«yurisprudensiya»


Suvdan foydalanish turlari


Download 1.39 Mb.
bet32/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

3. Suvdan foydalanish turlari
Suvdan foydalanish huquqini bir necha turlarga bo‘lish mumkin. Bulardan birinchisi suvdan asosiy maqsadga muvofiq foydalanishni ko‘rsatish mumkin. Bular:
a) aholining ichimlik suvga bo‘lgan ehtiyojlarini, maishiy, davolash, kurort, sog‘lomlashtirish, xordiq chiqarish va boshqa ehtiyojlarni, b) qishloq ho‘jaligi, v) sanoat, energetika, transport, g) baliqchilik ho‘jaligi hamda boshqa davlat yoki jamoat ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanishga bo‘linadi.
Suvdan foydalanish huquqining navbatdagi turi bo‘lib umumiy va maxsus foydalanish hisoblanadi.
Suvdan umumiy foydalanish deganda suvning holatiga ta’sir qiladigan inshootlar yoki texnikaviy qurilmalarni qo‘llamay foydalanishga aytiladi. Suvdan maxsus foydalanish deb esa inshootlar yoki qurilmalarni qo‘llanish yo‘li bilan foydalanish tushuniladi. Inshootlari yoki texnikaviy qurilmalarni qo‘llamay turib, ammo suvning holatiga ta’sir qiladigan tarzda suv obyektlaridan foydalanish h.am ayrim hollarda suvdan maxsus foydalanish turiga kiritilishi mumkin. Suvdan umumiy va maxsus foydalanish turlarining ro‘yxati suv ho‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish, sanitariya nazorati, geologiya va mineral resurslar organlari tomonidan belgilab qo‘yiladi.
Navbatdagi suvdan foydalanish huquqining turlariga suvdan birgalikda va tanxo foydalanishni ko‘rsatish mumkin Birgalikda foydalaniladigan suv obyektlari jumlasiga tanho foydalanish uchun berilmagan suv obyektlari kiritiladi.
Tanxo foydalaniladigan suv obyektlariga maxalliy xokimiyat organlari qarori asosida biron korxona, tashkilot va muassasaga butunlay yoki qisman berib qo‘yilgan suv obyektlari kiradi.
Suvdan birlamchi va ikkilamchi foydalanish uning navbatdagi turi hisoblanadi.
Tanho foydalanmoq uchun suv obyektlari berib qo‘yilgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar — suvdan birlamchi foydalanuvchilar hisoblanib, ular suv ho‘jaligi va tabiatni muxofaza qilish organlari bilan kelishib, boshqa korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolarga suvdan ikkilamchi foydalanish uchun ruxsat berishga haqlidirlar.
Suvdan ikkilamchi foydalanish uchun berilgan ruxsatnomada suv obyektini berish maqsadi va undan foydalanishning asosiy shartlari ko‘rsatiladi.
Zarur hollarda suvdan ikkilamchi foydalanish shartlari, taraflarning o‘zaro huquq va burchlari suvdan birlamchi hamda ikkilamchi foydalanuvchilar o‘rtasidagi shartnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Suvdan birlamchi foydalanuvchi suvdan ikkilamchi foydalanuvchining butun suv ho‘jaligi faoliyati uchun javobgar bo‘ladi.
Suvdan ikkilamchi foydalanuvchi, basharti suvning tegishli ulushini suvdan birlamchi foydalanuvchi o‘zlashtirib olgan yoki undan foydalangan taqdirda, unga nisbatan davo qo‘zg‘ashga va yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilishga haqlidir.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling