«yurisprudensiya»


Suv resurslarini muhofaza qilishni rag‘batlantirish


Download 1.39 Mb.
bet29/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

4. Suv resurslarini muhofaza qilishni rag‘batlantirish
Mavjud suv resurslaridan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishda rag‘batlantirish katta ahamiyat kasb etadi.
Suv resurslarini muhofaza qilishni rag‘batlantirish boshqa tabiat ob’eklaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilishni ham ta’minlaydi.
Amaldagi «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 37-moddasida ko‘rsatilganidek, tabiatdan oqilona foydalanish, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishni rag‘batlantirish:
-korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar tabiiy rusurslardan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirganlari taqdirda ularga soliq solishda imtiyozlar berish;
-tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tabiat muhofazasini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish uchun imtiyozli shartlarda qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlar (ssudalar) berish;
-asosiy ishlab chiqarish fondlar uchun yuqori amortizatsiya normalari balgilash;
-atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarish va oqizish hamda chiqindilarni joylashtirish barqaror sur’atda pasaytirib borilgan taqdirda bunday moddalarni chiqarganlik va oqizganlik hamda chiqindilarni joylashtirganlik uchun to‘lovlarni kamaytirish;
-tabiatni muhofaza qilish jamg‘armalari mablag‘larining bir qismini ifloslantiruvchi moddalar chiqarish va oqizishni kamaytirish chora-tadbirlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va ayrim shaxslarga foizli qarzlar sifatida shartnoma asosida berish orqali amalga oshiriladi.
Mazkur qonunda ko‘rsatma tabiat obyekti sifati suv resurslarini muhofaza qilishga ham bevosita aloqadordir.
«Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida» gi qonunning 106- moddasida suvdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni iqtisodiy ta’minlashning choralari sifatida rag‘batlantirishga alohida e’tibor berilgan.
Suvdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy choralari qo‘yidagilar:
-suvdan maxsus foydalanganlik, suv ob’eklarini ifloslantirganlik va ularga zararli ta’sir ko‘rsatishning boshqa turlari uchun haq undirishni;
-suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etishda, suvni muhofaza qilish va tajashda samarali bo‘lgan faoliyatni amalga oshirishda korxanalar, muassasalar va tashkilotlarga, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarga hamda fuqarolarga beriladigan soliqqa, kreditga oid va boshqa imtiyozlarni;
-suvdan kompleks va oqilona foydalanishda hamda uni muhofaza qilishda huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, ekologik va o‘zga rag‘bat-lantirish omillarining samarali choralari tizimini qo‘llashni nazarda tutadi.
Respublika, xalqaro va o‘zga darajadagi jamoat birlashmalari, fondlar, jamiyatlar, uyushmalar o‘z nizomlariga muvofiq qonunlarda belgilangan tartibda suvdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishga qaratilgan samarali tadbirlarni tadbiq etilishini rag‘batlantirishlari va taqdirlashlari mumkin.
Suv resurslaridan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish ishini yaxshilash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 1 iyunda qabul qilingan «qishloq aholi yashash joylarini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlashni yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi qarori ham katta ahamiyatga ega.
Jumladan, mazkur qarorning 7-bandiga ko‘ra: aholini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash dasturlarini amalga oshirishda faol qatnashayotgan qishloq tumanlarini rag‘batlantirish maqsadida hisobot yilida aholini ichimlik suv bilan ta’minlash va uy –joy fondini tabiiy gaz bilan qamrab olish darajasi o‘sishining eng yuqori foizi uchun uchtadan har yili beriladigan Respublika mukofotlari belgilangan.
Shuningdek, suv resurslaridan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 1997 yil 28-noyabrdagi 100-sonli «Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida» gi yo‘riqnomasi, yana shu organlarining 1998 yil 4 yanvardagi «1998 yilda korxonalar va tashkilotlarga soliq solish tartibidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida»gi xati, hamda O‘zbekiston Respublikasining «Soliq kodeks» lari katta ahamiyatga ega.
Jumladan, «Soliq kodeksi» ga asosan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash bo‘yicha rag‘batlantirish sifatida ayrim imtiyozlar ko‘rsatilgan.
«Soliq kodeksi» ning 119-moddasiga binoan quyidagi yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod qilinadilar;
-tijorat bilan shug‘ullanmaydigan yuridik shaxslar, tadbirkorlik faoliyati uchun suv resurslaridan foydalanuvchilar bundan mustasno;
-yer osti ma’danli suvlaridan davolash maqsadida foydalanuvchi soliqni saqlash muassasalari, ular ma’danli suvdan savdo tarmog‘ida realizatsiya qilish uchun foydalangan hollar bundan mustasno;
-farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va suvdan dori vositalari tayyorlash uchun foydalanuvchi yuridik shaxslar;
-atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatishning oldini olish maqsadida yer osti suvlarini chiqazib olayotgan shaxslar-ana shu yer osti suvlari uchun, ishlab chiqarish va texnika ehtiyojlari uchun foydalaniladigan suv hajmlari bundan mustasno;
-suv uchun budjetga haq o‘tkazgan yuridik shaxslardan suv olgan is-te’molchilar;
-foydali qazilmalar qazib olish va shaxtadan suvlarni qochirish vaqtida yer osti suvlari uchun,ishlab chiqarish va texnika ehtiyojlari uchun foydalaniladigan suv hajmlari bundan mustasno;
-gidroelektrostansiyalar – agregatlarni ishlatishda suvdan foydalanganlik uchun;
-birlamchi tarzda foydalanganlik uchun haqi to‘langan suvdan ikkilamchi tarzda foydalanuvchi yuridik shaxslar;
-asosiy faoliyat turi bo‘yicha qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtiruvchi yuridik shaxslar-sho‘rlangan yerlarni yuvish maqsadida suvdan foydalanganlik uchun;
-ishlovchilari umumiy sonining kamida ellik foizini nogironlar tashkil qilgan yuridik shaxslar, savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar bundan mustasno;
-«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi qizil Yarim Oy jamiyati, «Nuroniy» jamg‘armasi korxonalari, bo‘shatib olinayotgan mablag‘lardan jamg‘armalar va jamiyatning ustavida belgilangan vazifalarni bajarish uchun foydalanish sharti, shuningdek korxona, muassasalar, tashkilotlarga ham rag‘batlantirish maqsadida suvdan foydalanganlik uchun ayrim imtiyozlar berilgan.
Yuqorida zikr etilgan holatlar shuni ko‘rsatadiki, suvdan foydalanish va uni muhofaza qilishni rag‘batlantirish amaldagi huquqiy normalar asosida tartibga solinishi, suvdan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z huquq va majburiyatlarini, jumladan, suv resurslarining tabiiy xossasini saqlash, ifloslanishining oldini olish, uni gidrologik va gidrogeologik rejimini buzilishini oldini olish, kimyoviy fizikaviy va biologik xossalari pasayishining oldini olish va boshqa bir qator tadbirlarni amalga oshirishlarini yanada mustahkamlaydi.
Xullas, suv resurslarini muhofaza qilish va undan oqilona foydala-nishni rag‘batlantirish, nafaqat suvni balki boshqa tabiat boyliklarini muhofaza etishni ham taqozo etadi. Yuqorida ko‘rsatilgan barcha holatlar hozirgi va kelajak avlodlar uchun eng zarur bo‘lgan hayot manbaimiz suvdan oqilona foydalanishga va uni muhofaza qilishga undaydi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling