«yurisprudensiya»


Suv qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy va intizomiy javobgarlik


Download 1.39 Mb.
bet36/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

2. Suv qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy va intizomiy javobgarlik
Ma’muriy nojo‘ya xatti-harakat sodir qilinganida, suvdan foydalanish qoidalari buzilganda suv qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik kelib chiqadi. O‘zbekiston Respublikasi «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi kodeksining 10-moddasiga ko‘ra, aybdorlar ma’muriy javobgarlikka qilmish o‘z hususiyatiga, ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘lmagan taqdirda amalga oshiriladi. Uni bu huquqbuzarlik uchun javobgarlik jinoiy javobgarlikdan ijtimoiy xavfi kamroq ekanligi, tezlikda qo‘llash mumkinligi va sudlanganlik holatini keltirib chiqarmasligi bilan farq qiladi.
Suv qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik suv zaxiralarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, suv xo‘jaligi inshootlari va qurilmalarini shikastlantirish, suvdan foydalanish qoidalarini buzish kabi nojo‘ya harakatlar sodir etilganida vujudga keladi.
Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi kodeksining 25-moddasiga binoan jarima ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsdan davlat hisobiga pul undirishdir. Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlarga nisbatan: jarima, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish; muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish; ma’muriy qamoqqa olish kabi jazo choralaridan biri qo‘llanilishi mumkin.
Suvdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy jazo choralarini qo‘llash tuman, shahar hokimliklari huzuridagi ma’muriy komissiya, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, tuman, shahar sudlari, ichki ishlar organlari, davlat inspeksiyasi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi Kodeksining 72-moddasida suv zaxiralarini muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan bo‘lib, suvlarni iflos qilish, suv to‘plag‘ich inshootlarida suvni muhofaza qilish rejimini buzish fuqarolarga eng kam oylik ish haqining uchdan bir qismining bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi. Korxonalar, kommunal va boshqa obyektlarni suvlarning ifloslanishi va bulg‘anishi yoki ularni zararli oqibatlarining oldini oluvchi inshootlar va qurilmalarsiz foydalanishga topshirish, shuningdek suv obyektlarining tabiiy holatini buzuvchi boshqa harakatlar qilish – mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
Suv quduqlarini qazishning belgilangan qoidalari va texnologiyasini buzish, ishlatilayotgan va kuzatuv quduqlarini yo‘q qilib yuborish yoki shikastlantirish, suvning o‘zi chiqadigan quduqlarni tartibga soladigan qurilmalar bilan jihozlash, shuningdek ishlatishga yaroqsiz quduqlarni konservatsiya qilish yoki yo‘q qilish choralarini ko‘rmaslik, sifatli yer osti suvlari xosil bo‘ladigan tegrada yer osti suvlarining ifloslanishi yoki ular sifatining yomonlashuvi manbai bo‘lib qolishi mumkin bo‘lgan sanoat, qishloq xo‘jalik inshootlari va boshqa obyektlarni joylashtirish – fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa – fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi, deb ko‘rsatilgan.
Ushbu kodeksning 74-moddasida esa suvdan xo‘jasizlarcha foydalanish, gidrotexnika ishlarini o‘zboshimchalik bilan boshqarish, suvdan foydalanish limitlari va rejalarini buzgan holda suv olish, shuningdek loyihada nazarda tutilgan baliqlarni muhofaza qilish inshootlari va qurilmalari bo‘lmagan ustki suv manbalaridan suv olishni amalga oshirish - fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda, mansabdor shaxslarga esa – eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘lishi, agar xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroriy sodir etilgan bo‘lsa, fuqarolarga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan yetti baravarigacha jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 75-moddasida esa suvlarning davlat hisobini yuritish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan bo‘lib, suv obyektlaridan olinadigan va ularga qo‘yiladigan suv miqdorining dastlabki hisobini yuritish va oqib kelib qo‘shiladigan suvlar sifatini aniqlash qoidalarini buzish, shuningdek davlat suv kadastri yuritishning belgilangan tartibini buzish mansabdor shaxslarga – eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solish belgilangan.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa – mansabdor shaxslarga eng kam oylik ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 76-moddasida suv xo‘jaligi inshootlari va qurilmalarini shikastlantirgan fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha jarima solinishi ushbu inshoot va qurilmalardan foydalanish qoidalarini buzgan mansabdor shaxslarga nisbatan – bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solinishi belgilab qo‘yilgan.
Suvdan foydalanishga oid huquqbuzarlikning ijtimoiy xavfi ma’muriy nojo‘ya harakat darajasida bo‘lmasa, bunday huquqbuzarlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi. Intizomiy javobgarlik huquqiy ta’sir chorasi sifatida o‘zlarining xizmat faoliyatlari, suv xo‘jaligi yoki jamoat tashkilotlariga a’zo bo‘lagan intizomiy nojo‘ya harakat sodir etgan shaxslarga qo‘llaniladi. Bu javobgarlik suvdan foydalanish qoidalarini buzishga qaratilgan quyidagi nojo‘ya xatti harakatlar: suvdan foydalanishga oid mehnat majburiyatlari bajarilmaganda, texnika qoidalarini buzishga olib kelgan sifatsiz ish qilinganida intizomiy javobgarlik vujudga keladi. Xo‘jaliklarning mansabdor shaxslari mehnatni o‘z vaqtida tashkil qilmaganlarida, suv inshootlarini muhofaza qilish choralarini ko‘rmaganlarida intizomiy javobgarlikka tortiladilar.
Intizomiy jazo choralari jamoa, davlat yoki boshqa kooperativ suv tashkilotlarining ustavi yoki nizomlarida belgilab qo‘yiladi. Intizomiy jazo choralari sifatida: hayfsan, o‘rtacha oylik ish haqining 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima, mehnat shartnomasini bekor qilish va boshqalar qo‘llaniladi.
Intizomiy jazo choralari suvdan foydalanish qodalarini buzgan mansabdor shaxslarga shu suv fondi joylashgan xo‘jalikning umumiy yig‘ilishi tomonidan, fuqarolarga esa xo‘jalik boshqaruvi tomonidan beriladi.
Intizomiy jazo choralarini qo‘llashda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining intizomiy javobgarlikka bag‘ishlangan umumiy qoidalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Har bir jamoa, davlat yoki boshqa kooperativ suv jamoalari o‘z ustavi yoki nizomini ishlab chiqish va qabul qilishda, intizomiy jazo choralarini belgilashda mehnat qonunidagi qoidalardan asos sifatida foydalanishi mumkin.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling