«yurisprudensiya»


-mavzu IJTIMOIY-MAISHIY VA SOG’LOMLASHTIRISH MAQSAD- LARDA SUVDAN FOYDALANISH HUQUQI


Download 1.39 Mb.
bet39/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

10-mavzu IJTIMOIY-MAISHIY VA SOG’LOMLASHTIRISH MAQSAD- LARDA SUVDAN FOYDALANISH HUQUQI
Reja:
1. Aholini ijtimoiy-maishiy zaruratini qondirishda suvdan foydalanish huquqi
2. Da'volash, sog‘lomlashtidrish va kurort maqsadlarida suv ob'ektlaridan foydalanish


1. Aholini ijtimoiy-maishiy zaruratini qondirishda suvdan foydalanish huquqi
O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanishi milliy strategiyasining asosiy maqsadi – fukarolarni toza atrof tabiiy muhitga ega bo‘lish xuquqini ta’minlab beradigan mamlakatimizniing iqtisodiy va siyosiy mustaqilligini kafolatlovchi bozor munosabatlari institutlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan yangi va o‘ta samarador iqtisodiy tuzilmasini yaratishdir1.
2003 yil 1 sentyabrda bo‘lib o‘tgan Halqaro Dushanba Forumida toza suv bo‘yicha “Markaziy Osiyo davlatlarining barqaror rivojlanish tashabbusi” qabul qilindi. Unda mazkur mintakada toza suvdan foydalanish va unga ega bo‘lishning qo‘yidagi asossiy vazifalari belgilanib olindi:
- 2010 yilda sug‘oriladigan yerlar uchun suvdan samarasiz foydalanishni 20 foizgacha kamaytirish;
- kundalik ichimlik suvidan me’yorini har bir kishi uchun shaharda 200 litrga, qishloqda 100 litrgacha tushirish;
- vodoprovod tarmoqlari orqali suv ta’minotini shaharda 99 foizgacha, qishloqda esa 60 foizgacha ko‘paytirish;
- sanoatda qaytmaydigan suv sarfi salmog‘ini 30-40 foizgacha kamaytirish.
Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 25-moddasida Respublikamizda suv obyektlaridan, avvalo, aholining ichimlik suvga va uning maishiy extiyojlarini qondirish uchun foydalanishga berilishi alohida urg‘ulgan.
Ochiq suv havzalaridan aholini sog‘lomlashtirish va ijtimoiy –maishiy maqsadlarda foydalanishi, ya’ni daryolar, ko‘llar, buloqlar, suv omborlari va boshqalardan maxsus inshootlar va texnik vositalarsiz foydalanishlari –aholining suvdan umumiy foydalanishlari deb ataladi va u bepul amalga oshiriladi. Aholining suvdan umumiy foydalanishi eng ko‘p tarqalgan suvdan foydalanish turi hisoblaniladi. Umumiy foydalanishga kishilarning suvdan ichimlik suvi sifatida foydalanishlari va uy hayvonlarining suvga bo‘lgan ehtiyojlarini kondirishi, ovqat tayyorlashi, cho‘milishi, kir yuvishi, xonaki va madaniy o‘simliklarga suv quyishi misol bo‘la oladi.
Umumiy va maxsus suvdan foydalanish masalasi ko‘rilganda, asosiy diqqat kommunal xo‘jalikning vodoprovod tarmoqlaridagi ichimlik va texnik suvdan foydalanishga qaratilishi zarur. Bunday munosabatlar fuqarolik huquqining predmeti hisoblanadi va u doimo o‘zgarib turadi. Masalan, poytaxtda vodoprovod va kanalizatsiyalar orqali suvdan foydalanish normalarining so‘ngi tarifi Toshkent shahar hokimi apparati Moliya bosh boshqarmasining 2003 yil 6 maydagi buyrug‘i bilan qabul qilindi va u 2003 yil 1 iyuldan amalga tadbiq qilindi. Buyruqqa binoan kishilar suvdan vodoprovodlar orqali foydalanishlari uchun har bir m/kubgaq 22 so‘m 00 tiyin; kanalizatsiyalar orqali 10 so‘m 50 tiyin miqdorida pul to‘lashlari kerak. Aholining suvdan ichimlik va maishiy maqsadlarda foydalnishi uchun to‘lov miqdorini o‘rnatish jarayoni juda murakkab bo‘lib, u 1-jadvalda ko‘rsatilgan holatlarni inobatga olgan tarzda quyidagicha o‘rnatiladi.
Hamamizga ma’lumki, Markaziy Osiyo mintaqasida suv hayot manbai va eng qimmatli tabiat resursi hisoblanadi. Mintaqaning asosiy suv arteriyasi bo‘lib Amudaryo va Sirdaryo hisoblanadi.
1-jadval
Aholini ichimlik va maishiy maqsadlarda suvdan foydalanish me’yorlari va oylik to‘lov t a r i f l a r i
Obodonlashtirilgan-lik kodi va uning darajasi Bir kishi uchun suvning xarajat me’yo-ri, sutka Bir ki-shi uchun oqova suv me’yori, sutka Bir kishi uchun oylik to‘lov miqdori, so‘m. tiyin
Kanalizatsiyasi yo‘q uylarda
2. Hovlidan suv olish 94 0 62 -90
3. Hojatxonasi bor bo‘lgan hovlidan suv olish 155 0 103 – 72
4. Rakovina (chanoq) orqali ichki vodoprovoddan suv olish 122 0 81- 64
5. Rakovina (chanoq) va hojatxona(unitazi bilan) orqali ichki vodoprovoddan suv olish 183 0 122-46
6. Rakovina (chanoq va hammomi yoki dushi bilan) orqali ichki vodopro-voddan suv olish 216 0 144 – 54
7. Rakovina (chanoq, hammomi yoki dushi hamda hojatxona(unitazi) bilan) orqali ichki vodoprovoddan suv olish 277 0 185 - 36
Kanalizatsiyasi bor uylarda
8. Rakovina (chanoq) orqali ichki vodoprovoddan suv olish 143 143 141 – 36
9. Rakovina (chanoq) va hojatxona (unitazi bilan) orqali ichki vodoprovoddan suv olish 179 179 179 – 95
10. Rakovina (chanoq va hammomi yoki dushi bilan) orqali ichki vodoprovoddan suv olish 248 248 245 – 14
11. Rakovina (chanoq,hammomi yoki dushi hamda hojatxona (unitazi) bi-lan) orqali ichki vodoprovoddan suv olish 248 248 282 – 74
Markazlashgan issiq suv ta’minotiga ega bo‘lgan uylarda
12. Rakvina, unitaz, vanna (yoki dush bilan) orqali ichki vodoprovoddan suv olish 330 429 375 – 84
13. Yo‘lak tipidagi yotoqxonada 171 222 185 – 33
14. Seksiya tipipdagi yotoqxonada 281 365 304 - 61
Sug‘orish maydoni
Xususiy sektorga ko‘ra xisoblovchi ko‘rsatkich orqali to‘lash kanalizatsiyalangan uyda:
m/ 3 32 - 00
1 kv.m. 122 - 46
kanalizatsiyalanmagan uyda 22 – 00
Ko‘up qavatli uylarning xonadonlarida 1 kub.m. uchun 35 – 65
(koefitsiyentni hisobga olgan holda issiq suv uchun 1,3).
O‘zbekiston Respublikasida ichimlik suvi bilan ta’minlashning 80foizi yer osti suvi hisobiga amalga oshiriladi. Ichimlik suvining umumiy istiqbolli bahosining Respublika bo‘yicha bir kishi uchun miqdori 17 kub/km tashkil etadi. Hozirgi kunda umumiy o‘rtacha yillik iste’mol qilish esa yiliga 10 kub/km tashkil etadi, jumladan maishiy-xizmat zarurati uchun 3 kub/km dan ko‘proqdir.
Hozirgi kunda qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlari ichimlik suvi bilan ta’minlanish imkoniyati shu kunda yetarli darajada. Lekin kelajakda ushbu imkoniyat kamayishi aniq. Bunday holat Jizzax va qashqadaryo viloyatlarida xam yuzaga kelishi mumkin. Chunki ushbu viloyatlarda ichimlik suvi tarkibida suvda yengil eruvchan tuzlarning miqdori 1,5-3 grammni va undan ortiqni tashkil etmoqda va shuning uchun ham ular toza ichimlik suvi darajasida baholanmaydi.
Respublikaning boshqa viloyatlarida chuchuk suvning zaxirasi hozircha yetarli, lekin kelajakda ular ham kamayishi mumkin.
Yer osti va ustki suv resurslarini saqlash, ularning zaxiralarini ko‘paytirish uchun yerlarni melioratsiya qilish va qishloq aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlashning Davlat dasturlari ishlab chiqilgan va ularni amalga tadbiq qilishning kompleks tadbirlari rejasi yaratilmoqda.
Yangi va rekonstruksiya qilingan korxonalar va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ishga tushirishda, hamda suvning sifatiga salbiy ta’sir qiluvchi yangi texnologik tizimlarni joriy qilishda aholi salomatligini muhofaza qiluvchi talablarga rioya qilish, birinchi navbatda ularning maishiy va ichimlik suviga bo‘lgan talabini qondirish o‘ta muhim masala hisoblaniladi. Bunda, albatta, quyidagi choralarni nazarda tutmok talab etiladi:
- suv obyektlaridan foydalanish uchun olinadigan va ularga qaytarib tashlanadigan oqova suvlarni hisobga olish;
- suvlarni ifloslanish, turli xil chiqindilar bilan ifloslanib uning yo‘lini to‘suvchi holatlardan muhofaza qilish;
- suvning salbiy ta’sirini oldini olish;
- yerlarning namini zarur miqdorda ushlab turish va ularni zax bo-sishdan asrash;
- yerni eroziya jarayonlaridan asrash;
- suvlarni muxofavza qiluvchi kulay tabiiy sharoit va yer usti land-shaftlarini saqlab qolish.
Suvning holatiga ta’sir etuvchi korxonalar, inshootlar va boshqa obyektlarni quriladigan joylarini belgilab olish «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 13-moddasiga muvofiq Mahalliy hokimiyatning boshqaruv organlari, qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish, Sanitariya nazorati, Geologiya va mineral resurslari va hamda boshqa organlar bilan kelishgan holda boshqaruv hujjatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suvning holatiga ta’sir etuvchi korxonalar, inshootlar va boshqa obyektlarni qurilish loyihalarini kelishib olish davlat ekspertizasidan o‘tkaziladi. Davlat ekspertizasi qishloq va suv xo‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar hamda boshqa davlat organlari bilan hujjatiga muvofiq belgilanadi.
Suvning bug‘lanishi va ifloslanishi yoki zararli ta’sir ko‘rsatishining oldini oluvchi qurilmalar bilan ta’minlanmagan, yangi va ta’mirlangan korxonalar, sexlar, agregatlar, kommunal va boshqa obyektlarni ishga tushirish qonunning 15-moddasiga binoan qo‘yidagi holatlarda man etiladi:
-loyihalarda nazarda tutilgan yerlarning suv bosishi, zaxlanishi, botqoqlanishi, sho‘rlanishi hamda tuproq eroziyasining oldini olish tadbirlari amalga oshirilmaguncha sug‘orish va suv bilan ta’minlash tizimlarini, suv omborlari va kanallarni ishga tushirish;
- tasdiqlangan loyihalarga muvofiq, suv to‘planadigan va boshqa in-shootlarni qurib bitkazmay turib, zax qochirish tarmoqlarini ishga tushirish;
- tasdiqlangan loyihalarga muvofiq baliqlarni saqlab qolish qurilmalari bo‘lmagan suv olish inshootlarini ishga tushirish;
- tasdiqlangan loyihalarga muvofiq. Toshqin suvlarni va baliqlarni o‘tkazib yuboradigan qurilmalari tayyor bo‘lmagan gidrotexnika inshooatlarni ishga tushirish;
- yer osti suv zaxiralari tasdiqlanmagn guruhli suv olish inshoatlarini ishga tushirish;
- suvni tartibga soluvchi kurilmalar bilan ta’minlamay turib va tegishli hollarda sanitariya muhofazasi tegralarini belgilamay turib, suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduqlarni ishga tushirish taqiqlanadi. Shuningdek, suv omborlarini ularning o‘zanini loyihada ko‘rsatilgandek, tayyor qilib qo‘yish tadbirlari amalga oshirilmagunga qadar suv bilan to‘ldirish taqiqlanadi.
qonunning 17-moddasida suv obyektlarida suvni muhofaza qilish tegralari va sohil bo‘ylarida qilinadigan ishlarni bajarish tartibi o‘rnatilgan. Unga binoan suv obyektlarining soxil bo‘ylarida suv obyektlarining bulg‘anishi, ifloslanishi va kamayib ketishini oldini olish, ularning maqbul suv rejimi va tegishli holatini saqlab turishga mo‘ljallangan suvni muhofaza qilish tegralari va qirg‘oq bo‘yi mintaqalarida muayyan tegralar ajratiladi.
Suvning tarkibiga ta’sir etuvchi suv ob’ktlaridagi suvni muhofaza qiluvchi zonalar va qirg‘oq bo‘ylaridagi tegralarda qurilish, uzan tubini chuqurlashtirish va portlatish ishlari, foydali qazilmalar va suv o‘simliklarini olish, kabellar va boshqa kommunikatsiyalar o‘tkazish, daraxtlarni kesish, parmalash, qishloq xo‘jaligi ishlari va boshqa xil ishlar (UzR 421- 1, 25.04.97- raqamli) boshqaruv hujjatlari asosida mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, tabiatni muhofaza qilish, qishloq va suv xo‘jaligi organlari va boshqa organlar bilan kelishgan holda olib boriladi. Suvning holatiga ta’sir qiluvchi barcha ishlar qonun talablariga muvofiq ravishda, ilmiy asoslangan me’yor va qoidalar asosida qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi hamda kommunal xo‘jaligining manfaatlarini inobatga olgan tarzda olib boriladi.
Alohida davlat ahamiyatdagi yoki ilmiy madaniy qimmatga va qadriyat-larga ega bo‘lgan suv ob’etlaridan foydalanish qonunning 20-moddasiga bi-noan qisman yoki to‘liq man etilishi mumkin. Chunki ushbu obyektlar har bir davlatning siyosiy, iqtisodiy va eqologik xavfsizligini ta’minlashning muhim elementi hisoblaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining suv resurslariga oid barcha dasturlarini hayotga tadbiq qilish (jumladan, qishloqning 2000 yilgacha ijtimoiy infrastrukturasining rivojlanishi dasturi, qishloq aholisini ichimlik suv va gaz bilan 1995-2000 yillargacha bo‘lgan davrda ta’minlanish rejasi) ichimlik suvidan foydalanishni 2001 yilga kelib qishloq joylarda 72 foizga oshirdi. XX asrning 90-yillarida bu Raqam atigi 52 foizni tashkil etgan edi, holos.
Orol va Orol bo‘yidagi eqologik muammolarni hal qilish, shuningdek, halkaro suv obyektlaridan foydalanish muammolari Markaziy Osiyo davlatlarining birgalikdagi harakatlari bilan amalga oshirilishi mumkinligi hech kimga sir emas. Ushbu muammo yuzasidan 1993 yil Toshkent va qizil O‘rda shaharlarida, 1995 yil Nukusda, 1996 yil Toshkent va Nukusda Markaziy Osiyo davlat boshliqlarining oliy darajadagi uchrashuvlarida bosh masala bo‘lib turgan. 1993 yil qizil O‘rda shaxridagi uchrashuvda esa MKVK- davlatlararo muvofiqlashtiruvchi tashqiliy – boshqaruv kengash tuzildi. Mazkur davlatlararo tashkilot Sirdaryo va Amudaryo suvlaridan birinchi navbatda aholining ichimlik va maishiy extiyojlarga bo‘lgan talabini qondirish masalalarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda biz darslikning aloxida bobida so‘z yuritamiz.
Hozirda O‘zbekiston Respublikasi davlat investitsiya dasturlarining eng dolzarb masalalaridan biri aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashda yer osti suvlaridan o‘ta samarador foydalanish hisoblanadi. Chunki, aynan, yer osti suvlari ushbu muammoni hal qilishda katta imkoniyatlarni ochib berishi mumkin. Undan tashqari, yer osti suvlari, yer ustki suvlariga nisbatan, turli foydali tuzlar, fosfor, yod, kalsiy, magniy kabi kimyoviy moddalarga boydir. Shuning uchun xam qonunning 40-moddasida aholining iste’moli, maishiy va boshqa extiyojlari uchun suv obyektlari alohida toifa sifatida ajratiladi. Ajratish suvning sifatini belgilovchi sanitariya talablari va davlat standartlariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
qonunning 41-moddasida belgilanishicha aholini markazlashgan tarzda suv bilan ta’minlash maqsadida suv obyektlaridan foydalanilganda, o‘zining kundalik boshqaruvida, egaligida yoki foydalanishida xo‘jalik-ichimlik vodoprovodlari bo‘lgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar suv olish inshootlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihalariga va ichimlik suv olish hamda uni iste’molchilarga yetkazib berish uchun suvdan maxsus foydalanish ruxsatnomalariga muvofiq suv ta’minoti manbalaridan suv olishga xaqlidirlar. Ushbu yuridik shaxs maqomidagi subyektlar olgan suvlarini xisobga olib boradilar, suv bilan ta’minlash manbalaridagi suvning sifatini muntazab tekshirib turadilar va manbalarda suv sifatini uzgarganligi xaqida tabiatni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar, konchilikni nazorat qilish davlat idoralari, sanitariya nazorati organlariga hamda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlariga ma’lumotlar berib turishlari shart.
Suv olish inshootlaridan foydalanish, mahalliy hokimiyat organlari va o‘z-o‘zini boshqarish organlari tomonidan belgilab qo‘yilgan qoidalar asosida olib boriladi. Suvdan foydalanuvchilar esa suv olish inshootlarining sanitariya-texnik holatini ta’minlab turishlari kerak.
qonunning 43-moddasida ichimlik va maishiy maqsadlardan boshqa maqsadlarda yer osti suvlaridan foydalanish, qoidaga binoan, man etiladi. Lekin yer usti chuchuk suv zaxiralari bulmagan hududlarda qonunning 30-moddasiga muvofiq limit asosida ruxsat etiladi. Bu ruxsatnomani tabiatni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitalari organlari tomonidan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun berilishi mumkin.
Keyingi paytlarda juda ko‘p mamlakatlarda, xususan O‘zbekistonda xam aholini qadoqlangan sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash jadal ravishda rivojlanmoqda. Ushbu suvlar quduq va buloqlardan olinib, so‘ngra kuvurlar yoki mashinalar orqali iste’molchilarga yetkazilmoqda. O‘zbekistonda yer osti suv manbalari va buloqlar juda ko‘p va ularning kimyoviy tarkibi hamma eqologik, sanitariya-gigenik talablariga javob beradi va aholiga iste’mol suvi sifatida tavsiya etiladi. Yer osti gidro resurslariga boy bo‘lgan ko‘pgina mamlakatlarda aholi salomatligi uchun foydali bo‘lgan yer osti suvlaridan iste’mol qilishni afzal ko‘radilar. Ayrimlarida esa yer ustida juda ko‘p ko‘l va daryolarga ega bo‘lganiga karamay ichimlik kommunal suv iste’molida yer osti suvlaridan foydalanishni ma’qullaydi.
“Reviewss” kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda birinchi qadoqlangan «Toshkent suv» 1952 yilda ishlab chikarila boshlandi. Unga suvni «Toshminsuv» quduqlaridan, 1956 yilning 11 yanvaridan esa Semashko sanatoriyasi hududidan olib quyila boshlandi. «Toshkent suv»i ishlab chtkarilayotgan zavodga qo‘shni bo‘lib O‘zbekistonda yagona mineral suvlar asosida salomatlikni tiklovchi fizioterapiya va reabilitatsiya tibbiyot ilmiy tekshirish instituti 1965 yildan buyon faoliyat yuritib kelmokda. Hozirgi kunda Respublikamizda 100 dan ziyod ichimlik suvini qadoqlash shaxobchalari mavjud. Jumladan, Farg‘ona mineral suvi (1958 yildan buyon faoliyat yuritadi), - Samarqandda va Chortoq mineral suvlari(1969) va xakazo.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng ko‘pgina sanoat korxonalari xususiylashtirila boshlandi. Ozoq-ovqat sanoati organlari tegishli bulgan barcha ichimlik suvini qadoqlash zavodlarning deyarli hammasi hozirda aksionerlik jamiyatlariga aylantirilgan. Bu jarayon 1990 yildan, ya’ni chet el investitsiyalari oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish uchun yo‘naltirilishni boshlagan kundan beri davom etmoqda va u eng ko‘p investitsiyalar kiritilgan sanoat tarmog‘i sifatida e’tirof etilmokda. O‘zbekistonning har bir viloyatida o‘zining mahalliy qadoqlangan mineral suvi bor: Toshkentda - “Toshkent suvi”, Jizzaxda - “Bahmal”, Farg‘onada - “Zilol”, Samarqandda-“Samarqand”, Buxoroda- “Buxoroi sharif”, qashqadaryoda - “qarshi”, Surxandaryoda- “Omonxona”, qoraqlpog‘iston Respublikasida -“ Nukus”. Chetdan keltirilgan mineral suv hajmi O‘zbekiston bo‘yicha 1 foizni tashkil etsa, bu ko‘rsatgich Toshkentda 2 foiz atrofidadir. Mineral suvni chetdan Respublikamizga import qilishning hojati yo‘q.
O‘zbekistonda mineral suvlar aksariyat hollarda 50-100m chuqurlikda joylashgandir. Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra mineral suv tepaga ko‘tarilish davomida gravitatsion, biologik, energetik kuchlar ta’sirida odam organizmi uchun zarur bo‘lgan elementlar bilan boyiydi. Shuning uchun ham Halqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti toza ichimlik suv manbai sifatida aynan yer osti suvlarini ma’qul deb topadi va uning sifatini talab darajasida ushlab turishning yagona myo’erini tavsiya etadi.
O‘zbekistonda ichimlmik suvi sifatini nazorat qilish Respublika sanitariya-epidemologiya Markaziga yuklatilgan. Uning ko‘rsatmalariga muvofiq qadoqlangan mineral suvni ichish faqatgina idishlarga qo‘yilgan kundan boshlab bir oy ichida ist’emol qilmoq lozim. Chunki u keyingi oylarda o‘z foydali hususiyatini yo‘qotib qo‘yadi.
Yer osti suvlaridan jadal sur’atlarda foydalanish shunga olib keldiki, buloqlarning ochilishida mineral suvning oqishi 1952 yilda 10-15 l/sekundni tashkil qilgan bo‘lsa, hozirda atigi 1-2 l/sek, ya’ni ilgari avtomatik ravishda sekundiga 20-30 butilkaga suv to‘ldirilgan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatgich atigi 4-6 butilkaga teng, holos.
O‘zbekiston Respublikasi mineral suvlarni ishlab chiqarish kengayti-rish imkoniyatlariga ega. Gidrogeologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirgi kunda 300 dan ziyod sog‘lomlashtiruvchi mineral suv manbalari va 10 ta tuz-loyli kurortlar faoliyat yuritib kelmoqda. Ulardan 100 tasida dam olish maskanlari tashkil etilgan bo‘lib, ular asosan tog‘ va tog‘ oldi hududlarida joylashgan. Undan tashqari, mineral suvni iste’mol qilish bo‘yicha mamlakatimiz O‘rta Yevropa mamlakatlari darajasiga yetib olish imkoniyatiga ega, ya’ni hozirgidan 20 marta ko‘p mineral suv iste’mol qilishi mumkin.
Toza ichimlik suvi, suvlarni tozalovchi uskunalar va kanalizatsiya tizimi va gaz bilan ta’minlash aholini ijtimoiy muhofaza qilish va ularning yashash darajasini ko‘tarishning bosh omillaridan biri hisoblaniladi. Chunki 1991 – 1999 yillarda chuchuk suvlarning bakterialogik ko‘rsatgichlari bo‘yicha sifati ikki martaga va kimyoviy tarkibi bo‘yicha deyarli 20 foiz ko‘paydi.
Hozirgi kunda Orol dengizi havzasida sug‘oriladigan yerlarning deyarli yarmisi sho‘rlanishga moyil va bu muammo borgan sari kuchaymoqda. Amudaryo va Sirdaryolarning o‘rta va quyi oqimlaridagi sug‘oriladigan yerlar o‘rta va kuchli darajada sho‘rlangan va ushbu ko‘rsatgich keyingi 25 yil ichida ikki barobarga ko‘paygan. qurg‘oqchilik davrida suvning sho‘rlanish darajasi katta daryo deltalarida 2 g./l. yetadi, bu esa ichimlik suvdagi tuzning maksimal darajasini 1,5 g./l. ga oshirmoqda. Butun jaxon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Yevropa ittifoqi irrigatsiya tarmoklarining sho‘rlanishi oqibatida davlatlarga yetkazilayotgan yillik zarar miqdorini 2 mlrd AqSh dollari atrofida baholamoqda.
Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risidagi qonunning 57-moddasiga asosan mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari tabiiy ofat, avariyalar ro‘y bergan taqdirda va boshqa favqulotda holatlarda, korxonalar vodoprovod suvini belgilab qo‘yilgan miqdordan oshiq sarf qilib yuborgan taqdirda ichimlik suvidan sanoat maqsadlari uchun foydalanishni cheklashlari mumkin. Iste’mol suvi kategoriyasiga kiritilgan chuchuk yer osti suvlarini ishlab chiqaruvchi texnik maqsadlarda foydalanish qat’ian man etiladi. Lekin yer usti suv manbalari yo‘q bo‘lgan hududlarda ichimlik yoki foydali suvlar darajasiga kiritilmagan yer osti suvlarni (chuchuk, mineral, termal) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda texnik maqsadlarda ishlatilishi mumkin.
qonunning 74-moddasiga binoan suv obyektlariga oqova suvlarni oqizish uchun ular tabiatni muhofaza qilish va sanitariya nazorati organlari tomonidan belgilngantartibda ruxsat etiladi. qonunda ko‘rsatilgan qoidalar buziladigan bo‘lsa, oqova suvlarni tashlash cheklanadi, to‘xtatiladi yoki taqiqlanadi. Aholining sog‘ligiga xatarli hollarda, oqindi suvlarni tashlash va ishlab chiqarish obyekti faoliyatini to‘xtatish talab etiladi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling