunday foydalanishni bekor qilishlari mumkin
Ekologiyaning tarkibiy qismi bo‘lib suvlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan o‘rnatiladigan nazorat hisoblanadi. Ushbu vakolat suvdan oqilona foydalanish va ularni muhofaza etilishi ustidan kuzatuv va tekshiruvlar o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Suvlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni umumiy va maxsus vakolatga ega bo‘lgan davlat organlari olib boradilar. Bugungi kunda suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshiradigan organlarning vakolatlari «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunda, «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunda, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Nizomida o‘z aksini topgan. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari esa tabiiy suv havzalaridan suvdan foydalanish va barcha suvlarni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Bundan tashqari, suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasining «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida»gi 1998 yil 24 dekabr qonunining talablariga, shu jumladan, ushbu qonunning 10-moddasi birinchi qismida ko‘zda tutilgan tekshirishlar davriyligiga rioya etilishi lozimdir.
Suvdan foydalanish va ularni muhofaza etish chog‘ida foydalanuvchilar, davlat organlari va boshqa shaxslar o‘rtasida kelib chiqadigan nizolarni hal qilishda davlat organlari qatnashadilar. «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 85-96-moddalariga muvofiq suvdan foydalanish va ularni muhofazasi yuzasidan nizolar sud va boshqaruv organlari tomonidan hal etiladi. qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi sun’iy irrigatsiya tarmoqlarida suvdan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling