«yurisprudensiya»


qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanishni rejalashtirish va uning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 1.39 Mb.
bet42/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

2. qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanishni rejalashtirish va uning o‘ziga xos xususiyatlari
Suv resurslaridan oqilona, davriy va samarali foydalanishni olib borish maqsadida qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish rejalashtiriladi. Mazkur rejalashtirish «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonuning 48-moddasi, «Suvdan foydalanishning ichki xo‘jalik rejalarini tuzish olib borishga doir yo‘riqnoma», «Suvdan foydalanishni umumiy tizimini rejalashtirishni tuzish va uni va olib borishga doir yo‘riqnoma»ga binoan amalga oshiriladi. Afsuski, ushbu rejalashtirish normalari qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Suv boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq ittifoq davrida ishlab chiqilgan (Tashkent, 1989) qoida va me’yorlar asosida olib boriladi.
qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish rejalari qonunga muvofiq sug‘orish, suv chiqarish, sug‘orish – suv chiqarish (birgalikda) tarmoqlaridagi, magistral kanallardagi, suv omborlaridagi va boshqa gidrotexnik hamda suv xo‘jaligi obyektlaridagi suvlardan foydalanish ishlari suvdan foydalanishning ichki xo‘jalik va umumiy tizimli rejalarga binoan yillik amaldagi suv bilan ta’minganlikni hisobga olgan holda olib boriladi.
Suvdan foydalanishning ichki xo‘jalik rejasi qishloq xo‘jalik sub’-yektlarining suv resurslaridan ekinlarni sug‘orishda foydalanishni reja-lashtirishni tuzish tartibini belgilaydi. U esa, o‘z navbatida, qishloq xo‘jalik shirkati, fermer va dehqon xo‘jaliklari, bog‘dorchilik va uzumchilik uyushmalari kabi subyektlarning yetishtirilishi kutilayotgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining suvga bo‘lgan talabini inobatga olish, sug‘oriladigan yerlarni tayyorlash, boshqa noqishloq xo‘jalik maqsadlarda suvdan foydalanish me’yorlarini o‘rnatish uchun xizmat qiladi.
Xo‘jaliklararo meliorativ qurilmalar(qollektor, drenajlar)da suvdan foydalanish va ulardagi suv rejimini tartibga solish ham ichki xo‘jalik va umumiy tizimli rejalar asosida amalga oshiriladi.
qishloq xo‘jalik ekinlarni yetishtiriruvchi xo‘jaliklar tomonidan tu-zilgan ichki suvdan foydalanish rejalari qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining havza boshqarmalari bilan muvofiqlashtiriladi va mahalliy tuman hokimiyat organlari tomonidan tasdiqlanishi kerak bo‘ladi. Ushbu holat qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining huquqiy asosini yaratish va takomillashtirishga oid 1998 yil aprel va avgust oylarida bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisning maxsus XI va XII sessiyalarida hamda 2000 yil 15 dekabr 2-chaqiriq IV sessiyasida qabul qilingan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarga binoan amalga oshiriladi.
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtiruvchi subyektlarning suvdan foydalanishning umumiy tizimli rejalari havzalar bo‘yicha 2003 yil tu-zilgan boshqaruv organlari bilan muvofiqlashtirish va tuman, viloyat, res-publika markaziy hokimiyat organlari tomonidan tasdiqlash asosida olib boriladi.
Sug‘oriladigan yerlardan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda suvdan maxsus ravishda foydalaniladi. Suvdan maxsus foydalanish uchun sug‘oriladigan yerlarda turli xil ahamiyatga molik gidrotexnik inshootlar quriladi, meliorativ shahobchalar yaratiladi va shu kabi turli suv olish, sug‘orish, oqizish va tashlash moslamalari quriladi.
Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risidagi qonunning 49-moddasiga binoan yerdan foydalanish mulkchilikning qaysi shaklida bo‘lishidan qat’iy nazar, suv fondi yerlaridan, sug‘oriladigan yerlar doirasidagi xo‘jaliklararo gidrotexnik inshootlardan, yer osti suv chiqargichlardan yagona suv xo‘jaligi tizimi sifatida foydalaniladi. Mazkur inshootlar davlat mulki hisoblaniladi va ularni xavfsizlik nuqtai nazardan xususiylashtirish, ya’ni boshqa mulk shakliga o‘tkazish mumkin emas.
Daryolar, magistral va boshqa suv xo‘jaligi obyektlarining sohil bo‘yi mintaqalari, yer osti suvini chiqarish sanitariya muhofaza tegralarining I va II poyaslari(doira shaklidagi aylanma tegralari) tabiatni muhofaza qilish ehtiyojlari uchun yer egalari va yerdan foydalanuvchilardan olib qo‘yilishi mumkin. Tabitani muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunning 48-moddasida ko‘rsatilganidek, atrof tabiiy muhitga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan obyektlar, jumladan qishloq xo‘jalik obyektlari ham, faoliyati cheklanishi, to‘xtatib qo‘yilishi, tugatilishi va o‘zgartirilishi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, vaqolatli tabiatni muhofaza qilish idoralari tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur qonunning 49-moddasiga binoan qonunbuzarlik oqibatlari orqali suv resurslariga yetkazilgan zararning o‘rni qoplash majburiyati huquqbuzar shaxslarga yuklatiladi.
1992 yil 7 aprel Vazirlar Mahkamasining 174-sonli «O‘zbekiston Respublikasidagi suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar, magistral kanallar va qollektorlarning, shuningdek ichimlik va maishiy suv ta’minotining, davolash va sog‘lomlashtirishda ishlatiladigan suv manbalarining suvni muhofaza qilish zonalari haqidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq qishloq xo‘jalik maqsadlarida suvlarni ishlatish tartibi belgilanadi.
Sug‘oriladigan yerlarda dehqonchilik uchun suv olish limitlari gidromodul rayonlashtirish, ichki va umumiy tizimdagi rejalarda belgilangan yillik me’yorlar asosida amalga oshiriladi. Ko‘zda tutilmagan holatlar, ya’ni suv resurslarini zaxiralash yoki uning halqaro miqyosda taqsimlash me’yori o‘zgargan taqdirda ijroiya davlat markaziy va mahalliy hokimliklar qarorlariga muvofiq o‘zgartiriladi.
Suv olish va uning hisob-kitobini yuritish ro‘yxatdan o‘tkazilgan suv manbalaridan (xo‘jalik kanallarining bosh inshootlaridan, quduqlardan, nasos stansiyalari va boshqa suv olish gidrotexnik inshootlardan) suv ajratish joylarida turgan suv xo‘jaligi (2003 yildan esa havza suv boshqarmalari) organi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq olib boriladi.
O‘zbekistonda sug‘orish suvining yetishmasligi yer osti suvlari bilan bir qatorda oqindi suvlardan qishloq xo‘jaligida foydalanish zaruratini keltirib chiqaradi. Lekin, ulardan foydalanish hamisha sanitar-gigiyenik, meliorativ va eqologik talablarni bajarishni talab etadi.
qishloq xo‘jaligida yerlarni oqindi suvlar orqali sug‘orish «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 51-moddasi, «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 19 va 24-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3 avgustdagi 385-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida suvdan cheklangan miqdorda foydalanish bo‘yicha vaqtinchalik yo‘riqnoma»ga binoan amalga oshiriladi. Vazirlar Mahkamasining mazkur qaroriga ko‘ra oqova suvlardan qishloq xo‘jaligida foydalanish faqatgina suv olish inshootlari o‘rnatilgan va suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnomalari bo‘lgan xo‘jaliklargagina beriladi. Suv olishning cheklangan miqdorlari suv xo‘jaligi organlari tomonidan suv manbalarining taxmin etilgan va sersuvlik darajasini hisobga olgan tarzda qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanuvchilar uchun yiliga 2 marta belgilaniladi. Ushbu suv olish tartibi shartnomaga binoan va mazkur qarorning 4-bandiga muvofiq belgilangan shartlarda amalga oshiriladi.
Oqindi suvlardan qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun maxsus Tabiatni muhofaza qilish davlat organlari, Davlat sanitariya va vetenariya nazorati organlarining ruxsatini olish lozim bo‘ladi.
Sanoat, kommunal xo‘jalik korxonalari va boshqa korxonalar hamda tashkilotlar tuproq unumdorligi va yetishtiriladigan qishloq xo‘jalik mahsulotlariga zararli ta’sir qiluvchi suvlarni qishloq xo‘jalik yerlarini sug‘orish uchun berishlari taqiqlanadi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling