«yurisprudensiya»


qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari


Download 1.39 Mb.
bet43/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

3. qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
Bozor iqtisodiyoti munosabatlari shakllanib borayotgan O‘zbekiston Respublikasida suvdan qishloq xo‘jaligida foydalanuvchi subyektlarning huquq va majburiyatlari tenglashib bormoqda. Sobiq ittifoq davrining suv qonunchiligida agrar sohada faoliyat yurgazuvchi davlat korxonalari sovxozlar, ilmiy tadqiqot muassasalari, tajriba uchastkalari, sinov va moslashtiruvchi korxonalarning suvdan foydalanish huquqlari boshqa nodavlat xo‘jaliklariga nisbatan ustivorlika ega edi. qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini davlat tasarrufidan chiqarilishi (qishloq xo‘jaligida 2003 yilga kelib 98foiz ortiq xo‘jaliklar mustaqil faoliyat yurgazuvchi turli mulk shaklidagi xo‘jaliklardan iborat bo‘ldi) ular o‘rtasida suv-yer resurslaridan teng huquqlik asosida foydalanish imkoniyatini yaratdi.
«Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 32 va 34-moddalaridan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi maqsadlarida suvdan foydalanuvchilar:
- suv obyektlari qanday, ya’ni qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, sho‘rini yuvishi, yaxob suvini berish kabi maqsadlarda berilgan bo‘lsa shu maqsadlarda foydalanish;
- sho‘rini yuvish, zaxira suvni to‘plash, sug‘orish va boshqa meliorativ ishlarni amalga oshirish uchun tegishli inshootlarni qurish, chora-tadbirlarni o‘tkazish kabi ishlarni amala oshirish;
- ishlatilish arafasida turgan, ishlatilayotgan suv sifatini va miqdo-rini tekshirib borish;
- qonunlarda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda (masalan, ku-tilmagan qurg‘oqchilik, suv toshish, gidrotexnik inshootning falokatga uchrashi kabi fors–mojor holatlarda) shartnoma bo‘yicha olinmay qolgan suv uchun tovon to‘lanishni talab qilish;
- suv obyektlaridan foydalanish bo‘yicha qonunda taqiqlanmagan boshqa ishlarni amalga oshirish huquqiga egadilar. Ularning bu huquqlari qonunlar bilan qo‘riqlanadi. Ushbu huquqlar buzilgan taqdirda ushbu huquqlar qonunlarda nazarda tutilgan tartibda tiklanishi lozim. qonunlarda ko‘zda tutilgan hollarda (davlat, jamiyat va halqaro hamjamiyat manfaati uchun) suvlardan qishloq xo‘jaligida foydalanish huquqlari cheklanishi mumkin.
Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risidagi qonunning 35 va 50-moddalariga muvofiq suvdan qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalanayotgan subyektlar zimmasiga qo‘yidagi majburiyatlar yuklatiladi:
- suvlardan faqatgina belgilangan maqsadlarda, miqdorda va tartibda foydalanishlari;
- suvdan foydalanish limitlari, rejalari, qoidalari, me’yorlari va rejimlariga rioya etishlari;
- vertikal(tik) drenajlarni inobatga olgan holda foydalanishning barcha turlari uchun ishlatilayotgan suvni hisobga olib borishlari;
- ichki xo‘jalik sug‘orish, suv chiqarish va qollektor tarmog‘i hamda undagi inshootlarni va suv chiqarish hududlarini texnik jihatdan ishga yaroqli holda saqlashlari;
- melioratsiya qilingan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilishlari va qishloq xo‘jalik ekinlari hamda o‘simliklarini sug‘orish, shuningdek yay-lovlarga suv chiqarishning maqbul rejimini saqlashlari;
- suvni tejaydigan texnologiyalar va ilg‘or texnikani joriy etish orqali sug‘orishning uslub hamda usullarini takomillashtirishlari;
- qishloq xo‘jalik ehtiyojlari uchun foydalaniladigan suv monitoringi asosida salbiy jarayonlarning sabablari va oqibatlarini bartaraf etishlari;
- belgilab olingan aniq maqsadlarga muvofiq foydalanilayotgan suvlarning samaradorligini oshirishlari shart.
Undan tashqari, qishloq xo‘jaligi maqsadlarida suvdan foydalanuvchilar xo‘jaliklararo melioratsiya va irrigatsiya tarmoqlarini ishga yaroqli holda saqlab turish uchun qonunlarda belgilangan tartibda irrigatsiya va melioratsiya ishlarini bajarishga jalb etiladilar.
Soliq kodeksining 149-moddasiga binoan qishloq xo‘jalik tovar mahsulotini yetishtiruvchi yuridik shaxslar sho‘rlangan yerlarni yuvish maqsadida suvdan bepul foydalanish huquqiga ham egadilar. Lekin ushbu bepul foydalanish tartibi tasdiqlangan ichki xo‘jalik rejalari asosida amalga oshirilishi talab etiladi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling