«yurisprudensiya»


-mavzu BOB. SUV qONUNCHILIGINI BUZGANLIK UCHUN YURIDIK JAVOBGARLIK


Download 1.39 Mb.
bet35/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

9-mavzu BOB. SUV qONUNCHILIGINI BUZGANLIK UCHUN YURIDIK JAVOBGARLIK
Reja:
1. Suv qonunchiligini buzganlik uchun yuridik javobgarlik tushunchasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari
2. Suv qonunchiligini buzganlik uchun ma'muriy va intizomiy javobgarlik
3. Suv qonunchiligini buzganlik uchun fuqarolik huquqiy javobgarlik
4. Suv qonunchiligini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik


1. Suv qonunchiligini buzganlik uchun yuridik javobgarlik tushunchasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari
Suv resurslaridan oqilona foydalanishda yuridik javobgarlik, ya’ni suvdan foydalanish qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan jazo choralarini samarali qo‘llash muhim rol o‘ynaydi. Chunki, suvlardan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun jazo choralarini belgilovchi huquq normalari davlat organlari, korxona, muassasa, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasining amaldagi suv to‘g‘risidagi qonunlariga og‘ishmay rioya qilishlari, suvdan foydalanuvchilarning buzilgan huquqlarini tiklash va umuman, suv munosabatlari sohasidagi qonunlarga izchil rioya qilinishini ta’minlashda alohida ahamiyatga egadir.
Suv qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy, intizomiy, faqarolik, jinoiy jazo choralari qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunda yuridik javobgarlikning belgilanmaganligi sababli suvdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun boshqa: mehnat, ma’muriy, fuqarolik, jinoyat qonunlarida nazarda tutilgan jazo choralari qo‘llaniladi. Shuni ham aytish lozimki, ushbu qonunlarda belgilangan jazo choralarini qo‘llash uchun suvdan foydalanish qoidalarining buzilishi bilan bir vaqtda mehnat, ma’muriy va boshqa qonun normalari ham buzilgan bo‘lishi lozim.
Suv qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlikka tortishning asosi bo‘lib, suv huquqbuzarligining sodir etilganligi va shu turdagi huquqbuzarliklar uchun qonunda javobgarlikning mavjud ekanligi hisoblanadi. Suv qonunchiligida javobgarlikka tortish asosi hisoblangan quyidagi huquqbuzarlik turlari sanab ko‘rsatilgan: suvdan foydlanish huquqini boshqaga berish hamda davlatning suvga egalik huquqini oshkora yoki yashirin shaklda buzish;
 suv obyektlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish yoki suvdan o‘zboshimchalik bilan foydalanish;
 suvdan foydalanish limitlarini buzish daryolarni bulg‘ash, va iflos qilish;
 suvni bulg‘ash va ifloslashning yoki suv yetkazadigan zararli ta’sirning oldini oladigan inshootlari va qurilmalari bo‘lmagan korxonalarni, kommunal obyektlarni va boshqa obyektlarni ishga tushirish;
 suvdan (suv obyektlaridan chiqarib yoki ajratib olingan suvdan) xo‘jasizlik bilan foydalanish;
 suv havzalarida suvni muhofaza qilish rejimini buzib, uning iflos bo‘lishi, tuproqni suv yuvib ketishi va boshqa zararli xodisalar ro‘y berishiga sabab bo‘lish;
 suv xo‘jaligi inshootlari va qurilmalariga shikast yetkazish va ularni vayron qilish;
 suv xo‘jaligi inshootlari va qurilmalarini ishlatish qoidalarini buzish;
 suvning holatiga ta’sir qiluvchi to‘siqlar, nasos stansiyalari va boshqa inshootlarni o‘zboshimchalik bilan qurish;
 suv haqi va suvdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun solingan jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamaslik;
 rejalarda ko‘zda tutilib, suvni bulg‘anish, ifloslanish va kamayib ketishdan saqlash, shuningdek suv holati va rejimini yaxshilashni ta’minlovchi gidrotexnika, texnologiya, o‘rmon-melioratsiya, sanitariya-texnika tadbirlari va boshqa tadbirlarni amalga oshirmaslik;
 vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish;
 foydalanish va kuzatish quduqlarini yo‘q qilib tashlash yoki ularga zarar yetkazish;
 suv quduqlarini burg‘ulashning belgilangan qoidalari va texnologiyasini buzish;
 suvni muhofaza qilish inshootlari va qurilmalarini qu-rishning me’yoriy muddatlarini barbod qilish;
 qurilishi tugallanmagan suvni muhofaza qilish inshootlarini ularning samarali ishlashiga salbiy ta’sir etuvchi kam-ko‘stni to‘g‘rilamay va loyihadan chetga chiqishlar bilan foydalanishga topshirish;
 suvni muhofaza qilish tegralariga rioya etmaslik;
 suvdan foydalanganlik haqidagi davlat hisobotlarini taqdim etmaslik yoki ushbu ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish;
 tabiatni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshi-ruvchi organlarning ko‘rsatmalarini bajarmaslik;
 alohida qo‘riqlanadigan suv obyektlari rejimini buzish.
Yuqorida aytilganlardan suvdan foydalanish huquqini buzganlik uchun javobgarlikka suvdan samarali va oqilona foydalanishga hamda suvdan foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan huquq normalarida o‘z ifodasini topgan ma’lum choralar tizimidir, deb ta’rif berish mumkin.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling