«yurisprudensiya»


-mavzu SUV RЕSURSLARIDAN FOYDALANISH HUQUQI


Download 1.39 Mb.
bet30/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

8-mavzu SUV RЕSURSLARIDAN FOYDALANISH HUQUQI
Reja:
1. Suv resurslaridan foydalanish xuquqi tushunchasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari
2. Suv ob'ektlarini foydalanishga berish tartibi va shartlari
3. Suvdan foydalanish turlari
4. Suvdan foydalanish huquqining mazmuni
5. Suvdan foydalanish huquqini bekor qilish asoslari


1. Suv resurslaridan foydalanish xuquqi tushunchasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari
Suv boyliklaridan belgilangan maqsadda foydalanishni suvdan foydalanish huquqi yordamida amalga oshirish mumkin. Suvdan foydalanish huquqi deganda, davlat yoki u vakolat bergan organlar tomonidan belgilangan, ma’qullangan va o‘rnatilgan suv resurslarini o‘zlashtirish, ularni iqtisodiy ma’noda ekspluatatsiya qilish jarayonida kelib chiqadigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig‘indisi tushuniladi.
Suvdan foydalanish huquqi yordamida suv resurslaridan foydalanish tartibi, foydalanish maqsadlari, turlari, suvni muxofaza etish shartlari, suvga nisbatan mulk huquqi, suvdan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari, suvdan foydalanish kafolatlari, suvdan foydalanish huquqini ximoya qilshi, suvdan foydalanishni bekor qilish, suvdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik masalalari tartibga solinadi. Demak, suvdan foydalanish huquqini umumiy tartibda xalq ho‘jaligi va fuqarolarning iqtisodiy va maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun suv boyliklaridan foydalanishning qonuniy tartibini o‘rnatuvchi normalar yig‘indisi, deb tushunish mumkin.
Suvdan foydalanish huquqini turli xil ma’nolarda tushunish mumkin:
1) suvdan foydalanish huquqi suv huquqining asosiy instituti bo‘lib, turli sohalardagi me’yoriy huquqiy hujjatlarda mustaxkamlangan huquqiy normalar yig‘indisidir;
2) suvdan foydalanish huquqi suvdan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari yig‘indisidir;
3) suvdan foydalanish huquqi suvdan foydalanuvchilarning subyektiv huquq vakolatini amalga oshirish mexanizmini, ularni amaliyotda qo‘llash jarayonini o‘zida mujassamlashtiruvchi huquqiy munosabatdir.
Suvdan foydalanish huquqini keng va tor ma’nolarda tushunish mumkin. Suvdan foydalanish huquqini keng ma’noda uning tabiiy huquqlar toifasiga tegishli ekanligi, ya’ni bu huquq inson paydo bo‘lgandan boshlab u bilan birga vujudga kelishini e’tirof etish mumkin. Shu bilan birga, suvdan foydalanish huquqi kishilarga vakolatli davlat organlarining me’yoriy hujjatlarida belgilangan tartibda ham berilishi mumkinligini ta’kidlasa bo‘ladi. Bunda u taqdim etilgan huquq ahamiyatini o‘zida mujassam etadi.
Yuridik va jismoniy shaxslarga qonun bilan suvdan foydalanish huquqi e’tirof etilgan bo‘lishi mumkin, ammo ular bu huquqdan amalda foydalanmayotgan bo‘lishlari mumkin. Shunday holatlarda ham biz ularni suvdan foydalanish huquqiga ega deb hisoblaymiz.
Suvdan foydalanish huquqini tor ma’noda yuridik va jismoniy shaxslarning qonun normalarida belgilangan tartibda suvlarni foydalanish uchun berish orqali vujudga kelgan huquq va majburiyatlar yig‘indisi tarzida tushunish mumkin.
Suvdan foydalanish huquqi ushbu subyektlarning o‘z huquqlarini ayni paytda amalga oshirishga xizmat qiladi.
Suvdan foydalanish huquqi suv huquqining mustaqil institutlaridan biri hisoblanadi. Suv huquqi munosabatlari ijtimoiy munosabatlarning mustaqil turi sifatida o‘z doirasi va ichki mazmuniga ega. Bu birlikni biz suv boyliklaridan kelajakni o‘ylab oqilona foydalanish, suv boyliklarini iqtisoddagi o‘rni va rolida ko‘rishimiz mumkin.
Suvdan foydalanish huquqi institutini kompleks huquq instituti, deb hisoblash mumkin. Chunki bu huquq instituti asosini tashkil etgan huquqiy normalarni bitta qonunda emas, balki bir necha qonunlarda uchratish mumkin. Chunonchi, suvdan foydalanish huquqi institutiga tegishli bo‘lgan qoidalarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Yer kodeksi, Fuqarolik kodeksi, Soliq kodeksi, Jinoyat kodeksi, Ma’muriy javobgarlik kodeksi, «qishloq ho‘jaliklari kooperativlari (shirkat ho‘jaligi) to‘g‘risida»gi, Fermer ho‘jaligi to‘g‘risida”gi, “Dehqon ho‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlarda uchratish mumkin. Suvdan foydalanish huquqi instituti o‘zida bir qancha subinstitutlarni mujassam etadi. Ushbu subinstitutlarni suvdan foydalanish huquqining subyektlari va obyektlari tarkibiga qarab turkumlash mumkin. Masalan, yuridik shaxslarning suvdan foydalanish huquqi, fuqarolarning suvdan foydalanish huquqi, suvdan foydalanish huquqi obyektiga qarab esa qishloq ho‘jalik maqsadlarida suvdan foydalanish, baliq ovlash maqsadida suvlardan foydalanish, energetika maqsadida suvdan foydalanish va xokazo.
Demak, suvdan foydalanish huquqi suv huquqining mustaqil va markaziy institutlaridan biri ekanligi, bu institut o‘zida yer, fuqarolik, soliq, ekologiya, qishloq ho‘jaligi va boshqa huquq soxalari normalarini mujassamlashtirishi, ya’ni bir qator subinstitutlardan iborat ekanligi to‘g‘risida fikr bildirish mumkin.
Suvdan foydalanish huquqining subyektlari bo‘lib, «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 18 — moddasiga ko‘ra mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar, dehqon ho‘jaliklari va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hisoblanadilar.
Suv fondiga daryolar, ko‘llar, suv obmorlari, boshqa yer usti suv xavzalari va manbalari, kanal va xovuzlarning suvlari, yer osti suvlari, muzliklar kiradi. Amaldagi suv va suvdan foydalanish qonunchiligiga binoan mamlakatimiz xududidagi barcha suvlar yagona davlat suv fondini tashkil etadi (4—modda). Ana shu suv fondi suvdan foydalanish huquqining obyekti bo‘lib hisoblanadi.
Davlat suv fondi yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va vaqtincha foydalanishga beriladi. Muddati avvaldan belgilanmagan holda foydalanish — doimiy foydalanish deb e’tirof etiladi. Suvdan vaqtincha foydalanish muddati: qisqa — uch yilgacha va uzoq — yigirma yilgacha bo‘lishi mumkin.
Suv obyektlaridan vaqtincha foydalanish muddatlari suvdan foydalanuvchi manfaatdor tomonlar iltimosnomasiga binoan, shu suv obyektlarini tanxo foydalanish uchun berish to‘g‘risida qaror chiqargan yoki undan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma bergan davlat organlari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling